{"id":93887,"date":"2023-07-24T10:00:52","date_gmt":"2023-07-24T07:00:52","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=93887"},"modified":"2023-07-24T10:00:55","modified_gmt":"2023-07-24T07:00:55","slug":"jamol-posho","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/jamol-posho\/","title":{"rendered":"Jamol Posho"},"content":{"rendered":"\n<p>Jamol Posho (1872, Istanbul -1922.21.7, Tbilisi) \u2014 yosh turklar inqilobining faol ishtirokchisi, &#8220;Ittihod va taraqqiy&#8221; partiyasi rahbarlaridan biri. 1908 yildan Turkiyada muhim harbiy lavozimlarda ishladi. 1913 yil 10 yanvarda bo&#8217;lgan harbiy davlat to&#8217;ntarishidan so&#8217;ng Anvar Posho va Tal&#8217;at Posho bilan birgalikda mamlakatni boshqarishga kirishdi. Turkiya harbiy dengiz kuchlari vaziri (1913\u2014 18). Birinchi jahon urushi davrida Turkiya siyosatida muhim rol o&#8217;ynadi. Urushda Turkiyaning yengilishi natijasida ittihodchilar hukumati iste&#8217;foga chiqqach, safdoshlari Anvar Posho va Tal&#8217;at Posho bilan birgalikda Turkiyani tark etdi (1918 yil 3 noyabr). Jamol Posho Berlindan 1920 yil mayda Moskvaga keldi. Sovet rejimi uning yordamida Turkistondagi &#8220;bosmachilar&#8221; (istiqlolchilar)ga tayangan holda Afg&#8217;oniston orqali Hindistonda turgan inglizlarga qarshi kurash olib bormoqchi bo&#8217;ldi. Xalil Posho bilan birgalikda Turkistonga kelgach, o&#8217;zining yordamchisi Ragibbey va farg&#8217;onalik Qori Kamolni qo&#8217;rboshilar huzuriga jo&#8217;natdi. Turkiston matbuotida yozilishicha, Buxoro bosqini davri \u2014 1920 yil 1 sentabrda u Turkiston fronti qo&#8217;mondoni M. V. Frunze o&#8217;rnashgan Samarqandda edi. 1920 yil kuzida u Toshkent va Buxoro orqali Kobulga jo&#8217;natildi. BXSR Afg&#8217;oniston tomonidan tan olinishida sezilarli hissa qo&#8217;shdi. 1921 yil sent.da sovetlarning talabi bilan Kobuldan orqaga qaytdi. Bu paytda Buxoroda bo&#8217;lgan Anvar Posho bilan uchrashishga Rossiyaning BXSRdagi vakili K. K. Yurenev yo&#8217;l qo&#8217;ymadi va Jamol Posho Chorjo&#8217;y orqali Moskvaga jo&#8217;naydi. RSFSR tashqi ishlar komissari o&#8217;rinbosari L. M. Karaxan bilan uchrashgach, u bolsheviklar bilan hamkorlikni to&#8217;xtatdi. 1922 yil yurtiga qaytayotganda Tiflis (Tbilisi) da Karapet boshliq arman terrorchilari (sovet chekistlari) tomonidan sirli ravishda o&#8217;ldirildi. Ad.: Ahmad Zakiy Validiy To&#8217;g&#8217;on, Bo&#8217;linganni bo&#8217;ri yer (xotiralar), T., 1997. Qahramon Rajabov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Jamol Posho (1872, Istanbul -1922.21.7, Tbilisi) \u2014 yosh turklar inqilobining faol ishtirokchisi, &#8220;Ittihod va taraqqiy&#8221; partiyasi rahbarlaridan biri. 1908 yildan Turkiyada muhim harbiy lavozimlarda ishladi. 1913 yil 10 yanvarda bo&#8217;lgan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/jamol-posho\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[208],"tags":[],"class_list":["post-93887","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-j-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/93887","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=93887"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/93887\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":93889,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/93887\/revisions\/93889"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=93887"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=93887"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=93887"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}