{"id":93856,"date":"2023-07-24T09:52:44","date_gmt":"2023-07-24T06:52:44","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=93856"},"modified":"2023-07-24T09:52:48","modified_gmt":"2023-07-24T06:52:48","slug":"jalilovlar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/jalilovlar\/","title":{"rendered":"Jalilovlar"},"content":{"rendered":"\n<p>Jalilovlar \u2014 o&#8217;zbek san&#8217;atkorlar oilasi. Jalilov To&#8217;xtasin (1895, Andijon \u2014 1966.10.5, Toshkent) \u2014 ardoqli sozanda (g&#8217;ijjakchi) va bastakor, o&#8217;zbek musiqali drama janri asoschilaridan. O&#8217;zbekiston xalq artisti (1937). Usta Ofoq Oxun va Muhammad Usmon tanburchidan ta&#8217;lim olgan. 1918-20 yillarda tashviqot brigadasida xonanda va sozanda. Milliy musiqa to&#8217;garagi (1923-26), Andijon musiqali drama teatri (1929\u2014 34), Toshkentdagi O&#8217;zbek davlat musiqali teatri (1934-36), O&#8217;zbek davlat filarmoniyasining ashula va raqs ansambli (1937-40), Muqimiy teatrida badiiy rahbar (1940-52), musiqa rahbari (1952-66). 1927-29 yillarda F. Zafariyning &#8220;Halima&#8221;, K. Yashinning &#8220;Urtoqlar&#8221;, S. Abdullaning &#8220;Oyxon&#8221;, 1935 yilda K. Yashin va M. Muhamedovning &#8220;Gulsara&#8221; pyesalariga, o&#8217;zbek san&#8217;ati dekadasi (Moskva, 1937)da ko&#8217;rsatilgan &#8220;sayil&#8221; va &#8220;kolxoz to&#8217;yi&#8221; tomoshalariga o&#8217;zbek musiqa merosi namunalarini moslashtirgan va mustaqil musiqa nomerlari yaratgan. &#8220;Tohir va Zuhra&#8221; (S. Abdulla librettosi, 1940), &#8220;Nurxon&#8221; (K. Yashin, 1942) kabi asarlari musiqali drama janrining yuksak namunalariga aylangan. A. S. Pushkinning &#8220;Ruslan va Lyudmila&#8221; dostonidagi &#8220;bag&#8217;ishlov&#8221; matniga Jalilovlar yaratgan romans bastakorlik ijodiyotidagi kamyob asardir. 2-jahon urushi yillarida T. Sodiqov, M. Burhonov va boshqa kompozitorlar hamda bastakor N. Hasanov bilan birgalikda &#8221; O&#8217;zbekiston qilichi&#8221; (1942,29 aprel) kontsert-spektakliga musiqa yaratgan. Urushdan keyingi yillarda &#8220;Muqimiy&#8221; (S. Abdulla, 1949), &#8220;Ravshan va Zulxumor&#8221; (K. Yashin, 1957) musiqali dramalarini G. Mushel, &#8220;Alpomish&#8221;ni (S. Abdulla, 1949) B. Nadejdin, &#8220;G&#8217;unchalar&#8221;ni (3. Fatxullin, 1945) B. Brovsin, so&#8217;nggi musiqali dramasi \u2014 &#8220;Farg&#8217;ona hikoyasi&#8221;ni (H. G&#8217;ulom, 1962) B. Zeydman bilan hamkorlikda yaratgan. B. Brovsin bilan &#8220;Tohir va Zuhra&#8221; musiqali dramasi asosida yaratilgan shu nomdagi opera (1949, 2-tahriri 1955) va operabalet ham muallifi. Jalilovlar jami 40 dan ortiq musiqaviy sahna asarlari yaratishda qatnashgan. &#8220;Oyxon&#8221;, &#8220;Tohir va Zuxra&#8221;, &#8220;Alpomish&#8221; musiqali dramalari qator respublikalarda va chet ellarda sahnalashtirilgan. O&#8217;zbek mumtoz shoirlaridan Navoiy, Furqat (&#8220;Bahor ayyomida&#8221;), Muqimiy (&#8220;Gulistonim mening&#8221;) va boshqa g&#8217;azallariga bastalagan ashulalari, &#8220;signal&#8221; (xalq so&#8217;zi), &#8220;dovruq&#8221; (K. Ahmadiy she&#8217;ri), &#8220;Aziz Vatanim&#8221; (Habibiy), &#8220;Kokiling&#8221; (S. Zunnunova), &#8220;Yalla&#8221; va &#8220;uynasin&#8221; (uyg&#8217;un) kabi qo&#8217;shiqlari ommaviylashib ketgan. S. Abdulla she&#8217;riga bastalagan &#8220;To&#8217;ylar muborak!&#8221;qo&#8217;shig&#8217;i nikoh to&#8217;ylarining albat asariga aylangan. 1925-27 yillarda O&#8217;zbek kontsert-etnografik ansamblining Qozon, Moskva, Leningrad, Boku shaharlari bo&#8217;ylab va chet el (Parij, Berlin)da bergan kontsertlarida faol qatnashgan. Xalq raqslari jahon festivali (London, 1935)da ishtirok etib, Oltin medalga sazovor bo&#8217;lgan. Eronga gastrolga borgan kontsert brigadasining o&#8217;zbek gruppasiga rahbarlik qilgan (1942). Shogirdlari: S. Kalonov, K. Jabborov, F. Toshmatov, M. Mirzayev, D. Zokirov va boshqalar. Katta qizi E&#8217;tibor Jalilova \u2014 O&#8217;zbekiston xalq artisti, o&#8217;g&#8217;illari dehqon Jalilov \u2014 O&#8217;zbekistonda xizmat kursatgan san&#8217;at arbobi, ommaviylashgan \u2014 &#8220;aylagach&#8221; (Navoiy) kabi ashulalar muallifi Xolxo&#8217;ja (1919-71) va mohir sozanda Salohiddin To&#8217;xtasinovlar \u2014 O&#8217;zbekistonda xizmat ko&#8217;rsatgan artistlar, kichik qizi Xolida Jalilova \u2014 xonanda-pedagog. O&#8217;zbek davlat filarmoniyasining o&#8217;zbek xalq cholg&#8217;u asboblari orkestriga To&#8217;xtasin Jalilov nomi berilgan (1967). E&#8217;tibor Jalilova Oftobxon rolida (&#8220;Oftobxon&#8221;). As: muzikali dramalardan parchalar, T., 1958; tanlangan asarlar, T., 1968; Qo&#8217;shiqlar guldastasi, T., 1989. Ad.: Akbarov I., To&#8217;xtasin Jalilov, T., 1978.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Jalilovlar \u2014 o&#8217;zbek san&#8217;atkorlar oilasi. Jalilov To&#8217;xtasin (1895, Andijon \u2014 1966.10.5, Toshkent) \u2014 ardoqli sozanda (g&#8217;ijjakchi) va bastakor, o&#8217;zbek musiqali drama janri asoschilaridan. O&#8217;zbekiston xalq artisti (1937). Usta Ofoq Oxun &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/jalilovlar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[208],"tags":[],"class_list":["post-93856","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-j-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/93856","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=93856"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/93856\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":93858,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/93856\/revisions\/93858"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=93856"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=93856"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=93856"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}