{"id":9407,"date":"2021-11-10T16:06:14","date_gmt":"2021-11-10T13:06:14","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=9407"},"modified":"2021-11-10T16:06:15","modified_gmt":"2021-11-10T13:06:15","slug":"anor","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/anor\/","title":{"rendered":"ANOR"},"content":{"rendered":"\n<p>ANOR (Punica granatum L.) \u2014anordoshlar (anorgullilar oilasi) ga mansub, subtropik meva o&#8217;simligi; bo&#8217;yi 2-10 metr daraxt yoki buta. Vatani O&#8217;rta Osiyo, Ozarbayjon, Eron va Afg&#8217;oniston; yovvoyi turlari O&#8217;rta dengiz atrofi, O&#8217;rta Osiyoning Janubda, Qrim, Kavkaz, Eron, Afg&#8217;oniston, Old Osiyo va Dog&#8217;istonda uchraydi. O&#8217;zbekistonda Quva, Namangan, Denov va kitob (Varg&#8217;anza) tumanlari a&#8217;lo sifatli Anorlari bilan mashhur. Botanik tavsifi. Barglari mayda, nashtarsimon, shoxlari tikanli (shirin mevalisida tikani kamroq). Iyun\u2014iyulda gullaydi. Gullari ikki jinsli, yirik (diametri 8 santimetrgacha), och qizil, shoxi uchida bitta, ikkita, ba&#8217;zan beshtagacha joylashadi. Urug&#8217;chisi (onaligi) normal rivojlangan, ko&#8217;zachasimon guli meva tugadi, urug&#8217;chisi qisqa, qo&#8217;ng&#8217;iroqsimon gullari odatda meva tugmaydi. Anor chetdan changlanadi. Mevasi yirik, dumaloq, qizg&#8217;ish (qizil po&#8217;st) yoki oqish (oq po&#8217;st) bo&#8217;lib, og&#8217;irligi 250-1000 gramm keladi. Mevasi 6-12 uya (xona) li, doni och pushti yoki to&#8217;q qizil. Ta&#8217;mi shirin, chuchuk-nordon va nordon, sersharbat (40-60%), tarkibida 14-21% qand, 0,3\u20149% limon kislota, tanin, vitamin V, S bor. Pusti 29-50%, doni 10\u2014 20% ni tashkil etadi. Mevasi, po&#8217;sti, ildiz po&#8217;stlog&#8217;ida 28% gacha oshlovchi moddalar bor. Xo&#8217;jalik ahamiyati. Anor asosan, meva sifatida iste&#8217;mol etiladi. Anordan qandolat va tibbiyotda keng foydalaniladi, teri oshlashda va gazlamalarni bo&#8217;yashda ishlatiladi. Gulbargi va meva po&#8217;stidan bo&#8217;yoq, donidan sharbat tayyorlanadi. Yovvoyisidan limon kislota olinadi. Ba&#8217;zi turlari xushmanzara o&#8217;simlik sifatida ekiladi. Biologik xususiyatlari. Anor asosan, qalamchadan ko&#8217;paytiriladi. Unumdor qumoq, nami yetarli tuproqlarda yaxshi o&#8217;sadi. Qurg&#8217;oqchilikka chidamli, lekin namsevar. Erning unumdorligiga qarab, ko&#8217;chat oralig&#8217;i 4&#215;4 va 5&#215;4, tomorqalarda 3&#215;3 metr qilib ekiladi. O&#8217;zbekiston sharoitida kech kuzda xashak, qamish bilan yopiladi yoki tuproqqa ko&#8217;milib, bahorda ochiladi. Vegetatsiya davri 180-215 kun. Yozdan kuzgacha gullaydi. Mevasi 120-160 kunda\u2014 sentabrning ikkinchi yarmida pishadi. \u2014 15\u00b0 -17\u00b0 sovuqqa chidaydi, \u2014 20\u00b0 da yer usti qismi (tanasi)ni sovuq urib ketadi. Anor 3-4 yoshdan meva tuga boshlaydi, 8-10 yoshdan to&#8217;liq hosilga kirib, 30-40 yil meva beradi. Hosildorligi 200 tsentner\/gektargacha boradi. Agrotexnikasi. Anor ko&#8217;chati eqilganidan keyin birinchi yildan boshlab 30-40 santimetr balandlikda 4-5 ta asosiy shox qoldirib past bo&#8217;yli daraxt ko&#8217;rinishida yoki 3-4 asosiy shox qoldirib butasimon shakl beriladi. Har yili qurigan, nimjon rivojlangan, eskirgan o&#8217;zak novdalar kesib turiladi. Vegetatsiya davrida 6-10 marta sug\u2019oriladi, qator oralari yumshatiladi, begona o&#8217;tlardan tozalanadi, oziqlantiriladi. Zararkunandalari \u2014 mevaxo&#8217;rlar, bitlar, kanalar; kasalligi \u2014 novdalar qorasoni. Navlari. Kollektsiyalarda Anorning 69 navi hisobga olingan. Lekin O&#8217;zbekistonda ixtisoslashgan xo&#8217;jaliklarda asosan achchiqdona va qozoqi Anor ko&#8217;p ekiladi, qay Anor, qizil Anor, oq dona, ulfi va boshqa navlari ham keng tarqalgan. Achchiq dona. Jaydari nav. Mevasi 400-600 gramm. Mazasi nordon, sharbati qizil, tarkibida 15-16% qand bor. Po&#8217;sti qalin, 5 oygacha yaxshi saqlanadi. Tupi 30-35 kilogramm hosil beradi. Farg&#8217;ona vodiysida keng tarqalgan. Qay Anor Jaydari nav. Mevasi yirik (500-700 gramm). Nordonxushxo&#8217;r, sharbati qizg&#8217;ish. Tarkibida 19-20% qand bor. Po&#8217;stining qalinligi o&#8217;rtacha, martgacha saqlanadi. Tupi 35-40 kilogramm hosil beradi. O&#8217;zbekistonning hamma viloyatlarida bor. Qizil Anor. Bu ham jaydari nav. Sharbati tarkibida qand 15-16%, po&#8217;sti yupqa, uzoq saqlashga chidamsiz. Qozoqi Anor. Xalq selektsiyasi yo&#8217;li bilan yetishtirilgan. Mevasi 250-300 gramm, ayrimlari 600\u2014 700 gramm. Mazasi nordonshirin, sharbati qizil. Tarkibida 18-19% qand bor. Po&#8217;sti qalin, 6 oygacha saqlanadi. Tupi 50-60 kilogramm hosil beradi. Toshkent, Andijon, Surxondaryo viloyatlarida keng tarqalgan. Oq dona (shirin anor) Anor. Jaydari nav. Mevasi 250-350 gramm, ayrimlari 500-600 gramm. Mazasi shirin. Sharbati pushti, tarkibida 19\u2014 21% qand bor. Po&#8217;sti yupqa yoki o&#8217;rtacha qalinlikda, qizg&#8217;ish-pushti, ba&#8217;zisi oq, 2-3 oy saqlanadi. Tupi 25-30 kilogramm hosil beradi. O&#8217;zbekistonning ko&#8217;pchilik viloyatlarida o&#8217;stiriladi. Mahmud Mirzayev, Rixsivoy Jo&#8217;rayev.<\/p>\n\n\n\n<p>ANOR, Anorgul \u2014anor ko&#8217;rinishidagi islimiy naqsh turi; kulollik, naqqoshlik, kashtachilikda keng qo&#8217;llaniladi. Anor tasviri qadimdan to&#8217;qchilik va to&#8217;kin-sochinlikni ifodalagan. Anor gohida aynan o&#8217;zi, gohida uslublashtirib ifodalanadi. Ba&#8217;zan uning kesimi va ichidagi donalari ham tasvirlanadi. Bunda idishning shakliga mos tushgan yorqin bo&#8217;yoqli naqsh nafis ko&#8217;rinadi, nur ta&#8217;sirida sir tovlanib, jonli manzara hosil bo&#8217;ladi. Har bir bezakning shakli va qayerda ishlatilishi ustalarning noziq didiga bog&#8217;liq. Anor tasviri xalq amaliy san&#8217;atining boshqa turlarida ham qo&#8217;llaniladi. Jumladan Anor naqsh sifatida o&#8217;zbek milliy to&#8217;qimachiligida 19-asrning 2-yarmida keng tarqaldi. Masalan, dasturxon va shu kabi buyumlar guli anorsimon gul shaklida bo&#8217;yalgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ANOR (Punica granatum L.) \u2014anordoshlar (anorgullilar oilasi) ga mansub, subtropik meva o&#8217;simligi; bo&#8217;yi 2-10 metr daraxt yoki buta. Vatani O&#8217;rta Osiyo, Ozarbayjon, Eron va Afg&#8217;oniston; yovvoyi turlari O&#8217;rta dengiz atrofi, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/anor\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-9407","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9407","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=9407"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9407\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":9408,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9407\/revisions\/9408"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=9407"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=9407"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=9407"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}