{"id":93505,"date":"2023-07-23T14:04:25","date_gmt":"2023-07-23T11:04:25","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=93505"},"modified":"2023-07-23T14:04:29","modified_gmt":"2023-07-23T11:04:29","slug":"jorabek-jorabek-dodxoh-qalandar-ogli","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/jorabek-jorabek-dodxoh-qalandar-ogli\/","title":{"rendered":"Jo&#8217;rabek, Jo&#8217;rabek dodxoh Qalandar o&#8217;g&#8217;li"},"content":{"rendered":"\n<p>Jo&#8217;rabek, Jo&#8217;rabek dodxoh Qalandar o&#8217;g&#8217;li (taxminan 1840-1906.25.1, Toshkent) \u2014 Buxoro amirligi tarkibidagi kitob begi (1862-70), harbiy arbob, ma&#8217;rifatparvar, rus armiyasi generali (1901). 1852-53 yillardan Amir Nasrullo xizmatida. 1856 yil Jo&#8217;rabek to&#8217;qsobo Amir tomonidan kitob begi Olloyorbek xizmatiga yuborilgan. 1861 yilda Amir Muzaffar tomonidan kitobga hokim qilib tayinlangan Zokirbek yuritgan siyosat xalqning norozilik chiqishlariga sabab bo&#8217;ladi va uning o&#8217;rniga xalq xohish-istagiga ko&#8217;ra Jo&#8217;rabek hokimlikka ko&#8217;tariladi. Jo&#8217;rabekning hokimlik qilgan davrida beklikning Buxoro amirligidan siyosiy va iqtisodiy mustakilligi kuchaya boradi. Beklikning iktisodiy tizimi: savdo-sotiq, soliqlar, ekin-tikin masalalari tartibga solinadi. Yo&#8217;llar, mudofaa inshootlari tartibga keltiriladi. Buxoro va Qo&#8217;qon xonliklarida quvg&#8217;inga uchragan siyosat va madaniyat arboblari shu beklikdan panoh topishadi. O&#8217;rta Osiyoga chorizm bosqini boshlangan davrda Jo&#8217;rabek bosqinchilarga qarshi qat&#8217;iy kurash pozitsiyasida turgan. Buxoro amiri rus armiyasi tajovuzlariga qarshi mudofaaga tayyorgarlik ko&#8217;rayotgan bir davrda Jo&#8217;rabek Shahrisabz hokimi Bobobek bilan birgalikda Amir Muzaffardan o&#8217;zaro nizolarni unutishni so&#8217;rab va yog&#8217;iyga qarshi jihodga barcha musulmonlar bilan bir safda turib kurashish istagini bildirib maktub yo&#8217;llashadi. Ammo ularning bu istagi amirning ularga ishonchi bo&#8217;lmaganligi tufayli ijobatsiz qoladi. Jo&#8217;rabek amirning bosqinchilarga nisbatan yuritgan taslimchilik, keyinchalik esa kelishuvchanlik siyosatidan norozi bo&#8217;lgan kuchlarga boshchi sifatida siyosiy maydonga kelgan Abdumalik to&#8217;ra harakatining faol ishtirokchilaridan biriga aylanadi. 1868 yil 1-8 iyun kunlari Samarqandni rus qo&#8217;shinlaridan qaytarib olish maqsadida amalga oshirilgan shahar qamali rahbarlaridan biri. Ba&#8217;zi zamondoshlari fikriga ko&#8217;ra, muvaffaqiyatsiz tugagan Samarqand qamali Jo&#8217;rabek tomonidan ishlab chiqilgan Vatanni ozod qilish rejasining tarkibiy qismi bo&#8217;lgan. 1870 yil 14 avgustda Shahrisabz va kitob bekliklari chor armiyasi tomonidan bosib olinganidan keyin Jo&#8217;rabek Bobobek bilan birga Qo&#8217;qon xonligi orqali Qashqarga qochishga urinadi, lekin Xudoyorxon tomonidan tutib Turkiston general-gubernatori K. P. fon Kaufmanga topshiriladi. 1870-1906 yillar mobaynida Jo&#8217;rabek Toshkentda yashab, o&#8217;lka ijtimoiy-siyosiy xayotida ishtirok etadi. 1871-82 yillarda Turkiston general-gubernatorligi ma&#8217;muriyatida tarjimonlik qiladi. Chor armiyasining Qo&#8217;qon xonligini tugatish maqsadida amalga oshirgan yurishlarida ishtirok etadi. K. P. fon Kaufmandan keying davrda o&#8217;lkani boshqargan general-gubernatorlar davrida o&#8217;zining o&#8217;lka ustidan rus hukmronligi to&#8217;g&#8217;risidagi, mahalliy aholining ayanchli ahvoli borasidagi keskin fikrlari uchun faol siyosiy faoliyatdan bir qadar chetlashtiriladi. 1895 yilda Toshkent shahri Dumasining a&#8217;zosi sifatida Bobobek bilan birga Nikolay II ning taxtga o&#8217;tirishi munosabati bilan unga tabriknoma va sovg&#8217;a-salom yuborilishiga qarshi chiqqan. Ilm-ma&#8217;rifatga katta ahamiyat bergan. Sharq qo&#8217;lyozmalarining, xususan, nodir asarlarning boy kutubxonasiga ega bo&#8217;lgan. Sharq tillari hamda rus tilini yaxshi bilgan. 1876 yil Peterburgda bo&#8217;lib o&#8217;tgan sharqshunoslarning 3-xalqaro Kongressida qatnashib ma&#8217;ruza qilgan. 1902 yilda Turkistonga tashrif buyurgan jadidlar yetakchisi I. Gasprinskiy bilan uchrashadi. Jadidlar bilan hamfikr bo&#8217;lgan Jo&#8217;rabek &#8220;Tarjimon&#8221; gazetasining Turkistondagi faollaridan biriga aylanadi. O&#8217;zbek mutafakkir shoiri Furqat bilan do&#8217;stona munosabatda bo&#8217;lgan. Rossiyada 1905 yil yanvarda boshlangan voqealar tufayli Turkiston xalqlari orasida sodir bo&#8217;lgan ko&#8217;tarilishlar davrida Toshkentda Jo&#8217;rabek boshchiligida bir necha marta xalq yig&#8217;inlari o&#8217;tkaziladi va ularda mamlakatda vujudga kelgan vaziyatdan foydalangan holda o&#8217;lkani chidab bo&#8217;lmas og&#8217;ir ahvoldan qutqarish choralarini ko&#8217;rish masalasi kun tartibiga qo&#8217;yiladi. Jo&#8217;rabek sirli tarzda o&#8217;ldirilgan. Ad.: Yusupov Sh., Xudoyorxon va Furqat, T., 1995. Baxtiyor Yoqubov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Jo&#8217;rabek, Jo&#8217;rabek dodxoh Qalandar o&#8217;g&#8217;li (taxminan 1840-1906.25.1, Toshkent) \u2014 Buxoro amirligi tarkibidagi kitob begi (1862-70), harbiy arbob, ma&#8217;rifatparvar, rus armiyasi generali (1901). 1852-53 yillardan Amir Nasrullo xizmatida. 1856 yil Jo&#8217;rabek &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/jorabek-jorabek-dodxoh-qalandar-ogli\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[208],"tags":[],"class_list":["post-93505","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-j-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/93505","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=93505"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/93505\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":93507,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/93505\/revisions\/93507"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=93505"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=93505"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=93505"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}