{"id":93869,"date":"2023-07-24T09:58:33","date_gmt":"2023-07-24T06:58:33","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=93869"},"modified":"2023-07-24T09:58:36","modified_gmt":"2023-07-24T06:58:36","slug":"jalolquduq-tumani","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/jalolquduq-tumani\/","title":{"rendered":"Jalolquduq tumani"},"content":{"rendered":"\n<p>Jalolquduq tumani &#8211; Andijon viloyati tumani. 1926 yil 29 sentabrda tashkil etilgan (1962 yil 24 dekabrda Xo&#8217;jaobod tumani bilan birlashtirilgan. 1973 yil 12 aprelda qayta tuzildi). Tuman viloyatining Qo&#8217;rg&#8217;ontepa, Xo&#8217;jaobod, Andijon tumanlari hamda qo&#8217;shni Qirg&#8217;iziston Respublikasi bilan chegaradosh. Maydoni 0,37 ming km2. Aholisi 132,6 ming kishi (2000). Jalolquduq tumanida 1 shahar (Oxunboboyev), 1 shaharcha (Janubiy Olamushuk), 8 qishloq fuqarolari yig&#8217;ini (Abdullabiy, Beshtol, Yorqishloq, Jalolquduq, Kolxozqishloq, Oyim, Teshiktosh, Qatortol) bor. Markazi \u2014 Oxunboboev shahri. Jalolquduq va unga yondosh qishloqlar o&#8217;ramida yog&#8217;ingarchilik ko&#8217;proq bo\u2019lganligidan u yerlar ilgari qamishzor, to&#8217;qayzor bulgan. Tuman nomi &#8220;jela&#8221; yoki &#8220;jelak&#8221; so&#8217;zidan kelib chiqqan degan rivoyatlar bor: utmishda mahalliy aholi zovur, buloq va quduqlarga jela tashlab baliq ovlagan ekan. Jela qo&#8217;yiladigan quduqlar asta-sekin &#8220;jelaquduq&#8221; deb ataladigan bo&#8217;lganmish. Keyinchalik bu nom talaffuzda o&#8217;zgarib &#8220;Jalaquduq&#8221;, &#8220;Jalolquduq&#8221; shaklida qishloq, so&#8217;ngra tumanga nom bo&#8217;lib qolgan deyiladi. Tabiati. Jalolquduq tumani viloyatining shimoli- sharqida joylashgan. Relefi pasttekislik, qir va adirlardan iborat. Iqlimi keskin kontinental. Iyulning o&#8217;rtacha temperaturasi 27\u00b0, yanvarniki -3\u00b0. Vegetatsiya davri 160\u2014180 kun. Yiliga o&#8217;rtacha 250 mm yog&#8217;in yog&#8217;adi. Tuman hududidan Andijonsoy (3,5 km), Shahrixonsoy, Savay kanallari, Qoradaryo oqib o&#8217;tadi. Tuman yerlari och tusli o&#8217;tloqi bo&#8217;z tuproqdan iborat. Adirlarda efemer o&#8217;simliklar, ekin ekilmaydigan yerlarda shuvoq, sho&#8217;ra o&#8217;sadi. Aholisi , asosan o&#8217;zbeklar. Aholining o&#8217;rtacha zichligi 1 km2 ga 358 kishi. Qishloq aholisi 80% ni, shaharliklar 20% ni tashkil qiladi. Jalolquduq tumani hududida 11 arxeologik tepalik, 5 me&#8217;moriy yodgorlik saqlanib qolgan. Dalvarzintepa, Qoratepa, Eshontog&#8217;a va Qilichmozor tepaliklari eng qadimgi arxeologik yodgorliklar, Toshmasjid esa milliy me&#8217;morlik namunasidir. Farg&#8217;onaliklar 8-asr boshida Farg&#8217;ona vodiysiga bostirib kelgan Qutayba ibn Muslim boshchiligidagi Arab qo&#8217;shinlariga qattiq qarshilik ko&#8217;rsatganlar. Qutayba yangi saylangan xalifa Sulaymonga bo&#8217;ysunishdan bosh tortganligi uchun xos askarlari tomonidan 715 yilda hozirgi Jalolquduq tumani hududida o&#8217;ldirilgan. Tarixchi Narshaxiyning yozishicha, Qutaybaning qabri Koh qishlog&#8217;ida. Bu qishloq yonidagi qabriston &#8220;Raboti sarhang&#8221; (hozirgi &#8220;Mozorbuva&#8221;) deb ataladi. Xo&#8217;jaligi. Jalolquduq tumanida So&#8217;fiqishloq paxta zavodi, oyimda &#8220;Bunyod&#8221; momiq ishlab chiqarish korxonasi, davlat podshipnik zavodi, parrandachilik fabrikasi, Oxunboboyev Makka saralash korxonasi, Yorqishloqda ip yigiruv-to&#8217;quv kombinati, Gurunchmozor neft bazasi, mexanizatsiyalashgan ko&#8217;chma kolonna faoliyat ko&#8217;rsatmoqda. &#8220;As-Oyimtekstil&#8221;, &#8220;Topas&#8221;, O&#8217;zbekiston-Turkiya, O&#8217;zbekiston- Rossiya qo&#8217;shma korxonalari tashkil etilgan (1999). 200 dan ziyod kichik korxona va firma mavjud. Tuman qishloq xo\u2019jalik asosan paxtachilikka ixtisoslashgan. G&#8217;allachilik, bog&#8217;dorchilik, sabzavotchilik, chorvachilik bilan ham shug&#8217;ullaniladi. Qishloq xo\u2019jaligida foydalaniladigan yer mayd. 25,1 ming gektar. Paxta, g&#8217;alla ekinlari, sabzavot-poliz ekinlari yetishtiriladi. Pilla yetishtirish yo&#8217;lga qo&#8217;yilgan. Qishloq xo\u2019jaligida korporatsiya, dehqon-fermer xo&#8217;jaligi uyushmalari, shirkatlar tashkil qilingan. Chorvachilik fermalari xususiylashtirilgan. Qishloq xo\u2019jaligidagi yalpi mahsulotning 99% mulkchilikning nodavlat sektoriga to&#8217;g&#8217;ri keladi. Dehqon-fermer xo&#8217;jaliklari va xususiylashtirilgan shaxsiy fermalarda 5,3 ming qoramol, 6,7 ming qo&#8217;y-echki, 391 yilqi, 70 mingga yaqin parranda boqiladi. Tuman hududidan qariyb 25 kilometr temir yo\u2019l o&#8217;tgan. Andijon\u2014Xonobod temir yo\u2019l elektrlashtirilgan. 30 ga yaqin umumiy ta&#8217;lim maktabida 28 mingdan ziyod o&#8217;quvchi bilim olmoqda. 2 litsey, tillar litsey-internati, 3 gimnaziya, 3 musiqa maktabi, 800 o&#8217;rinli 6 kasalxona, Janubiy Olamushukda fizioterapiya sanatoriysi, &#8220;Pillakor&#8221;, &#8220;Andijon&#8221; dam olish uylari, Yorqishloqda &#8220;Neftchi&#8221; davolash sanatoriysi, 34 jamoat kutubxonasi, 14 klub, Oxunboboev sh.da o&#8217;lkashunoslik muzeyi, madaniyat va istirohat bog&#8217;i bor. 1931 yildan &#8220;Uchqun&#8221;, so&#8217;ngra &#8220;olg&#8217;a&#8221; tuman gazeta nashr etilgan. 1999 yildan &#8220;Jalolquduq hayoti&#8221; tuman gazeta chop etilmoqda (adadi 3000).<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Jalolquduq tumani &#8211; Andijon viloyati tumani. 1926 yil 29 sentabrda tashkil etilgan (1962 yil 24 dekabrda Xo&#8217;jaobod tumani bilan birlashtirilgan. 1973 yil 12 aprelda qayta tuzildi). Tuman viloyatining Qo&#8217;rg&#8217;ontepa, Xo&#8217;jaobod, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/jalolquduq-tumani\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[208],"tags":[],"class_list":["post-93869","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-j-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/93869","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=93869"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/93869\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":93871,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/93869\/revisions\/93871"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=93869"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=93869"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=93869"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}