{"id":93410,"date":"2023-07-22T19:19:39","date_gmt":"2023-07-22T16:19:39","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=93410"},"modified":"2023-07-22T19:19:42","modified_gmt":"2023-07-22T16:19:42","slug":"jojixon-jochi-joji-chjochi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/jojixon-jochi-joji-chjochi\/","title":{"rendered":"Jo&#8217;jixon, Jo&#8217;chi, Jo&#8217;ji, Chjochi"},"content":{"rendered":"\n<p>Jo&#8217;jixon, Jo&#8217;chi, Jo&#8217;ji, Chjochi (taxminan 1184-1227) \u2014 mo&#8217;g&#8217;ullarning yirik sarkardasi, Chingizxonning katta o&#8217;g&#8217;li; uning harbiy rejalarini ro&#8217;yobga chiqargan. Rivoyatlarga ko&#8217;ra, Chingizxonning xotini Borte (Bo&#8217;rta fujin) homiladorlik paytida Markit qabilasi tomonidan asirlikka olingan. Keyinchalik uni asirlikdan xalos etishgach, Jo&#8217;jixon tug&#8217;ilgan. Abulg&#8217;oziy Bahodirxonning yozishiga ko&#8217;ra, &#8220;Jo&#8217;chi&#8221;ning ma&#8217;nosi &#8220;mehmon&#8221; bo&#8217;lgan (&#8220;Shajarayi turk&#8221;, 47-6.). Jo&#8217;jixon Xitoy (1211 \u2014 15), O&#8217;rta Osiyo (1219-21), Dashti Qipchoqni bosib olishda faol ishtirok etgan. Jo&#8217;jixon boshchiligidagi 20 ming nafar mo&#8217;g&#8217;ul qo&#8217;shini Irg&#8217;iz daryosi bo&#8217;yidagi jangda Muhammad Xorazmshohning 60 minglik qo&#8217;shini bilan jang qilgan, bu Islom lashkarlarining mo&#8217;g&#8217;ullar bilan dastlabki to&#8217;qnashuvi bo&#8217;lgan. Faqatgina Jaloliddin Manguberdinmng harbiy mahoratigina Xorazmshoh qo&#8217;shinini mag&#8217;lubiyatdan saqlab qolgan. Chingizxon qo&#8217;shini O&#8217;rta Osiyoga yurish qilganda otasi Jo&#8217;jixonni Sirdaryo bo&#8217;yidagi Jand, O&#8217;zgand, Sig&#8217;noq kabi shahar, qal&#8217;alarni egallashga buyurgan. Jo&#8217;jixon bu qal&#8217;alarni olgach, ukalari Chig&#8217;atoy va O&#8217;ktoyxon bilan birgalikda Xorazm poytaxti Urganchnsh qamal qilgan, shaharni yetti oylik janglardan so&#8217;nggina egallagan. Chingizxon mo&#8217;g&#8217;ullar zabt etgan yerlarni o&#8217;g&#8217;illariga taqsimlab berganida (1224) Jo&#8217;jixonga Irtishdan Uralgacha va undan G&#8217;arbga tomon cho&#8217;zilgan yerlar mulk qilib berilgan. Jo&#8217;jixon Sharqiy Yevropaga qilmoqchi bo&#8217;lgan harbiy yurishi boshlanmasidan oldin vafot etgan; ba&#8217;zi ma&#8217;lumotlarga ko&#8217;ra, Jo&#8217;jixonni Markaziy hokimiyatdan ajralib chiqmoqchi ekanlikda gumonsiragan Chingizxon maxfiy buyruq berib qatl ettirgan. Jo&#8217;jixonning qabri Jezqazg&#8217;an shahri (Qozog&#8217;iston)dan 45 kilometr shimol-Sharqda, Qora-Kengir daryosining so&#8217;l qirg&#8217;og&#8217;ida joylashgan. Faxriddin Hasanov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Jo&#8217;jixon, Jo&#8217;chi, Jo&#8217;ji, Chjochi (taxminan 1184-1227) \u2014 mo&#8217;g&#8217;ullarning yirik sarkardasi, Chingizxonning katta o&#8217;g&#8217;li; uning harbiy rejalarini ro&#8217;yobga chiqargan. Rivoyatlarga ko&#8217;ra, Chingizxonning xotini Borte (Bo&#8217;rta fujin) homiladorlik paytida Markit qabilasi tomonidan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/jojixon-jochi-joji-chjochi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[208],"tags":[],"class_list":["post-93410","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-j-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/93410","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=93410"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/93410\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":93412,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/93410\/revisions\/93412"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=93410"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=93410"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=93410"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}