{"id":93515,"date":"2023-07-23T14:14:45","date_gmt":"2023-07-23T11:14:45","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=93515"},"modified":"2023-07-23T14:14:48","modified_gmt":"2023-07-23T11:14:48","slug":"junaydxon-qurbon-mamed","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/junaydxon-qurbon-mamed\/","title":{"rendered":"Junaydxon Qurbon Mamed"},"content":{"rendered":"\n<p>Junaydxon Qurbon Mamed (Muhammad) Sardor (1857, hozirgi Taxta tumani, Turkmaniston \u2014 1938, Hirot atrofi, Afg&#8217;oniston) \u2014 istiqlolchilik harakati namoyandalaridan. Mustamlakachi chor Rossiyasi hamda sho&#8217;ro qo&#8217;shinlariga qarshi kurashgan. Yovmut qabilasi Bayramali urug&#8217;ining Junayd tarmog&#8217;iga mansub. Nizoli masalalarni adolatli hal qilganligi va jasurligi uchun turkmanlar orasida uning shuhrati keng yoyilgan. U uzoq yillar mobaynida o&#8217;z urug&#8217;ining mirobi, qozisi, oqsoqoli, harbiy boshlig&#8217;i bo&#8217;lgan. Chorizmning Xiva yurishlari paytida yosh Qurbon Mamed turkman yovmut yigitlari qatorida rus bosqinchilariga qarshi janglarda qatnashgan. Asfandiyorxon Junaydxonni Turkman qabilalarining sardori etib tayinlagan (1915). Turkman oqsoqollari uni Junaydxon deb e&#8217;lon qilishgan. Turkman davlatini tuzish maqsadida Junaydxon Xivaga yurish qilgan (1916). Xivani egallagan Junaydxon qo&#8217;shini xondan katta miqdorda tovon puli olgach, 15 Fevralda poytaxtni tark qiladi. Turkiston harbiy gubernatori zudlik bilan Xivaga Toshkentdan general Galkinning jazo otryadini yuboradi. 16 martda G&#8217;azovotda Junaydxon qo&#8217;shini ruslardan yengilgach, Qoraqumga chekingan, so&#8217;ngra Eron va Afg&#8217;onistonga o&#8217;tib ketgan. Junaydxon 1917 yil yozida Xorazmga qaytib kelib, siyosiy hokimiyat uchun kurashni davom ettirgan. 1918 yil 10 yanvarda Asfandiyorxon Junaydxonni Xivaga taklif qilib, xonlik qo&#8217;shinlarining bosh qo&#8217;mondoni qilib tayinlashga majbur bo&#8217;lgan. Junaydxon 1918 yil oktabrda Asfandiyorxonga suiqasd uyushtirib, uni o&#8217;ldirgan va xonning akasi Sayd Abdullaxonni Xiva taxtiga o&#8217;tqazgan, amalda Junaydxon xonlikning mutlaq hukmdoriga aylangan. Rossiyaga (1918 yil yanvar \u2014 1920 yanvar) qaram bo&#8217;lgan Xiva xonligi amalda mustaqil davlatga aylangan. Junaydxon 1918 yil o&#8217;rtalari \u2014 1920 yil yanvarda sho&#8217;ro qo&#8217;shinlariga qarshi keskin kurash olib borgan, biroq mag&#8217;lubiyatga uchrab cho&#8217;lga chekingan. Xivada xonlik tuzumi ag&#8217;darilib Xorazm Xalq Sovet Respublikasi (XXSR) tuzilgan. Junaydxon turkman, o&#8217;zbek, qoraqalpoq, qozoqlardan iborat 30 ming kishilik qo&#8217;shin tuzib kurashni davom ettirgan. Sho&#8217;ro hukumati Junaydxonga qarshi kurashda boshqa turkman sardorlari Qo&#8217;shmamadxon va G&#8217;ulomalixonlarni jalb qilgan. Natijada 1920 yil avgustda ular Junaydxon qo&#8217;shiniga zarba berishgan. Junaydxon Turkistondagi istiqlolchilik harakati kuchlarini yagona qo&#8217;mondonlik ostiga birlashtirish maqsadida 1922 yil boshida Anvar Posho va Farg&#8217;onadagi qo&#8217;rboshilar bilan aloqa o&#8217;rnatgan. U o&#8217;z qo&#8217;shinida qattiq tartib intizom o&#8217;rnatdi va xorijdan zamonaviy qurollar sotib oldi. Junaydxon 1922 yil aprelda Porsu qal&#8217;asini qizillardan ozod qilgan. 1923 yil dekabrda Pitnak, Hazorasp, Bog&#8217;ot, Xonqa tumanlarida sho&#8217;ro tuzumiga qarshi dehqonlarning ommaviy qo&#8217;zg&#8217;olonlari boshlangan. Junaydxon qo&#8217;zg&#8217;olonchilarga madad berish uchun 15 ming kishilik qo&#8217;shini bilan Xivani g&#8217;arbdan qurshovga olgan (1924 yil 10 yanvar) Sho&#8217;ro hukumati unga qarshi butun vositalarini ishga solib fevral boshlarida Xivaga Toshkent, To&#8217;rtko&#8217;l, Aktyubinsk (Oqto&#8217;ba)dan qo&#8217;shimcha kuch tashlagan, Junaydxon Afg&#8217;onistonga chekinish (1924.17.6) ga majbur bo&#8217;lgan. Biroq shu yilning kuzida Xorazm vohasiga qaytib kurashni davom ettirgan. Turkmaniston SSR Sovetlarining 1-s&#8217;yezdi yangi hukumat boshlig&#8217;i Q. Otaboyevning qat&#8217;iy talabi bilan Junaydxon va uning safdoshlarini afv etgan (1925 yil Fevral). Biroq Junaydxon 1927 yil 19 sentabrda Toshhovuz okrugidagi Oqtepada sho&#8217;ro hokimiyatiga qarshi qo&#8217;zg&#8217;olon ko&#8217;targan. Turkmaniston XKS va MIK darhol Junaydxonni qonundan tashqari deb e&#8217;lon qilgan. Junaydxon lashkari Toshxovuz okrugi taxta va Ko&#8217;hna Urganch tumanlaridagi ko&#8217;plab ovullarda sho&#8217;ro hokimiyatini tugatishgan. Tengsiz janglarda Junaydxon mag&#8217;lubiyatga uchragan bo&#8217;lsada, S. M. Budyonniyning saralangan maxsus otliq qo&#8217;shini uni qo&#8217;lga tushira olmagan. Junaydxon Xorazm vohasida ayrim tanaffuslar bilan 1931 yilgacha kurash olib borib, nihoyat Eron orqali Afg&#8217;onistonga o&#8217;tib ketgan. Ad.: Yusupov P., Yosh xivaliklar tarixi (xotiralar), Urganch, 2000; Rajabov Q. K., Mustaqil Turkiston fikri uchun mujodalalar. T., 2000; O&#8217;zbekistonning yangi tarixi, 2-kitob (O&#8217;zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida), T., 2000; Turkestan v nachale XX veka: k istorii istokov nasionalnoy nezavisimosti, T., 2000; Xiva \u2014 ming gumbaz shahri, T., 1997; Validiy A. Z., Bo&#8217;linganni bo&#8217;ri yer (xotiralar), T., 1997. Qahramon Rajabov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Junaydxon Qurbon Mamed (Muhammad) Sardor (1857, hozirgi Taxta tumani, Turkmaniston \u2014 1938, Hirot atrofi, Afg&#8217;oniston) \u2014 istiqlolchilik harakati namoyandalaridan. Mustamlakachi chor Rossiyasi hamda sho&#8217;ro qo&#8217;shinlariga qarshi kurashgan. Yovmut qabilasi Bayramali &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/junaydxon-qurbon-mamed\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[208],"tags":[],"class_list":["post-93515","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-j-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/93515","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=93515"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/93515\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":93519,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/93515\/revisions\/93519"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=93515"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=93515"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=93515"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}