{"id":93949,"date":"2023-07-24T12:36:48","date_gmt":"2023-07-24T09:36:48","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=93949"},"modified":"2023-07-24T12:36:51","modified_gmt":"2023-07-24T09:36:51","slug":"jamiyat-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/jamiyat-2\/","title":{"rendered":"Jamiyat"},"content":{"rendered":"\n<p>Jamiyat \u2014 kishilarning tarixan qaror topgan hamkorlik faoliyatlari majmui. Jamiyatdagi hamma narsa (moddiy va ma&#8217;naviy boyliklar, insonlar hayoti uchun zarur bo&#8217;lgan shart-sharoitlarni yaratish va boshqalar) muayyan faoliyat jarayonida amalga oshadi. Insonlar faoliyati va ular o&#8217;rtasidagi ijtimoiy munosabatlar Jamiyatning asosiy mazmunini tashkil etadi. Bular ishlab chiqarish, oilaviy, siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, estetik faoliyatlari va ularga mos keluvchi munosabatlardir. Jamiyat moddiy ishlab chiqarishsiz bo&#8217;lmaydi. Unda insonlarning oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy va b.qa bo&#8217;lgan ehtiyojlari qondiriladi. Ishlab chiqarishda jamiyatning tabiat bilan o&#8217;zaro ta&#8217;siri namoyon bo&#8217;ladi. Odamlar o&#8217;zining moddiy ishlab chiqarish faoliyatida irodasi va ongiga bog&#8217;liq bo&#8217;lmagan holda ishlab chiqarish munosabatlarita kirishadi. Jamiyat taraqqiyoti tabiiy-tarixiy, qonuniy jarayondir. Moddiy ishlab chiqarish Jamiyatning ijtimoiy tuzilishi, ya&#8217;ni muayyan ijtimoii qatlam, toifa va guruhlarning rivojla- nishiga bevosita ta&#8217;sir ko&#8217;rsatadi. Jamiyatda turli qatlam va toifalarning mavjudligi mehnat taqsimoti, shuningdek, ishlab chiqarish vositalariga bo&#8217;lgan mulkchilik munosabatlari, jamiyatda yaratilgan moddiy boyliklardan oladigan ulushiga bog&#8217;liq. Bular Jamiyatdagi kishilarning faoliyati hamda daromadiga qarab turli kasbiy va ijtimoiy guruhlarga ajralishining negizidir. Jamiyat hayoti iqtisodiy, ijtimoii, siyosiy, madaniy-ma&#8217;naviy sohalarga ajraladi. Iqtisodiy soha moddiy boyliklarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste&#8217;mol qilishni o&#8217;z ichiga oladi. Unda mamlakatning xo&#8217;jalik hayoti tashkil etiladi, uning turli tarmoqlarining o&#8217;zaro bog&#8217;liqligi hamda xalqaro iqtisodiy hamkorlik amalga oshiriladi bu Jamiyat taraqqiyoti uchun eng asosiy sohadir. Ijtimoiy soha Jamiyatdagi ijtimoiy guruhlar, tabaqalar, toifalar hamda milliy birliklar, ularning ijtimoiy hayoti va faoliyatini uyg&#8217;unlashtiradi. Siyosiy soha turli ijtimoiy toifa va guruhlar, milliy birliklar, siyosiy partiyalar va harakatlar, jamoat tashkilotlarning o&#8217;z siyosiy faoliyatini amalga oshiruvchi makondir. Ularning faoliyati Jamiyatdagi o&#8217;rnatilgan siyosiy munosabatlar asosida o&#8217;z siyosiy manfaatlarini amalga oshirishga qaratiladi. Ma&#8217;naviy sohada kishilar turli ma&#8217;naviy qadriyatlarni yaratadi, tarqatadi va Jamiyatning turli qatlamlari tomonidan o&#8217;zlashtiriladi. Bu sohaga adabiyot, san&#8217;at, musiqa asarlari bilan bir qatorda kishilarning bilim saviyasi, fan, axloqiy me&#8217;yor va umuman olganda, Jamiyat hayotining ma&#8217;naviy mazmunini tashkil qiluvchi narsalar kiradi. Hozir O&#8217;zbekistonda Jamiyat taraqqiyotining eng asosiy muammosi insonlarning, ayniqsa yosh avlodning ma&#8217;naviy dunyosini shakllantirish va boyitish, ularni istiqlol mafkurasi asosida tarbiyalash, o&#8217;zbek xalqining boy madaniy va ma&#8217;naviy merosi, qadriyatlari, an&#8217;analari va urf-odatlarini egallashlari uchun shart-sharoit yaratishdir. O&#8217;zbekistonda fuqarolik, huquqiy, demokratik, dunyoviy Jamiyat barpo etilmoqda. Abdulhay Valiyev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Jamiyat \u2014 kishilarning tarixan qaror topgan hamkorlik faoliyatlari majmui. Jamiyatdagi hamma narsa (moddiy va ma&#8217;naviy boyliklar, insonlar hayoti uchun zarur bo&#8217;lgan shart-sharoitlarni yaratish va boshqalar) muayyan faoliyat jarayonida amalga oshadi. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/jamiyat-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[208],"tags":[],"class_list":["post-93949","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-j-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/93949","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=93949"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/93949\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":93951,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/93949\/revisions\/93951"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=93949"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=93949"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=93949"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}