{"id":93423,"date":"2023-07-22T19:33:49","date_gmt":"2023-07-22T16:33:49","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=93423"},"modified":"2023-07-23T10:38:17","modified_gmt":"2023-07-23T07:38:17","slug":"jazodan-ozod-qilish","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/jazodan-ozod-qilish\/","title":{"rendered":"Jazodan ozod qilish"},"content":{"rendered":"\n<p>Jazodan ozod qilish &#8211; ba&#8217;zi jinoyat qilganlarga jazo tayinlamaslik, tayinlangan jazoni o&#8217;tashdan batamom yoki qisman ozod qilish. Jazodan ozod qilish jinoyat huquqining muhim insonparvarlik tamoyillaridan biri bo&#8217;lib, shaxsga nisbatan tayinlangan jinoiy jazoni ijro etmasdan ham uni tarbiyalash mumkin, u jamiyat uchun hech qanday xavf tug&#8217;dirmaydi yoki jazoning qolgan qismini real ravishda o&#8217;tashi maqsadga muvofiq emas, degan qat&#8217;iy xulosaga kelinsa qo&#8217;llaniladi. O&#8217;zbekiston Respublikasi jinoyat huquqiga ko&#8217;ra, Jazodan ozod qilish sud tomonidan ayblov hukmi chiqarilib jazo tayinlanganidan keyingina qo&#8217;llaniladi. Jinoiy jazodan fakat sud ozod qiladi. Shuningdek, O&#8217;zbekiston Respublikasining Prezidentiga afv etish va amnistiya akti orqali Jazodan ozod qilish vakolati berilgan. Jazodan ozod qilish 2 guruhga bo&#8217;linadi: 1) jazodan to&#8217;la ozod etish; 2) jazodan qisman ozod etish. Jazodan to&#8217;la ozod etishda sud ayblov hukmini chiqargan va jazo tayinlangan holda jinoiy jazoni ijro etmaslik haqida qaror qabul qiladi. Bu guruhga Jazodan ozod qilishning quyidagi turlari kiradi: jazoni ijro etish muddati o&#8217;tib ketganligi; shaxsning ijtimoiy xavflilik xususiyatini yo&#8217;qotishi; aybdorning chin ko&#8217;ngildan pushaymon bo&#8217;lganligi; shartli hukm qilish. Jazodan qisman ozod etishda mahkum sud tomonidan tayinlangan jazoning bir qismini o&#8217;taydi hamda jazoning o&#8217;talmagan qismidan ozod etiladi yoxud ushbu jazo yengilrog&#8217;i bilan almashtiriladi. Bu guruhga quyidagilar kiradi: jazoni o&#8217;tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish; jazoni yengilrog&#8217;i bilan almashtirish. Kasallik yoki mehnat qobiliyatini yo&#8217;qotish oqibatida Jazodan ozod qilish, amnistiya akti yoki afv etish asosida Jazodan ozod qilish xususiyatiga ko&#8217;ra, to&#8217;la yoki qisman Jazodan ozod qilishga misol bo&#8217;lishi mumkin. Bulardan tashqari voyaga yetmaganlarga nisbatan tarbiyaviy xususiyatdagi majburlov choralarini qo&#8217;llagan holda Jazodan ozod qilish ham bor. Jazodan ozod qilishning har bir turini qo&#8217;llash asoslari O&#8217;zbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalarida ko&#8217;rsatilgan. Mamajon Usmonaliyev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Jazodan ozod qilish &#8211; ba&#8217;zi jinoyat qilganlarga jazo tayinlamaslik, tayinlangan jazoni o&#8217;tashdan batamom yoki qisman ozod qilish. Jazodan ozod qilish jinoyat huquqining muhim insonparvarlik tamoyillaridan biri bo&#8217;lib, shaxsga nisbatan tayinlangan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/jazodan-ozod-qilish\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[208],"tags":[],"class_list":["post-93423","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-j-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/93423","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=93423"}],"version-history":[{"count":6,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/93423\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":93452,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/93423\/revisions\/93452"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=93423"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=93423"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=93423"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}