{"id":93542,"date":"2023-07-23T14:37:58","date_gmt":"2023-07-23T11:37:58","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=93542"},"modified":"2023-07-23T14:38:01","modified_gmt":"2023-07-23T11:38:01","slug":"juma-masjid-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/juma-masjid-2\/","title":{"rendered":"Juma masjid"},"content":{"rendered":"\n<p>Juma masjid, Xiva juma masjidi \u2014 Xiva (Xorazm)dagi me&#8217;moriy yodgorlik (10-18-asrlar). Ichan qal&#8217;aning Markaziy qismida Oma darvoza va polvon darvozalarnn birlashtiruvchi ko&#8217;chada joylashgan. Juma masjid hakidagi ilk ma&#8217;lumot 10-asrda Xorazmga kelgan Arab sayyohlari al-Muqaddasiy (Maqdisiy) va al-Istaxriy yozmalarida uchraydi. Manbalarga ko&#8217;ra, Juma masjidning dastlabki binosi buzilib ketgan va o&#8217;rniga Abdurahmon Mehtar buyrug&#8217;iga binoan xuddi shu usulda kattaroq yangi masjid qurilgan (1788). Masjid o&#8217;ziga xos tarhi va hajmi bilan ajralib turgan. Bir qavatli bo&#8217;lib, atrofi g&#8217;ishtin devor bilan o&#8217;ralgan. Uning boshqa masjidlardan farqi qadimgi Arab me&#8217;morligiga xos uslubda (yopiq, ko&#8217;p ustunli hamda hovlisiz qilib) qurilganligidadir. Unda ayvonlar bilan o&#8217;ralgan hovli ham, ulkan peshtoq ham, gumbazli xonalar ham yo&#8217;q. Xonaqoh ichi shipdagi ikki tuynuk orqali yoritiladi. Tomi yassi, to&#8217;sinli, shipini 212 ustun ko&#8217;tarib turadi. Ustunlar 17 qatorli, oralig&#8217;i 3,15&#215;3,15 metr. Mehrobi Janubiy devor markazida joylashgan. Tashqi devorlari oddiy bezaksiz. Bosh tarzidagi eshik yog&#8217;och o&#8217;ymakorligida ishlangan noyob namuna hisoblanadi. Ichki bezaklari sodda ganch suvoq qilingan. Mehrob ravog&#8217;ida iroqi muqarnas va ko&#8217;k rangli bo&#8217;yama naqsh (18-asrga oid) saqlangan. Ustunlar masjid tuzilishining asosini tashkil etish bilan birga uning badiiy bezagi hamdir. Ular o&#8217;ziga xos mutanosiblik va ko&#8217;rinishga ega. 212 ustundan 10-14-asrlarga oid 25 ustun eng qadimgisi bo&#8217;lib, tuzilishida bir qancha uslub namunalari bor. 10-11-asrlarga oid 4 ustun chuqur bo&#8217;rtma naqshli, kufiy xati islimiy naqsh bilan uyg&#8217;unlashgan. Unda faqih Abul Fadal Muhammad Laysi farmoni b-n qurilgani yozilgan. 11 \u2014 12-asrlarga oid 17 ustun nisbatan sayoz o&#8217;yilgan, undagi handasiy naqshlar oralig&#8217;i uslublashtirilgan, nabotiy shakllar bilan to&#8217;ldirilgan, yozuvlari kufiy xatida bitilgan (yaxshi saqlanmagan) 15-asrga oid 3 ustun islimiy, girih naqshlar va nasx xatida hoshiya qilib terilgan. Bu uslubdagi o&#8217;ymakorlik bezaklari mehrob yaqinidagi yog&#8217;och taxtachalarda va eshik tabaqalarida uchraydi. Ustunlarning birida milodiy 1510 yil saqlangan. Ular mehrob yaqinidagi marmar taxtalar bilan bir vaqtda o&#8217;rnatilgan bo&#8217;lishi mumkin. Kichik marmar taxtada 1666 yil, ikkinchi marmar taxta yozuvidagi vaqfnomada vazir Abdurahmon amri bilan Quyuqtom va Bekobod qishloqlarida masjidga vaqf yerlari ajratilganligi va daromadni xayr-ehsonga hamda masjid zaruriyatiga sarf qilish lozimligi yozilgan (1788-89). Qolgan ustunlar Xorazmdagi turli binolardan yig&#8217;ib keltirilgan. Uzunlari masjid qurilishiga moslab qirqilgan, kaltaroqlari murabba shakldagi tosh poyustun ustiga ko&#8217;zagi va kallaklar ishlanib o&#8217;rnatilgan. Hamma ustunlar muayyan mujassamot asosida joylashtirilgan. Masjid yonidagi minora 17-asrda qulab tushgan, 18-asrda mayda pishiq g&#8217;ishtdan qayta tiklangan. Minora yuqoriga tomon ingichkalashib boradi. Tepasiga sharafa va g&#8217;ishtdan dandana xoshiya belbog&#8217;lar ishlangan. Juma masjid bir necha bor ta&#8217;mirlangan. Oxirgi ta&#8217;miri 1990 yilda Xivaning 2500 yilligi arafasida bajarilgan. Umumiy o&#8217;lchamlari: masjid \u2014 55&#215;46 metr, minora balandligi 42 metr. Ad.: Mankovskaya L., Bulatova V., Pamyatniki zodchestva Xorezma, T., 1978.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Juma masjid, Xiva juma masjidi \u2014 Xiva (Xorazm)dagi me&#8217;moriy yodgorlik (10-18-asrlar). Ichan qal&#8217;aning Markaziy qismida Oma darvoza va polvon darvozalarnn birlashtiruvchi ko&#8217;chada joylashgan. Juma masjid hakidagi ilk ma&#8217;lumot 10-asrda Xorazmga &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/juma-masjid-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[208],"tags":[],"class_list":["post-93542","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-j-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/93542","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=93542"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/93542\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":93547,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/93542\/revisions\/93547"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=93542"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=93542"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=93542"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}