{"id":9365,"date":"2021-11-10T15:21:38","date_gmt":"2021-11-10T12:21:38","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=9365"},"modified":"2021-11-10T15:21:39","modified_gmt":"2021-11-10T12:21:39","slug":"annigilyatsiya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/annigilyatsiya\/","title":{"rendered":"ANNIGILYATSIYA"},"content":{"rendered":"\n<p>ANNIGILYATSIYA (lotincha annihilation -yo&#8217;qolish) \u2014 zarraning antizarra bilan to&#8217;qnashishi natijasida boshqa zarralarga aylanish jarayoni. Annigilyatsiyaning borishi paydo bo&#8217;lgan zarralarning soni va tabiatiga, zarra bilan antizarraning qanday holatda bo&#8217;lishiga, ularning o&#8217;zaro ta&#8217;siri qandayligiga bog&#8217;liq. Annigilyatsiya muayyan saqlanish qonunlariga bo&#8217;ysunadi. Annigilyatsiya vaqtida zarralar tizimining umumiy energiyasi (demak, massasi), harakat miqdori, harakat miqdori momenta, elektr zaryadi o&#8217;zgarmasdan saqlanadi. Annigilyatsiyada juda ko&#8217;p energiya ajralib chiqadi. Elektron bilan antielektron (ya&#8217;ni pozitron) Annigilyatsiyasi nazariy jihatdan va tajribalarda batafsil tekshirilgan. Elektron bilan pozitron Annigilyatsiyasida shart-sharoitga qarab, yo bitta, yoki ko&#8217;proq foton paydo bo&#8217;ladi. Masalan, atom yadrosi ta&#8217;siridagi elektron bilan pozitron Annigilyatsiyasida faqat bitta foton, erkin elektron bilan pozitron Annigilyatsiyasida ikkita foton paydo bo&#8217;ladi. Goho, pozitron bilan elektronning Annigilyatsiyasigacha ulardan yashash vaqti juda kichik vodorodsimon atom-pozitroniy hosil bo&#8217;ladi. Pozitroniyning Annigilyatsiyasi natijasida paydo bo&#8217;lgan fotonlar soni pozitroniyning dastlab qanday holatlarda bo&#8217;lishiga bog&#8217;liq. Elektron va pozitrondan boshqa turdagi zarra bilan antizarra Annigilyatsiyalari ham ma&#8217;lum. Nuklon bilan antinuklon, jumladan, proton bilan antiproton Annigilyatsiyasi vaqtida ts-mezonlar yoki K-mezonlar paydo bo&#8217;ladi. Ba&#8217;zan, antiproton bilan protonning Annigilyatsiyasida yashash vaqti kichik vodorodsimon atom \u2014 protoniy hosil bo&#8217;ladi. Zarra bilan antizarraning birgalikda paydo bo&#8217;lish jarayoni juft zarralar hosil bo&#8217;lishi deyiladi. Masalan, katta energiyali foton atom yadrosi bilan to&#8217;qnashganda pozitron bilan elektron jufti hosil bo&#8217;ladi. Hozirgi zamon fizikasida ko&#8217;plab topilayotgan elementar zarralar, ulardan ba&#8217;zilarining yo&#8217;qolib ketishi va boshqalarining paydo bo&#8217;lishi materiyaning cheksiz xilma-xilligini, materiya shakllarining o&#8217;zaro birligini, materiyaning bir shakldan ikkinchi shaklga aylanishini ifodalaydi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ANNIGILYATSIYA (lotincha annihilation -yo&#8217;qolish) \u2014 zarraning antizarra bilan to&#8217;qnashishi natijasida boshqa zarralarga aylanish jarayoni. Annigilyatsiyaning borishi paydo bo&#8217;lgan zarralarning soni va tabiatiga, zarra bilan antizarraning qanday holatda bo&#8217;lishiga, ularning o&#8217;zaro &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/annigilyatsiya\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-9365","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9365","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=9365"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9365\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":9368,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9365\/revisions\/9368"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=9365"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=9365"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=9365"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}