{"id":93548,"date":"2023-07-23T14:42:57","date_gmt":"2023-07-23T11:42:57","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=93548"},"modified":"2023-07-23T14:43:01","modified_gmt":"2023-07-23T11:43:01","slug":"jonibekov-vladimir-aleksandrovich","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/jonibekov-vladimir-aleksandrovich\/","title":{"rendered":"Jonibekov Vladimir Aleksandrovich"},"content":{"rendered":"\n<p>Jonibekov Vladimir Aleksandrovich (1942.13.5, Toshkent viloyati, Iskandar qishlog&#8217;i) \u2014 uchuvchi-kosmonavt, aviasiya general mayori (1985). Ikki marta qahramon unvoniga sazovor bo&#8217;lgan (1978, 1981). Mongoliya Xalq Respublikasi qahramoni (1981). Toshkent Suvorov bilim yurtini (1960), Eysk (Rossiya Federasiyasi) uchuvchilar tayyorlash oliy aviatsiya bilim yurtini (1965) tugatgan. 1970 yildan kosmonavtlar otryadida. Jonibekov 1985-88 yillarda Kosmonavtlar tayyorlash markazi (KTM) da kosmonavtlar otryadining komandiri, 1988 yildan KTM Nazariy va ilmiy tadqiqot tayyorgarlik boshqarmasi boshlig&#8217;i. Birinchi kosmik parvozini 1978 yil 10-16 yanvarda &#8220;Soyuz-27&#8221; kk (kema komandiri) (O. G. Makarov bilan birga) va &#8220;Salyut-6&#8221; \u2014 &#8220;Soyuz-26&#8221; (ekipaj Yu. V. Romanenko va G. M. Grechko) \u2014 &#8220;Soyuz-27&#8221; orbital majmuada bajargan. Yerga &#8220;Soyuz-26&#8221; kk da qaytgan. Jonibekov ikkinchi kosmik parvozini 1981 yil 22-30 martda &#8220;Soyuz-39&#8221; kk (kema komandiri) (mongol kosmonavti J. Gurragcha bilan birga) va &#8220;Salyut-6&#8221; \u2014 &#8220;Soyuz T-4&#8221; (ekipaj V. V. Kovalyonok va V. P. Savinix) \u2014 &#8220;Soyuz-39&#8221; orbital majmuada &#8220;Inter- Kosmos&#8221; dasturi bo&#8217;yicha amalga oshirdi. U uchinchi kosmik parvozini 1982 yil 24 iyun \u2014 2 iyulda &#8220;Soyuz T-6&#8221; kk (kema komandiri) (A.S. Ivanchenko va frantsuz kosmonavti Jan-Lu Jak Mari Kreten bilan birga) va &#8220;Salyut-7 \u2014 &#8220;Soyuz T-5&#8221; (ekipaj A.N. Berezovoy va V.V. Lebedev) \u2014 &#8220;Soyuz T-6&#8221; orbital majmuada bajardi. Jonibekov to&#8217;rtinchi kosmik parvozini 1984 yil 17-29 iyulda &#8220;Soyuz T-12&#8221; kk (kema komandiri) (S. E. Saviskaya va I. P. Volk bilan birga) va &#8220;Salyut T-7&#8221; \u2014 &#8220;Soyuz X-11&#8221; (ekipaj L. Yu. Kizim, V. A. Solovyov va O. Yu. Atkov) \u2014 &#8220;Soyuz T-12&#8221; orbital majmuada amalga oshirdi. 25 iyulda Svetlana Yevgenevna Saviskaya bilan ochiq kosmosga chiqib, yangi universal dastaki asbobni sinashga doyr ishlarni uddaladi. Jonibekov beshinchi kosmik parvozini 1985 yil 6 iyun \u2014 26 sentda &#8220;Soyuz T-13&#8221; Kk (kema komandiri) (V. P. Savinix bilan birga) va &#8220;Salyut-7&#8221; \u2014 &#8220;Soyuz T-13&#8221; orbital majmuada bajardi. V. P. Savinix bilan birga dunyoda birinchi marta o&#8217;zi parvoz qilayotgan kk \u2014 &#8220;Soyuz T-13&#8221; ni kosmosda nazoratsiz parvoz qilayotgan orbital stantsiya \u2014 &#8220;Salyut-7&#8221; ga tutashtirdi. Kosmonavtlar &#8220;Salyut-7&#8221; ga o&#8217;tganlaridan so&#8217;ng uning ishga yaroqliligini tiklashga doir ishlarni bajarishdi. 1985 yil 2 avgustda Jonibekov kosmonavt V. P. Savinix bilan birga ochiq kosmosga chiqib, qo&#8217;shimcha quyosh batareyalari panellarini o&#8217;rnatishdi. Unumli ilmiy tadqiqot va amaliy ishlarni bajarganidan so&#8217;ng Jonibekov 1985 yil 26 sentabrda o&#8217;sha paytda &#8220;Soyuz T-14&#8221; kk da V. V. Vasyutin va A. A. Volkov bilan birga parvoz qilayotgan G. M. Grechko bilan birga &#8220;Soyuz T-13&#8221; kk da yerga qaytib tushdi. Jonibekov o&#8217;zining kosmosga qilgan besh parvozi mobaynida kosmosda 145 kun 15 soat 58 minut 29 sekund bo&#8217;lgan. Jonibekov tasviriy san&#8217;at bilan ham shug&#8217;ullangan. Uning Kosmos mavzuidagi ba&#8217;zi rasmlari badiiy ko&#8217;rgazmalarda namoyish qilingan. Pomir-Olay tog&#8217;laridagi mutlaq balandligi 4912 metr bo&#8217;lgan cho&#8217;qqi &#8220;Vladimir Jonibekov cho&#8217;qqisi&#8221; deb atalgan (1985). Toshkentdagi Kosmonavtlar xiyobonida Jonibekovga byust o&#8217;rnatilgan (1984). Sobit Ilyosov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Jonibekov Vladimir Aleksandrovich (1942.13.5, Toshkent viloyati, Iskandar qishlog&#8217;i) \u2014 uchuvchi-kosmonavt, aviasiya general mayori (1985). Ikki marta qahramon unvoniga sazovor bo&#8217;lgan (1978, 1981). Mongoliya Xalq Respublikasi qahramoni (1981). Toshkent Suvorov bilim &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/jonibekov-vladimir-aleksandrovich\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[208],"tags":[],"class_list":["post-93548","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-j-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/93548","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=93548"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/93548\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":93550,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/93548\/revisions\/93550"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=93548"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=93548"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=93548"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}