{"id":93238,"date":"2023-07-22T13:58:56","date_gmt":"2023-07-22T10:58:56","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=93238"},"modified":"2023-07-22T13:58:59","modified_gmt":"2023-07-22T10:58:59","slug":"vardonze-varzonze-vardona-vardanzi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/vardonze-varzonze-vardona-vardanzi\/","title":{"rendered":"Vardonze, Varzonze, Vardona, Vardanzi"},"content":{"rendered":"\n<p>Vardonze, Varzonze, Vardona, Vardanzi \u2014 Buxoro viloyatining Shofirkon tumanidagi &#8220;qo&#8217;rg&#8217;oni Vardonze&#8221; nomi bilan mashhur yodgorlik (6-19-asrlar). Qo&#8217;rg&#8217;onning uzunligi 110 metr, kengligi 60-70 metr, balandligi 45-50 metr. Vardonxudotlarning maxsus qarorgohi bo&#8217;lgan. Rivoyatlarga ko&#8217;ra, Shopurkom (Shopur + kom (ariq)) atamasi sosoniylar shahzodasi Shopur ismidan olingan. Shopur Buxoroga kelib, buxorxudotlan yer olib qasr va qishloq qurdirgan va unga ariq keltirgan. Narshaxiyning yozishicha, bu katta bir qishloq bo&#8217;lib, kuhandizga, katta va mustahkam Hisorga ega. U Turkistonning chegarasida joylashgan. U joyda har haftada bir kuni bozor bo&#8217;lib savdogarlar ko&#8217;p kelar edi. Arablar hujumi arafasida (8-asr boshi) Vardonze Buxorodan alohida mustaqil podsholik poytaxtiga aylangan. Vardonze hukmdori Vardonxudot arablar uchun buxorxudotlardan xavfliroq bo&#8217;lgan. 10-asrda Vardonze obod shahar edi. Vardonzeda to&#8217;qilgan ka&#8217;bapo&#8217;sh Makkaga olib borilgan. Akademik Ya. G&#8217;ulomovning arxeologik va etnografiya kuzatishlari Vardonzening 19-asr oxirlarigacha obod savdo-hunarmandchilik shaharchasi bo&#8217;lib kelganligini ko&#8217;rsatadi. 18-20-asr boshlarida Vardonze Buxoro amirligining Shofirkon tumani markazi bo&#8217;lgan. 18-19-asrlarga kelib Buxoro amirligi va Xiva xonligi o&#8217;rtasidagi ichki nizolardan Vardonze ancha jabrlangan. S. Ayniy guvohlik berishicha, 1880-yillarda Vardonze va uning atroflarini qattiq shamol natijasida kuchli qum bosadi. Shunday bo&#8217;lishiga qaramasdan, Vardonze 20-a.ning boshida ham obod bo&#8217;lib, savdo va hunarmandchilik markazi sifatidagi o&#8217;z mavqeini saqlab qoldi. Mulla Qurbonjon Fitrai Vardonzehiy Buxoriy (vafoti 1888 yil) Vardonzeda tug&#8217;ilib o&#8217;sgan bo&#8217;lib, tojik va o&#8217;zbek tillarida she&#8217;rlar yozgan, Buxoroning mashhur qozilaridan biri bo&#8217;lgan. Vardonze va uning atroflari Buxoro amirligi, qizil askarlar tomonidan tugatilgach, BXSRda boshlangan mujohidlar harakatining asosiy markazlaridan biriga aylandi (1920-24 yillar). Aholi 1954 yilgacha Vardonze qo&#8217;rg&#8217;onida yashagan, so&#8217;nggi qum bosishdan keyin uni tark etishga majbur bo&#8217;lgan. Bugungi kunga kelib Vardonze o&#8217;rnida qo&#8217;rg&#8217;ontepalik mavjud. Qo&#8217;rg&#8217;onning ustida marmartosh saqlanib qolgan. Hozirgi paytda qo&#8217;rg&#8217;on atrofi nurab, ancha yemirilib, ayrim joylari o&#8217;pirilib ketgan. Bu hududda qo&#8217;rg&#8217;oni Vardonze, ko&#8217;hna vardonze qishloqlari bor. Vardonze davlat tabiat yodgorligi tashkil qilingan. Ad.: Narshaxiy, Buxoro tarixi, T., 1966; Istoriya at-tabari, T., 1987. Qahramon Rajabov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Vardonze, Varzonze, Vardona, Vardanzi \u2014 Buxoro viloyatining Shofirkon tumanidagi &#8220;qo&#8217;rg&#8217;oni Vardonze&#8221; nomi bilan mashhur yodgorlik (6-19-asrlar). Qo&#8217;rg&#8217;onning uzunligi 110 metr, kengligi 60-70 metr, balandligi 45-50 metr. Vardonxudotlarning maxsus qarorgohi bo&#8217;lgan. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/vardonze-varzonze-vardona-vardanzi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[207],"tags":[],"class_list":["post-93238","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-v-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/93238","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=93238"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/93238\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":93254,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/93238\/revisions\/93254"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=93238"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=93238"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=93238"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}