{"id":93734,"date":"2023-07-23T17:29:19","date_gmt":"2023-07-23T14:29:19","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=93734"},"modified":"2023-07-23T17:29:22","modified_gmt":"2023-07-23T14:29:22","slug":"joytun-madaniyati","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/joytun-madaniyati\/","title":{"rendered":"Joytun madaniyati"},"content":{"rendered":"\n<p>Joytun madaniyati \u2014 O&#8217;rta Osiyoning neolit davriga oid eng qadimgi o&#8217;troq dehqonchilik madaniyati markazlaridan biri (miloddan avvalgi 6-5-ming yillik). Ashxoboddan 30 kilometr shimolda joylashgan qadimgi o&#8217;troq dehqonlar qishlog&#8217;i xarobasi nomidan olingan. 1952 yildan Janubiy Turkmaniston arxeologiya kompleks ekspeditsiyasi qazish ishlari olib borgan. 10 dan ortiq yodgorliklar (Chag&#8217;illitepa, Pessejiktepa, Chopontepa, Nayzatepa, Joytun va boshqalar)ni tekshirgan. Bu urug&#8217;doshlik manzilgohlarining har biri 0,5\u20142 gektar maydonni egallagan. Somonli guvaladan qurilgan bir xonali uylar (25-45 m2) sahni oq ganchli loy bilan suvalgan, ayrimlari qizil va qora rangga bo&#8217;yalgan. Har bir xonada o&#8217;choq, g&#8217;alla o&#8217;rasi, supa bo&#8217;lgan. Ayrim xonalar o&#8217;rtasida katta otashkada bo&#8217;lib, umumiy sajdagoh vazifasini o&#8217;tagan. Manzilgohlarda ombor, sopol idishlar pishiriladigan maydonchalar bo&#8217;lgan. 3 madaniy qatlamdan iborat Joytun manzilgohi (Joytun madaniyati shu nomdan olingan) to&#8217;la o&#8217;rganilgan. Uning maydoni 0,5 gektar, yuqori qatlami 35\u2014 40 xonadan, o&#8217;rta qatlami 29 xonadan iborat. Manzilgohlardan bolalar suyagi topilgan, kattalar tashqariga ko&#8217;milgan. Aholi, asosan, dehqonchilik, chorvachilik, ovchilik bilan shug&#8217;ullangan. Aholi chaqmoqtoshdan qirg&#8217;ich, o&#8217;roq, randa, pichoq; suyakdan igna, bigiz; tosh o&#8217;tir va boshqa buyumlar yasagan. Sopol idishlar somonli loydan ishlanib, ba&#8217;zilarining sirti qizil angob bilan bo&#8217;yalgan. Tosh va loy (sopol)dan ishlangan ayol va hayvon haykalchalari, tosh, suyak va chig&#8217;anoqlardan yasalgan tumor, munchoq va boshqa turli taqinchoqlar keng tarqalgan. Joytun madaniyati Kaspiy bo&#8217;yidagi mezolit davri madaniyati asosida vujudga kelgan. U \u2014 ibtidoiy dehqonchilik madaniyatining jaxondagi noyob obidalaridan biri. Ad.: Masson V. M., Poselenie Djeytun, L., 1971; Massoy V. M, Srednyaya Aziya i Blijniy Vostok, M.\u2014 L., 1964.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Joytun madaniyati \u2014 O&#8217;rta Osiyoning neolit davriga oid eng qadimgi o&#8217;troq dehqonchilik madaniyati markazlaridan biri (miloddan avvalgi 6-5-ming yillik). Ashxoboddan 30 kilometr shimolda joylashgan qadimgi o&#8217;troq dehqonlar qishlog&#8217;i xarobasi nomidan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/joytun-madaniyati\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[208],"tags":[],"class_list":["post-93734","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-j-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/93734","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=93734"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/93734\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":93744,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/93734\/revisions\/93744"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=93734"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=93734"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=93734"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}