{"id":93881,"date":"2023-07-24T10:00:12","date_gmt":"2023-07-24T07:00:12","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=93881"},"modified":"2023-07-24T10:00:14","modified_gmt":"2023-07-24T07:00:14","slug":"jamoa-xojaligi-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/jamoa-xojaligi-2\/","title":{"rendered":"Jamoa xo&#8217;jaligi"},"content":{"rendered":"\n<p>Jamoa xo&#8217;jaligi &#8211; mulkiy pay va jamoaviy mehnat asosida ixtiyoriy uyushgan kishilarning shirkat (sheriklik) tashkiloti; xo&#8217;jalik yuritish shakli. Jamoa xo&#8217;jaligining bir qancha turlari bor va ular turli mamlakatlarda turlicha nomlanadi. Sho&#8217;rolar hukumatining dastlabki tiklanish davrida qishloq xo\u2019jalik ishlab chiqarishini kollektivlashtirish maqsadida (1-bosqich) 1918-20 yillarda yerlarni hamkorlikda ishlovchi sherikchilik maqomidagi xo&#8217;jalik yuritish shakllari (shirkatlar) tashkil etilgan. Ularning a&#8217;zolari o&#8217;zlarining ishlab chiqarish buyum va vositalarini faqat u yoki bu mehnat jarayonini bajarish davrida jamoa ishiga qo&#8217;shgan, boshqa paytda esa o&#8217;z tasarruflarida saqlagan. Olingan daromad mahsulot holida ishlab chiqarish jarayoniga jalb etilgan vositalarga nisbatan taqsimlangan. A&#8217;zolarning bevosita mehnatda ishtiroki va ulushining hisobga olinmasligi kabi sabablar mazkur ishlab chiqarishni tashkil etish shaklini takomillashtirishni taqozo etdi. Natijada kommuna shaklidagi xo&#8217;jaliklar tuzildi (ularning mol-mulki a&#8217;zolari ixtiyoridagi ishlab chiqarish vositalarining birlashtirilishi asosida paydo bo&#8217;ldi). Har bir a&#8217;zo ulushi qo&#8217;shilgan buyum va vositalarning qiymatlarini aniqlash asosida har bir a&#8217;zoga tegishli mulkiy pay bilan belgilangan hamda shunga muvofiq yil yakuni bo&#8217;yicha olingan daromad taqsimlangan. Keyingi bosqichda tashkil etilgan qishloq xo\u2019jalik artellarida mulkiy pay miqdorini aniqlashda a&#8217;zolar mulki qiymatidan tashqari ularning mehnatdagi bevosita ishtiroklari ham e&#8217;tiborga olinadigan bo&#8217;ldi. Keyinchalik ichki ishlab chiqarish va iqtisodiy usul hamda tamoyillarga tegishli o&#8217;zgartirishlar kiritish asosida qishloq xo\u2019jalik artellari kolxozlarda aylantirildi. Jamoa xo&#8217;jaligining keyingi rivojlanish bosqichlarida sobiq Ittifoqning nomukammal iqtisodiy siyosati tufayli kolxozlarda paychilik tamoyillariga barham berildi va yaratilgan mol-mulklar umumjamoa mulki sifatida (o&#8217;sha davr qonunchilik xujjatlarida) belgilab qo&#8217;yildi. Shunga asosan umumjamoa mulki Jamoa xo&#8217;jaligi yuritishning moddiy, namunaviy ustav esa huquqiy asos bo&#8217;lib qoldi. O&#8217;zbekistonda 1990-yillar boshidan sobiq kolxozlar o&#8217;rnida faoliyat ko&#8217;rsatayotgan Jamoa xo&#8217;jaligida a&#8217;zolarning umumiy yig&#8217;ilishi boshqaruvning oliy organi hisoblangan. Biroq umumiy yig&#8217;ilish Jamoa xo&#8217;jaligi a&#8217;zolarining ishtirokida o&#8217;tkazilsada, aslida aloxida a&#8217;zo xo&#8217;jalik faoliyati yuzasidan qabul qilinadigan tegishli qarorlar bo&#8217;yicha hal etuvchi ovozga ega bo&#8217;lmagan. Umumiy yig&#8217;ilishlar oralig&#8217;ida xo&#8217;jalikni yuritish bilan bog&#8217;liq masalalarni hal etish boshqaruv tomonidan amalga oshirilgan. Boshqaruvga va hamma ishga rais rahbarlik kilgan. Bozor iqtisodiyotiga o&#8217;tish bosqichida O&#8217;zbekistonda Jamoa xo&#8217;jaligi ham shaklan, ham mazmunan xo&#8217;jalik yuritishning bozor usuli va tamoyillariga mos emasligi ma&#8217;lum bo&#8217;lib qoldi. 1998 yil 30 aprelda O&#8217;zbekiston Respublikasining &#8220;Qishloq xo&#8217;jaligi kooperativi (shirkat xo&#8217;jaligi) to&#8217;g&#8217;risida&#8221; qonuni qabul qilindi. Respublika hukumatining 1998 yil 15 iyuldagi 299-sonli &#8220;qishloq xo&#8217;jaligini isloh qilishga oid qonun hujjatlariga muvofiq qishloq xo&#8217;jaligi kooperativlari (shirkat xo&#8217;jaliklari) tuzish chora-tadbirlari to&#8217;g&#8217;risida&#8221;gi qaroriga asosan barcha Jamoa xo&#8217;jaligi shirkat xo&#8217;jaliklariga aylantirila boshlandi. O&#8217;zbekistonda 1754 shirkat xo&#8217;jaligi faoliyat ko&#8217;rsatadi (2000). Jamoa xo&#8217;jaligini shirkat xo&#8217;jaliklariga o&#8217;zgartirish mulkiy pay va oila nydpamura asoslangan bo&#8217;lib, maqsad qishloqda mulkdorlar sinfini yaratish, ularning mulkiy huquqlarini qayta tiklash va himoya qilish, bozor iqtisodiyoti talab va usullariga javob beradigan xo&#8217;jalik yuritish shaklini rivojlantirish maqsadlarini ko&#8217;zlaydi. Qurbon Choriyev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Jamoa xo&#8217;jaligi &#8211; mulkiy pay va jamoaviy mehnat asosida ixtiyoriy uyushgan kishilarning shirkat (sheriklik) tashkiloti; xo&#8217;jalik yuritish shakli. Jamoa xo&#8217;jaligining bir qancha turlari bor va ular turli mamlakatlarda turlicha nomlanadi. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/jamoa-xojaligi-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[208],"tags":[],"class_list":["post-93881","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-j-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/93881","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=93881"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/93881\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":93883,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/93881\/revisions\/93883"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=93881"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=93881"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=93881"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}