{"id":93903,"date":"2023-07-24T10:18:23","date_gmt":"2023-07-24T07:18:23","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=93903"},"modified":"2023-07-24T10:18:26","modified_gmt":"2023-07-24T07:18:26","slug":"johiliya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/johiliya\/","title":{"rendered":"Johiliya"},"content":{"rendered":"\n<p>Johiliya (Arabcha \u2014 bilimsizlik holati, jaholat) \u2014 arablar tarixining islomdan ilgarigi davriga berilgan nom. Asosan, odamlar hayotida Iso (as) bilan Muhammad (as) oralig&#8217;idagi payg&#8217;ambarsiz o&#8217;tgan davr tushuniladi. Johiliya tushunchasi Qur&#8217;onning bir necha suralarida uchraydi. &#8220;J-h-l&#8221; o&#8217;zakli &#8220;johiluna&#8221;, &#8220;yajhaluna&#8221; shaklidagi so&#8217;zlar ham yana bir qancha suralarda keladi. Ularning barchasi malina suralaridan ekanligi, Johiliya so&#8217;zi 622 yil (Hijra)dan oldingi zamon uchun ishlatilganiga dalildir. Johiliya atamasining paydo bo&#8217;lishiga ob&#8217;yektiv sabablar bor edi. Zero Islomdan oldingi arablarning ko&#8217;pchiligiga &#8220;jahl&#8221; tuyg&#8217;usi xos edi. Bu boshqalarga nisbatan beshafqat va vahshiyona munosabatda bo&#8217;lishda o&#8217;z ifodasini topardi (qasos olish zarurati, go&#8217;dak qizlarni tiriklayin ko&#8217;mish, o&#8217;zga qabila vakiliga dushman sifatida qarash va boshqalar). Islomdan ilgari Arabistonda qonunsizlik, axloqsizlik, zo&#8217;ravonlik hukm surgani uchun ham keyingi avlod o&#8217;sha davrni haqli ravishda Johiliya deb atagan. Bundan tashqari Johiliya davri arablarining diniy tasavvurlari ham kam taraqqiy qilgan, sodda holda bo&#8217;lgani ma&#8217;lum. Ular asosan &#8220;vasaniya&#8221;da, ya&#8217;ni ko&#8217;pxudolikda bo&#8217;lganlar. Qadim zamonlardan beri barcha arablar uchun Makka shahridagi Ka&#8217;ba ibodatxonasi muqaddas hisoblangan. Xudolar panteoniga aylangan bu maskanda 300 dan ortiq sanam qo&#8217;yilgan edi. Xubal hamda &#8220;Alloh qizlari&#8221; nomini olgan al- Lot, Manot va al-Uzza shu sanamlarning eng mashhurlari edi. Ba&#8217;zilar &#8220;Alloh&#8221; sanamiga sig&#8217;inardilar. Ammo u islomdagi Allohdan farq qilar, maqomi jihatidan Yaxve, Zevs, Yupiter kabi bosh xudolarga teng qo&#8217;yilgan bo&#8217;lsada, mavhum va ko&#8217;z ilg&#8217;amas balandlikda deb tasavvur qilingani uchun uning ismi bilan bog&#8217;liq ibodat muntazam ado etilmas edi. Johiliya arablarining ko&#8217;pchiligi narigi dunyoga ishonmasdilar: faqat bu dunyo bor, yashaymizu \u2014 o&#8217;lamiz. Bizning taqdirimizni dahr (vaqt) hal qiladi, deb fikr yuritardilar (Josiya surasi, 24). Islom g&#8217;alabasidan so&#8217;ng &#8220;daxriy&#8221; so&#8217;zining &#8220;mo&#8217;min&#8221;ga nisbatan antonim sifatida ishlatilganini shu bilan izohlash mumkin. Alloh to&#8217;g&#8217;risida muayyan tushunchaga ega bo&#8217;lgan holda unga boshqa xudolarni sherik qilganlari sababli Johiliya arablari &#8220;mushrik&#8221;lar degan nomni oldilar.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Johiliya (Arabcha \u2014 bilimsizlik holati, jaholat) \u2014 arablar tarixining islomdan ilgarigi davriga berilgan nom. Asosan, odamlar hayotida Iso (as) bilan Muhammad (as) oralig&#8217;idagi payg&#8217;ambarsiz o&#8217;tgan davr tushuniladi. Johiliya tushunchasi Qur&#8217;onning &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/johiliya\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[208],"tags":[],"class_list":["post-93903","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-j-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/93903","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=93903"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/93903\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":93905,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/93903\/revisions\/93905"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=93903"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=93903"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=93903"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}