{"id":93642,"date":"2023-07-23T15:59:20","date_gmt":"2023-07-23T12:59:20","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=93642"},"modified":"2023-07-23T15:59:23","modified_gmt":"2023-07-23T12:59:23","slug":"jondor-tumani","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/jondor-tumani\/","title":{"rendered":"Jondor tumani"},"content":{"rendered":"\n<p>Jondor tumani &#8211; Buxoro viloyatidagi tuman (1935 yil 17 yanvarda tashkil etilgan. 1962 yil 24 dekabrdan Buxoro va Romitan tumanlari tarkibida bo&#8217;lgan, 1967 yil 9 yanvda qayta tuzilgan). Jondor tumani Janubi-g&#8217;arbdan Olot, Qorako&#8217;l tumanlari, Sharq va shimoli-sharqdan Buxoro, Romitan, Peshku tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 5,17 ming km2. Aholisi 123,7 ming kishi (2001). Jondor tumanida 1 shaharcha (Jondor), 13 qishloq fuqarolari yig&#8217;ini (Aleli, Dalmun, Lolo, Mirzayon, Navrabot, Oqshix, Romish, Po&#8217;loti, Samonchuq, Sepatta, Xumdanak, Xumin, qorali) bor. Markazi \u2014 Jondor shaharchasi. Tabiati. Jondor tumani Buxoro vohasida Zarafshon daryosi quyi oqimining shimoli- g&#8217;arbida, cho&#8217;l zonasida joylashgan. Relefi, asosan, tekislik, qisman botqoq va sho&#8217;rxoklar ham bor. Hududining qolgan qismi cho&#8217;l (Urganchcho&#8217;l va O&#8217;rtacho&#8217;l) yaylovlaridan iborat. Tekisliklar bag&#8217;rida aloxida do&#8217;ngliklar (Uchbosh, Sho&#8217;rquduq) uchraydi. Iqlimi keskin kontinental, cho&#8217;l iqlimi. Ba&#8217;zan, Urganchcho&#8217;ldan garmsel esib turadi. Vegetatsiya davri 218 kun. Bahor sernam, yoz uzoq davom etadi, serquyosh, quruq, jazirama issiq, kuz qisqa va qishi iliq, ba&#8217;zan ayozli. Yanvarning o&#8217;rtacha temperaturasi 0-0, g, iyulniki 28-30&#8243;. Yillik o&#8217;rtacha temperatura 15-16&#8242;. Minimal temperatura -27&#8242;, maksimal temperatura 45&#8242;. Yillik yog&#8217;in qariyb 125-130 mm, aksariyat qismi fevral\u2014mart oylariga to&#8217;g&#8217;ri keladi. Tuman hududidagi obikor yerlar dastlab Zarafshon daryosidan sug&#8217;orilgan. Amu-Buxoro mashina kanalining, ayniqsa Jondor tarmog&#8217;ining ishga tushirilishi tufayli hozirgi kunda Amudaryo suvi bilan ta&#8217;minlanadi. Vohadagi obikor yerlarning tuprog&#8217;i madaniy o&#8217;tloqi, bo&#8217;z tuproqlar (ba&#8217;zi joylarda bu tuproqlar sho&#8217;rlangan). Cho&#8217;l qismini qumli, Gipsli, gilli, qumli cho&#8217;l, qo&#8217;ng&#8217;ir tusli sur, taqir, taqirli na sho&#8217;rxok tuproqlar egallagan. Yovvoyi o&#8217;simliklardan Daryo terrasa va qayirlarida qamish, ro&#8217;vak, bug&#8217;doyiq, sho&#8217;rajriq, kampirsoch, itgunafsha, yulg&#8217;un, sho&#8217;rxok erlarda pashmaksho&#8217;ra, oqsho&#8217;ra, qumli cho&#8217;llarda oq saksovul, boyalich, quyonsuyak, selin, Astragal va boshqalar o&#8217;sadi. Yovvoyi hayvonlardan qumli cho&#8217;lda sudraluvchi va kemiruvchilar, qushlardan qirg&#8217;ovul, loyxo&#8217;rak, so&#8217;fito&#8217;rg&#8217;ay, zarg&#8217;aldoq chumchuq va boshqalar yashaydi. Aholisi, asosan, o&#8217;zbeklar (95,6%); shuningdek, rus, tojik, qozoq, turkman va boshqa millat vakillari ham yashaydi. 1 KMG g&#8217;a 24 kishi to&#8217;g&#8217;ri keladi, vohada esa 250\u2014 300 kishiga yetadi. Aholining 93% qishloqlarda yashaydi. Xo&#8217;jaligida yetakchi tarmoq qishloq xo\u2019jaligidir. Asosan, paxta ekiladi. Chorvachilik, polizchilik, pillachilik ham rivojlangan. Tokzor va mevazorlar bor. Oziq-ovqat va yengil sanoat tarmoqlari mavjud bo&#8217;lib, ularning aksariyati tuman markazida joylashgan. Plastmassa, vino, konserva zavodlari, non, sut kombinatlari, Navoiy jamoa xo&#8217;jaligi hududida Buxoro paxta tozalash zavodining filiali, &#8220;xadan&#8221; (O&#8217;zbekiston\u2014 Xitoy) qo&#8217;shma korxonasi mavjud. Tumanda jamoa, shirkat, ijara, dehqon, fermer xo&#8217;jaliklari faoliyat ko&#8217;rsatmokda. Sug&#8217;oriladigan yer maydoni 28,2 ming gektar. Shu jumladan donli ekinlar 7,5 ming gektar, texnika ekinlari 17,5 ming gektar, kartoshka, poliz, sabzavot 1,3 ming gektar, yem-xashak 1,9 ming gektar yer maydonini egallaydi (1999). Chorvachilik go&#8217;sht-sut va jun-teri yetishtirishga ixtisoslashgan. Jondor tumani xo&#8217;jaliklarida 45,4 ming qoramol, 105,3 ming qo&#8217;y va echki, 35,8 ming parranda boqiladi. O&#8217;rmon xo&#8217;jaligi 66,4 ming gektar maydonda joylashgan. Bu yerda ko&#8217;chat yetishtirish yo&#8217;lga qo&#8217;yilgan. Qumli joylarida, asosan, saksovul, Qandim, cherkez o&#8217;sadi. Jondor tumanida 52 umumiy ta&#8217;lim maktabi (30 ming o&#8217;quvchi), litsey, sanatoriy-Internat, musiqa maktabi, iqtidorli bolalar internati, 42 kutubxona, madaniyat uylari, 2 muzey bor. Tumanda 365 o&#8217;rinli kasalxona, 20 qishloq vrachlik punkti, 12 qishloq vrachlik ambulatoriyasi, 1 poliklinika va 23 feldsher-akusherlik punkti bo&#8217;lib, ularda 194 vrach xizmat qilmoqda. Tuman hududidan Buxoro\u2014Turkmanobod xalqaro avtomagistrali o&#8217;tadi. Jondor tumanida to&#8217;rtta yirik tarixiy obida mavjud: Mahmud Torobiy daxmasi (13- asr), Varaxsha yodgorligi (7-asr), Shaxri Islom qal&#8217;asi, Qizbibi me&#8217;moriy majmuasi (16-asr). 1935 yildan &#8220;Jondor ovozi&#8221; gazeta chiqadi. Ad.: Tursunov M., Jondor va Jondorliklar, Buxoro, 1995.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Jondor tumani &#8211; Buxoro viloyatidagi tuman (1935 yil 17 yanvarda tashkil etilgan. 1962 yil 24 dekabrdan Buxoro va Romitan tumanlari tarkibida bo&#8217;lgan, 1967 yil 9 yanvda qayta tuzilgan). Jondor tumani &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/jondor-tumani\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[208],"tags":[],"class_list":["post-93642","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-j-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/93642","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=93642"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/93642\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":93644,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/93642\/revisions\/93644"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=93642"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=93642"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=93642"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}