{"id":93946,"date":"2023-07-24T12:36:28","date_gmt":"2023-07-24T09:36:28","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=93946"},"modified":"2023-07-24T12:36:31","modified_gmt":"2023-07-24T09:36:31","slug":"jambul-viloyati","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/jambul-viloyati\/","title":{"rendered":"Jambul viloyati"},"content":{"rendered":"\n<p>Jambul viloyati &#8211; Qozog&#8217;iston Respublikasi Janubdagi viloyat. 1939 yil 14 oktabrda tashkil etilgan. Qozoq xalq oqini Jambul nomiga qo&#8217;yilgan. Maydoni 144,3 ming km2. Aholisi 999,6 ming kishi (1999), asosan qozoqlar, shuningdek, o&#8217;zbek, rus, nemis, ukrain, tatar, dungan va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Markazi \u2014 Taroz shahri. Viloyat hududi asosan tekislik. Shimol qismini (viloyat hududining uzunligi) Betpakdala cho&#8217;li egallagan. Chu daryosi vodiysidan Janubda Mo&#8217;yinqum cho&#8217;li joylashgan. Viloyat Janubi-g&#8217;arbida Qoratov tizmasi (1600 metr), Sharq va Janubi-sharqida jeltov va Aytov tog&#8217;lari (1506 metr), Janubda Qirg&#8217;iziston tizmasining shimoliy yon bag&#8217;ri (4000 metrgacha) bor. Shimoliy qismida iqlim keskin kontinental (yanvarning o&#8217;rtacha temperaturasi -10\u00b0 dan -14\u00b0 gacha, iyulning o&#8217;rtacha temperaturasi 25\u2014 27\u00b0). Yiliga 100-200 millimetr yog&#8217;in yog&#8217;adi. Tog&#8217;oldi qismlarida iqlim yumshoqroq (o&#8217;rtacha temperatura yanvarda -5\u00b0 dan -8\u00b0 gacha, iyulda 20-22\u00b0). Yiliga 350 mm, tog&#8217;larda 500-600 mm dan 700-900 mm gacha yog&#8217;in yog&#8217;adi. Vegetatsiya davri 200\u2014 225 kun. Asosiy daryolari: Chu, Talas, Assa. Yirik ko&#8217;llari: Balxash (Janubiy- g&#8217;arbiy qismi), biyli ko&#8217;li, Oqko&#8217;l. Tekislik va yon bag&#8217;irlardagi surqo&#8217;ng&#8217;ir tuproqlarda shuvoq-sho&#8217;ra o&#8217;sadi; ba&#8217;zan taqir va sho&#8217;rxoklar uchraydi. Qumlarda saksovul, 800-1500 metr balandliklardagi bo&#8217;z tuproqlarda shuvoq-boshoqlilar va chalov-betaga, 1500\u2014 1700 metrdan 2000 metrgacha balandliklardagi Kashtan tuproqlarda tog&#8217;teragi va Tyanshan qoraqarag&#8217;ayi o&#8217;sadi. 2100 metrdan balandda subalp va Alp o&#8217;tloqlari bor. Cho&#8217;llarda qum yumronqozig&#8217;i, qo&#8217;shoyoq, jayran, elik, sayg&#8217;oq; tog&#8217;larda tog&#8217; echkisi, arxar; yirtqichlardan bo&#8217;ri, tulki, bo&#8217;rsiq; sudraluvchilardan ilon, toshbaqa, kaltakesak; umurtqasizlardan biy, qoraqurt, chayon; ko&#8217;l va daryolarda okun (olabug&#8217;a), marinka (qorabaliq), sazan, sudak (oq marka), leshch (to&#8217;rta) kabi baliqlar bor. Jambul viloyatida obikor dehqonchilik va yaylov chorvachiligi bilan birga har xil sanoat tarmoqlari rivojlangan. Fosforit kon-kimyo kombinati (Qoratovda), tarozda superfosfat, xrom, rezina buyumlari zavodlari, charm poyabzal korxonasi, jun, tikuvchilik, attorlik fabrikalari (tarozda), sut va pishloq zavodlari (Taroz, Qoratov, Chu va tuman markazlarida) bor. Metallsozlik \u2014 ehtiyot qismlar, kommunal asbob-uskunalar, agregat tuzatish, texnologik metall konstruktsiyalari, tuzatish-mexanika (Taroz, Chu, Lugovayada), avtomobil remonti (Granitogorsqsa) zavodlaridan iborat. G&#8217;isht, gips, ko&#8217;prik va temirbeton buyumlari, uysozlik zavodlari, qurilish detallari va konstruktsiyalari kombinatlari, mebel fabrikasi (tarozda), qurilish materiallari kombinatlari (Taroz, Qoratov) bor. Qishloq xo\u2019jaligida chorvachilik hamda dehqonchilik yetakchi tarmoq hisoblanadi. Donli ekinlar, texnika ekinlari (shu jumladan qand lavlagi), sabzavot-poliz va kartoshka, emxashak ekinlari ekiladi. Bog&#8217;dorchilik, tokchilik rivojlangan. Chorvachilikda asosan mayin junli va yarim mayin junli hamda Qorako&#8217;l qo&#8217;ylari boqiladi. Jambul viloyati hududidan Taroz\u2014 Qoratov\u2014 Janatas, Lugovaya\u2014Bishkek, Chu\u2014Mo&#8217;yinti temir yo\u2019l tarmoqlari o&#8217;tgan. Avtomobil yo&#8217;lining asosiy avtomagistrali Toshkent\u2014 Bishkek\u2014Olmaota. Havo yo&#8217;llari Tarozni Moskva, Olmaota va boshqa shaharlar, viloyatning tumanlari bilan bog&#8217;laydi. 3 oliy o&#8217;quv yurti, o&#8217;lkashunoslik muzeyi, 2 drama teatri bor.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Jambul viloyati &#8211; Qozog&#8217;iston Respublikasi Janubdagi viloyat. 1939 yil 14 oktabrda tashkil etilgan. Qozoq xalq oqini Jambul nomiga qo&#8217;yilgan. Maydoni 144,3 ming km2. Aholisi 999,6 ming kishi (1999), asosan qozoqlar, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/jambul-viloyati\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[208],"tags":[],"class_list":["post-93946","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-j-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/93946","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=93946"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/93946\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":93948,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/93946\/revisions\/93948"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=93946"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=93946"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=93946"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}