{"id":93502,"date":"2023-07-23T13:45:22","date_gmt":"2023-07-23T10:45:22","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=93502"},"modified":"2023-07-23T13:45:26","modified_gmt":"2023-07-23T10:45:26","slug":"jut","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/jut\/","title":{"rendered":"Jut"},"content":{"rendered":"\n<p>Jut (Corchorus), Kalkutta Kanopi \u2014 jo&#8217;kadoshlar oilasiga mansub lub tolali bir yillik o&#8217;simlik, tola olinadigan ekin. Vatani \u2014 Hindiston. Osiyo, Afrika, Janubiy Amerika va Avstraliyaning tropik va subtropik mintaqalarida o&#8217;sadigan 100 ga yaqin turi bor. Asosan Osiyo mamlakatlarida tolasi uchun bir yillik 2 turi \u2014 cho&#8217;ziq mevali Jut (S. olitorius) va yirik mevai Jut (S. capsularus) ekiladi. O&#8217;zbekistonda 20-asrning 30-yillaridan cho&#8217;ziq mevalisi o&#8217;stiriladi. Poyasi to&#8217;g&#8217;ri o&#8217;sadi, yashil rangda, bo&#8217;yi 2,5\u20143,5 metr; uchki qismi shoxlanib, uch-to&#8217;rtta meva shoxcha hosil qiladi. Ildizi o&#8217;q ildiz, shoxlangan, yerga 1 \u2014 1,5 metrgacha kirib boradi. Barglari ketma-ket joylashgan, uzun bandli, nashtarsimon, arra tishli. Guli mayda, ikki jinsli, sariq. Mevasi qovurg&#8217;ali ko&#8217;sakcha, cho&#8217;ziq, 5-10 santimetr, yirik mevalisiniki 1-2 santimetr. Urug&#8217;i mayda, uch qirrali, to&#8217;q yashil, sarg&#8217;ish-jigarrang yoki to&#8217;q jigarrang, 1000 donasining vazni 1,5\u20142 gramm. Urug&#8217;ida 14% gacha moy bor. Tolasi uzunligi 2-3 metr. Jut o&#8217;zidan changlanuvchi namsevar, yorug&#8217;sevar, issiqsevar, sovuqqa chidamsiz o&#8217;simlik. Urug&#8217;i 16-18\u00b0 da normal unib chiqadi. Vegetasiya davri 140-160 kun. Jut kanopga qaraganda, ayniqsa o&#8217;sish davrida, suvga juda talabchan. Sur, o&#8217;tloqi va o&#8217;tloqi-botqoqi tuproqlarda yaxshi o\u2019sadi, sho&#8217;rga chidamsiz. Jut tolasi yetishtirish hajmi dunyoda ishlab chiqariladigan o&#8217;simlik tolalari ichida paxta tolasidan keyin 2-o&#8217;rinda turadi. Jutning quruq poyasi (po&#8217;stlog&#8217;i) dan 20-25% yuqori gigroskopik pishiq tola chiqadi. Jut tolasidan to&#8217;qimachilik mahsulotlari, gilamlar, qop, arqon, texnik va o&#8217;rov gazmollari, jun, paxta tolalari bilan aralash tolalaridan kiyim-kechak gazmollari tayyorlanadi. Hindistonda Jut bargi ovqatga ishlatiladi. Jut urug&#8217;idan moy, yurak-qon tomirlari kasalliklarini davolashda ishlatiladigan glikozidlar olinadi. Almashlab ekishda beda, dukkakli-don ekinlaridan keyin 28-30 santimetr chuqurlikda kuzgi shudgor qilingan maydonlarga ekiladi. O&#8217;g&#8217;itlash normasi: 10-20 t\/ga go&#8217;ng, 90-120 kg\/ga azot va R2O5, 60-90 kg\/ga K2O. Tola olish uchun qo&#8217;sh qatorlab 60&#215;12\u201413, 50&#215;20 santimetr sxemada ekiladi. Urug&#8217; 3-4 santimetr chuqurlikka ko&#8217;miladi. Gektariga tola uchun 12-14, urug&#8217; olish uchun 6 kilogramm urug&#8217;lik sarflanadi. Vegetatsiya davomida 5-8 marta sug&#8217;oriladi, qator oralari yumshatiladi, o&#8217;toq qilinadi, oziqlantiriladi, sug&#8217;orish normasi 5000-7000 m3\/ga. Texnik jihatdan yetilgan, 50% o&#8217;simlikda 1-2 ko&#8217;sakcha hosil bo&#8217;lganda tola uchun o&#8217;riladi, maxsus mashinalarda po&#8217;stlog&#8217;i ajratib olinib, dalada quritiladi va lub (kanop) zavodlariga topshiriladi. Hosildorligi 90-100 ts\/ga (quruq poya hisobida), 10-14 ts\/ga tola, 3-6 ts\/ga urug&#8217;. MDH davlatlarida faqat O&#8217;zbekistonning Toshkent viloyatida (50- yillarda qisman Tojikiston va Turkmanistonda ekilgan) yetishtiriladi (respublikada 90-yillarda Jut ekin maydoni 1000 gektar atrofida). Navlari. O&#8217;rta Osiyoda ekish uchun O&#8217;zbekiston qishloq xo&#8217;jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazining lub ekinlari tajriba stansiyasida chiqarilgan O&#8217;zbekiston va O&#8217;zbekiston 53 navlari rayonlashtirilgan. Jut ildiz chirish kasalligi va kuzgi tunlamdan zararlanadi. Ad.: Ioffer R. F., Kapralova N.P., Agrotexnika djuta, M., 1951; Nazirov X. N., Biologicheskie osobennosti rosta i razvitiya djuta v Uzbekistane, T., 1966. Halima Otaboyeva.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Jut (Corchorus), Kalkutta Kanopi \u2014 jo&#8217;kadoshlar oilasiga mansub lub tolali bir yillik o&#8217;simlik, tola olinadigan ekin. Vatani \u2014 Hindiston. Osiyo, Afrika, Janubiy Amerika va Avstraliyaning tropik va subtropik mintaqalarida o&#8217;sadigan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/jut\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[208],"tags":[],"class_list":["post-93502","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-j-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/93502","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=93502"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/93502\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":93504,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/93502\/revisions\/93504"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=93502"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=93502"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=93502"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}