{"id":93554,"date":"2023-07-23T14:57:57","date_gmt":"2023-07-23T11:57:57","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=93554"},"modified":"2023-07-23T14:58:00","modified_gmt":"2023-07-23T11:58:00","slug":"jakarta","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/jakarta\/","title":{"rendered":"Jakarta"},"content":{"rendered":"\n<p>Jakarta \u2014 Indoneziyaning poytaxti. Yava orolining shimoliy-g&#8217;arbiy sohilida, Chilivung daryosining Yava dengiziga quyilish joyida. Iutimi tropik ekvatorial; yillik o&#8217;rtacha temperatura 27\u00b0. Yiliga 1800 mm yog&#8217;in yog&#8217;adi; havoning namligi 80%. Aholisi 9,5 million kishi (1996). 16-asr boshida hozirgi Jakarta o&#8217;rnida Tajajdaran knyazligining Sundakelapa port shahri bo&#8217;lgan. 1527 yilda uni Bantam knyazligi egallagan va shahar Jayakerta (ulkan qal&#8217;a) deb atalgan. 17-asrda gollandlarning Ost-Indiya kompaniyasi bosib olib vayron qilgan. 1619 yilda gollandlar shahar o&#8217;rnida Bataviya qal&#8217;asini qurganlar. Keyinchalik uning atrofida shahar vujudga kelib, 1945 yilgacha general gubernator qarorgohi va mustamlaka markazi bo&#8217;lgan. 1945 yil 17 avgustdan mustaqil Indoneziya davlatining poytaxti. Gollandiya agressiyasi vaqtida (1946-49) poytaxt vaqtincha Jokyakartaga ko&#8217;chirildi; 1949 yildan Bataviya yana Jakarta deb atala boshladi. Jakarta \u2014 mamlakatning yirik iqtisodiy markazi. Oziq-ovqat (choy, kofeni qayta ishlash, sholi oklash, un tortish, yog&#8217;, baliq konservalash va boshqalar), kauchukka ishlov berish, rezina va ko&#8217;n poyabzal, to&#8217;qimachilik, metallsozlik va mashinasozlik korxonalari, mexanika ustaxonalari, kema verfi, avtomobil yiguv zavodi va boshqalar bor. Hunarmandchilik qadimdan rivojlangan. Jakarta \u2014 xalqaro dengiz va havo yo&#8217;llarining tuguni. Xalqaro Kemayoran aeroporti bor. Jakarta porti (Tanjungpriok avanporti) orqali chetga kauchuk, choy, kofe, xinin, shakarqand va boshqalar chiqariladi; chetdan ko&#8217;proq sanoat uskunalari keltiriladi. Me&#8217;moriy yodgorliklardan Penang darvozasi (1671), cherkov (1695), shahar boshqarmasi binosi (1710-12), 17\u2014 18-asrlarda qurilgan binolar, kanal va ko&#8217;priklar va boshqalar saqlangan. Zamonaviy binolardan sport majmuasi (1956-62), Markaziy gospital (1962-63), Prezident saroyi (19-20-asrlar), Mustaqillik monumenti (1964) Jakartaning yangi qurilgan qismida joylashgan. Jakartada davlat universiteti, bir necha xususiy universitetlar, Milliy texnika instituti, Fanlar instituti, Madaniyat instituti, kutubxonalar, muzeylar, kartinalar galereyasi, teatrlar va boshqalar bor.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Jakarta \u2014 Indoneziyaning poytaxti. Yava orolining shimoliy-g&#8217;arbiy sohilida, Chilivung daryosining Yava dengiziga quyilish joyida. Iutimi tropik ekvatorial; yillik o&#8217;rtacha temperatura 27\u00b0. Yiliga 1800 mm yog&#8217;in yog&#8217;adi; havoning namligi 80%. Aholisi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/jakarta\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[208],"tags":[],"class_list":["post-93554","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-j-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/93554","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=93554"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/93554\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":93556,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/93554\/revisions\/93556"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=93554"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=93554"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=93554"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}