{"id":92899,"date":"2023-07-22T08:31:27","date_gmt":"2023-07-22T05:31:27","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=92899"},"modified":"2023-07-22T08:31:29","modified_gmt":"2023-07-22T05:31:29","slug":"kanop","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/kanop\/","title":{"rendered":"KANOP"},"content":{"rendered":"\n<p>KANOP (Hibiscus cannabinus) \u2014 g&#8217;o&#8217;zadoshlar oilasiga mansub lub tolali bir yillik o&#8217;simlik, tolasi uchun ekiladigan ekin. Kanop yovvoyi holda Janubiy Afrikada va Markaziy Hindistonda uchraydi. Vatani \u2014 Hindiston. Eron, Xitoy, Yava va Sumatra orollarida, Afrika, Amerika (AQSh, Braziliya, Kuba), Rossiyaning Janubda ekiladi. O&#8217;zbekistonda 20-asrning 30-yillaridan boshlab ekiladi (1925 yilda Sirdaryo viloyatida tadqiqot maqsadlarida 275 gektar maydonga ekilgan, hosildorlik 3 ts\/ga ni tashkil qilgan). Kanopning o&#8217;q ildizi tuproqqa 1,5\u20142 metr chuqurlikka kirib boradi. Sug&#8217;oriladigan yerlarda ildizning asosiy qismi 30-50 santimetr chuqurlikda taraladi. Poyasi tik o&#8217;sadi, rangi yashil, tukli. Bo&#8217;yi 1,5\u20143,5 metrgacha, uchki tomoni shoxlanadi. Barglari yirik, barg bandlari uzun. Gullari yirik, och sariq (deyarli oq) qisqa bandli (5-7 mm), barg qo&#8217;ltig&#8217;ida joylashadi. Mevasi 5 uyali tuxumsimon ko&#8217;sakcha, uzunligi 2,5 santimetr, eni 1-2 santimetr, har bir uyada 2-3 ta urug&#8217;i bor. Urug&#8217;i 3 qirrali, to&#8217;q kulrang. 1000 tasining vazni 18-24 gramm, uzunligi 3-5 millimetr, eni 2,5\u20144 millimetr. Kanop namga, haroratga va yorug&#8217;likka talabchan. O&#8217;sish davri 124-145 kun. Kanop urug&#8217;i tarkibida 18\u2014 20% texnika moyi bor. Moyi lok-bo&#8217;yoq sanoatida, sovun tayyorlashda ishlatiladi. Kuruq poyasidan 16-20% to&#8217;qishga yaroqli tola olinadi. Kanop almashlab ekishda kuzgi bug&#8217;doy, dukkakli don, bedadan keyin ekiladi. Ekishdan avval yer kuzda 28-30 santimetr chuqurlikda shudgor qilinadi. 50&#215;10\u201412 santimetr sxemada, urug&#8217;olish uchun qator orasi 60 santimetr qilib yakka qatorlab ekiladi. Poya olish uchun 30-35 gektar kg\/ga urug&#8217; sarflanadi (yaganalangandan so&#8217;ng ko&#8217;chat qalinligi 160\u2014 180 ming tup\/ga). Urug&#8217;olish uchun 10-12 kg\/ga urug&#8217;lik sarflanadi. Urug&#8217;4-6 santimetr chuqurlikka ko&#8217;miladi. Ekinni parvarish qilish, qatqaloqqa qarshi kurash, qator oralarini ishlash, oziqlantirish va sug&#8217;orishdan iborat. Vegetatsiya davrida 4-5 marta kultivatsiya qilinadi, 2 marta oziqlantiriladi. Kanop suvga talabchan. Yer osti suvlari 1,0\u2014 1,5 pastda joylashgan o&#8217;tloqi-botqoqi tuproqlarda 5-7 marta, yer osti suvlari chuqur joylashgan tuproklarda 8\u2014 10 marta sug&#8217;oriladi. Sug&#8217;orish normasi 800-1000 m3\/ga. Kanop o&#8217;rtacha 1 gektar yerdan 100-120 tsentner ko&#8217;k poya va 4-5 tsentner urug&#8217; beradi. O&#8217;zbekistonning sug&#8217;oriladigan yerlarida yuqori Agrotexnikani qo&#8217;llab 150-180 ts\/ga ko&#8217;k poya va 8-9 ts urug&#8217;olish mumkin. Navlari: O&#8217;zbekistonda &#8220;O&#8217;zbekiston-3876&#8221;, &#8220;O&#8217;zbekiston-2142&#8221;, &#8220;Kuban-338&#8221; navlari ekiladi. Zararkunandalari: tunlamlar, Lavlagi qandalasi, bitlar, tripslar va boshqalar. Kasalliklari: poyaning kulrang chirishi, alternariozlar. Hapima Otaboyeva.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>KANOP (Hibiscus cannabinus) \u2014 g&#8217;o&#8217;zadoshlar oilasiga mansub lub tolali bir yillik o&#8217;simlik, tolasi uchun ekiladigan ekin. Kanop yovvoyi holda Janubiy Afrikada va Markaziy Hindistonda uchraydi. Vatani \u2014 Hindiston. Eron, Xitoy, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/kanop\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[201],"tags":[],"class_list":["post-92899","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-k-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/92899","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=92899"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/92899\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":92901,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/92899\/revisions\/92901"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=92899"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=92899"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=92899"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}