{"id":93624,"date":"2023-07-23T15:41:13","date_gmt":"2023-07-23T12:41:13","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=93624"},"modified":"2023-07-23T15:41:16","modified_gmt":"2023-07-23T12:41:16","slug":"joybor-xojalari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/joybor-xojalari\/","title":{"rendered":"Jo&#8217;ybor xojalari"},"content":{"rendered":"\n<p>Jo&#8217;ybor xojalari, Jo&#8217;ybor shayxlari \u2014 naqshbandiylik tariqatining vakillari. Ularning Jo&#8217;ybor xojalari nomini olishi Xoja Muhammad Islomning bobosi Xoja Muqammad Yahyo Buxorodagi Jo&#8217;ybor degan yerga ko&#8217;chib kelishi bilan bog&#8217;liqdir. Jo&#8217;ybor xojalari o&#8217;zlarini Islom Dinini targ&#8217;ib qilish uchun Makkadan Nishopurga, undan Buxoroga kelgan Imom Ali Murtazo avlodi deb hisoblaganlar. Jo&#8217;ybor xojalaridan Abu Bakr Sa&#8217;dga va uning avlodlariga Somoniylar davrida Buxoroning Shayx ul-islomi degan mansab beriladi. Abu Bakr Sa&#8217;dning nevarasi Muhammad Islom Jo&#8217;ybor xojalarining iqtisodiy va siyosiy jihatdan katta nufuzga ega bo&#8217;lishida asosiy rol o&#8217;ynaydi. U 16-asrning 50-yillarida Shayboniylar davlatidagi toj-taxt uchun bo&#8217;lgan kurashlarga aralashib, o&#8217;z muridi Abdullaxon II ning taxtga chiqishiga yordam beradi. Bu davrga kelib Jo&#8217;ybor xojalariga Buxorodagi Sumiton qishlog&#8217;i in&#8217;om etiladi. Jo&#8217;ybor xojalarining ota-bobolari Buxorodagi Chor Bakr mozoriga qo&#8217;yilganligi uchun 16-asrdan boshlab Jo&#8217;ybor xojalari bu joydagi qabrlar ustiga hashamatli maqbara qurib, ziyoratgohga aylantirishgan. Bu ziyoratgohlar katta vaqf yerlariga ega bo&#8217;lib, ularga Jo&#8217;ybor xojalari merosxo&#8217;rlar tariqasida egalik qilishgan va bu yerlar Jo&#8217;ybor xojalari xo&#8217;jaligining rivojlanishiga asos bo&#8217;lib xizmat qilgan. Katta lavozim, vaqf daromadlari va boshqalar tufayli Jo&#8217;ybor xojalari tez orada boyib ketadilar. Jo&#8217;ybor xojalari katta yer-mulkka, yuzlab qullarga, ko&#8217;plab chorva mollariga, sug&#8217;orish inshootlariga, savdo korxonalariga ega bo&#8217;lganlar. Ularning savdo karvonlari 16-asrning 2-yarmidayoq xorij bilan savdo aloqalari olib borgan. Mustahkam iqtisodiy poydevorga ega bo&#8217;lgan Jo&#8217;ybor xojalari Shayboniylar davlatining siyosiy hayotida juda katta rol o&#8217;ynagan. Ingliz sayyohi A. Jenkinson 1559 yilda Buxoroda bo&#8217;lib, bu yerdagi ruhoniylarning rahbarlari bo&#8217;lgan Jo&#8217;ybor xojalari haqida shunday degan edi: &#8220;Buxoroda diniy rahbar bor. Unga qirolga nisbatan ko&#8217;proq quloq soladilar, u o&#8217;z xohishi bilan qirolni o&#8217;rnidan olib, boshqasini qo&#8217;ya oladi&#8221;. Jo&#8217;ybor xojalari, 17-asrning 1-yarmida mamlakatda paydo bo&#8217;lgan qiyin siyosiy vaziyatdan so&#8217;ng o&#8217;zlarining oldingi mavqeini yo&#8217;qotganlar. Ad.: Hofiz tanish al-Buxoriy, AB- dullanoma, 1-j. T., 1999; Vyatkin V. V., Sheyxi Djuybari, &#8220;V. V. Bartoldu turkestanskie druzya, ucheniki i pochitateli&#8221; kitobida, T., 1927.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Jo&#8217;ybor xojalari, Jo&#8217;ybor shayxlari \u2014 naqshbandiylik tariqatining vakillari. Ularning Jo&#8217;ybor xojalari nomini olishi Xoja Muhammad Islomning bobosi Xoja Muqammad Yahyo Buxorodagi Jo&#8217;ybor degan yerga ko&#8217;chib kelishi bilan bog&#8217;liqdir. Jo&#8217;ybor xojalari &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/joybor-xojalari\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[208],"tags":[],"class_list":["post-93624","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-j-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/93624","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=93624"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/93624\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":93629,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/93624\/revisions\/93629"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=93624"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=93624"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=93624"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}