{"id":94015,"date":"2023-07-24T13:30:54","date_gmt":"2023-07-24T10:30:54","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=94015"},"modified":"2023-07-24T13:30:57","modified_gmt":"2023-07-24T10:30:57","slug":"jinsiy-tarbiya-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/jinsiy-tarbiya-2\/","title":{"rendered":"Jinsiy tarbiya"},"content":{"rendered":"\n<p>Jinsiy tarbiya &#8211; bolalar, o&#8217;smirlar va yoshlarda jins masalalariga nisbatan to&#8217;g&#8217;ri munosabatni shakllantirib borishga qaratilgan tibbiy va pedagogik tadbirlar tizimi; tarbiya jarayonining muhim qismi. Jinsiy tarbiya shaxsning jismoniy, aqliy, ma&#8217;naviy va estetik rivojlanishi bilan bevosita bog&#8217;liq. Jinsiy tarbiyaning asosiy vazifasi yosh avlodning yaxshi o&#8217;sib-unishiga, zurriyot berish funktsiyasini bekamu ko&#8217;st qilib shakllantirishga, nikoh va oilani mustahkamlashga yordam berishdan iborat. Jinsiy tarbiyani bolalarning yoshi, jinsi va malakasiga mos tushadigan qilib olib borish zarur. Ko&#8217;plar Jinsiy tarbiyani balog&#8217;at yoshida boshlash kerak deb hisoblashadi. Bu noto&#8217;g&#8217;ri, chunki bunga taalluqli ayrim masalalarni bolaning yoshligidan boshlab hal qila borish kerak. Ko&#8217;pgina ota-onalar jins masalasini muhokama qilish odobdan emas deb o&#8217;ylab yoshlarni qiziqtiradigan masalalar to&#8217;g&#8217;risida so&#8217;zlashmaslikni lozim ko&#8217;rishadi. Natijada, bolalar atrofdagilardan, ko&#8217;pincha tasodifiy manbalardan ko&#8217;r-ko&#8217;rona ma&#8217;lumotlar olib, o&#8217;zlarini qiziqtirgan mavzular yuzasidan aksari noto&#8217;g&#8217;ri tasavvurga ega bo&#8217;lib qoladilar. Avvalo, yoshlar jins orasidagi tafovutlar, ular jinsiy a&#8217;zolarining tuzilishi va mohiyati haqida tasavvurga ega bo&#8217;lishlari lozim. Buni maktab yoshidan boshlagan ma&#8217;qul. Ma&#8217;lumki o&#8217;smirlik davriga kelib gormonal o&#8217;zgarishlar, balog&#8217;atga yetish, jismoniy yetilish tufayli qarama-qarshi jinsga qiziqish paydo bo&#8217;ladi. Xuddi shu davrda ular jinsiy a&#8217;zolarning anatomik va fiziologik xususiyatlaridan boxabar bo&#8217;lishlari lozim. Jinsiy tarbiya jarayonini shartli ravishda bir nechta bosqichga ajratish mumkin. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga oddiy gigiena malakalari va yurish-turish qoidalarini o&#8217;rgatib borish, organizmni chiniqtirish muhim, chunki ularning jinsiy jihatdan rivojlanishi umumiy jismoniy rivojlanishiga bog&#8217;liq. Bolalar tarbiyasi va parvarishida badanning erogen zona deb ataladigan joylari ta&#8217;sirlanmasligiga e&#8217;tibor berish, ularga noqulay, tor kiyim kiygazmaslik, gijja kasalliklari bo&#8217;lsa, vaqtida davolatish zarur. Shu yoshdagi bolalarda, odatda, ro&#8217;zg&#8217;or ishlariga qarashish istagi paydo bo&#8217;ladi, ota-onalar bu istakni rag&#8217;batlantirib turishlari, o&#8217;g&#8217;il bolalardan qizlarga yordam berishni talab qilishlari lozim. Bolada javobgarlik, burch, boshqalarga mehr-muhabbat va hurmat bilan qarash hissini shakllantirib borish muhim. Bolalar uyda biror ish, maktabda esa tayinli bir vazifa bilan band bo&#8217;lishi Jinsiy tarbiyada muhim ahamiyatga ega. Balog&#8217;atga yetish davridagi Jinsiy tarbiya, birinchi galda, shu davrda o&#8217;smirning organizm va shaxsiyatida bo&#8217;ladigan o&#8217;zgarishlarni hisobga olishi lozim. Qizlar 12-14 yoshda, o&#8217;g&#8217;il bolalar esa 13-15 yoshda o&#8217;smirlikka qadam qo&#8217;yishadi, bu davrda ularning ichki dunyosi boyib, endokrin bezlari, ayniqsa, jinsiy bezlarining faoliyati kuchayadi, asta-sekin jinsiy mayl uyg&#8217;ona boshlaydi. Balog&#8217;atga yetish jarayonida jinsiy ong qaror topa boshlaydi. Onalar sharqona fe&#8217;limizdagi qon-qoniga o&#8217;tib kelayotgan oriyat tuyg&#8217;usi, avlodlarning sha&#8217;nini pok saqlash yo&#8217;lidagi andisha tuyg&#8217;usi qizlar uchun javohirlardan ham yuksakroq ekanligini yo&#8217;l-yo&#8217;lakay uqtirib borishlari lozim. Qizlarni ma&#8217;naviy kamol toptirish uchun ular ruhiyatiga mas&#8217;ullik, burch, uyat, Mehribonlik, fidoyilik, vafo fazilatlarini singdirib borishlari darkor. Shuningdek, iffat, vijdoniy poklik, nomus, hayo qizlar tabiatiga xos fazilat ekanligini tushuntirib qo&#8217;yish muhim. Balog&#8217;at yoshidagilar bu davrdagi gigiena masalalari tushunchalarini tasodifiy o&#8217;rtoqlaridan emas, balki ota-onalari, pedagoglar va maktab vrachlaridan olishlari muhim. Xususan bu davrda qizlarni hayz ko&#8217;rishga, o&#8217;g&#8217;il bolalarni esa ixtilom bo&#8217;lib turishga tayyorlash, bu fiziologik hodisalar tabiiy hol ekanligini, ular boshlanganida qanday gigiena qoidalariga amal qilish kerakligini qizlarga onasi, o&#8217;g&#8217;illariga otasi yoki yaqin kishilari tushuntirib berishi kerak. Yoshlar o&#8217;zlarida paydo bo&#8217;lib boradigan allanechuk istaklarni hamisha ham jilovlab ololmaydi, qarama-qarshi jinsdagi o&#8217;z tengqurlari oldida endi o&#8217;zlarini noqulay his qiladigan bo&#8217;lishadi. Mana shu davrda yoshlar o&#8217;zlarini qiziqtiradigan ishlar b-n band bo&#8217;lsa, ko&#8217;ngli odamlarga xayrixohlik bilan to&#8217;lib-toshib tursa, ularda jins masalalariga odatdan tashqari qiziqish paydo bo&#8217;lmaydi. Shuning uchun yoshlardagi ijodiy mayllarni, ko&#8217;p qirrali qiziqishlarni tarbiyalab borish, ularning jismoniy tarbiya va sport bilan shug&#8217;ullanishlarini targ&#8217;ib qilish nihoyatda muhim. Chunki jismoniy tarbiya va sport yoshlarning ortiqcha kuch-quvvati va vaqtini band qilib, organizmning har tomonlama kamol topishiga, baquvvat bo&#8217;lishiga yordam beradi. Ota-onalar va pedagoglar eshlarni hurmat qilib, ularning fikrlari bilan qiziqishlari va o&#8217;rtoqlashishlari lozim. Odam jismonan va ruhan balog&#8217;atga etganidan keyin chin muhabbat paydo bo&#8217;ladi. Bunday muhabbat o&#8217;zaro hurmat, dunyoqarash va qiziqishlarga hamohang bo&#8217;lsa insonning hayotini boyitadi va mustahkam oila qurish uchun negiz yaratadi. Ad.: Xodakov N. M., Yosh kelin-kuyovlarga |2-nashri] T., 1986; Shoumarov Sh., Shoumarov F., Muhabbat va oilaviy hayot, T., 1990. Berdimurod Saidqoriyev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Jinsiy tarbiya &#8211; bolalar, o&#8217;smirlar va yoshlarda jins masalalariga nisbatan to&#8217;g&#8217;ri munosabatni shakllantirib borishga qaratilgan tibbiy va pedagogik tadbirlar tizimi; tarbiya jarayonining muhim qismi. Jinsiy tarbiya shaxsning jismoniy, aqliy, ma&#8217;naviy &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/jinsiy-tarbiya-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[208],"tags":[],"class_list":["post-94015","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-j-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/94015","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=94015"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/94015\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":94018,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/94015\/revisions\/94018"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=94015"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=94015"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=94015"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}