{"id":94162,"date":"2023-07-24T15:39:10","date_gmt":"2023-07-24T12:39:10","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=94162"},"modified":"2023-07-24T15:39:13","modified_gmt":"2023-07-24T12:39:13","slug":"jon","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/jon\/","title":{"rendered":"Jon"},"content":{"rendered":"\n<p>Jon \u2014 insonning ichki dunyosi to&#8217;g&#8217;risidagi qarashlarni ifodalovchi tushuncha. Bu tushuncha tarixan o&#8217;zgarib turgan. Kelib chiqishi inson va hayvon tanasida yashaydigan, uyqu vaqtida yoki o&#8217;lgan vaqtda tanadan chiqib ketadigan alohida kuch haqidagi ibtidoiy tasavvurlarga borib taqaladi. Ibtidoiy odamlarning tasavvurida Jon qandaydir moddiy narsa (soya, qon, nafas va boshqalar) deb qaralgan. Diniy tushunchalarga ko&#8217;ra, Jon \u2014 qandaydir jismsiz, o&#8217;lmaydigan, tanadan mustaqil holda yashay oladigan nomoddiy kuchdir. Kishi tanida bo&#8217;lganda unga hayot baxsh etadi, u hech qachon o&#8217;lmaydi, uni Xudo ato qiladi va Xudo qaytib oladi. So&#8217;ng narigi dunyoda abadiy yashaydi. Tush ko&#8217;rish ham Jonning tanadan vaqtincha ko&#8217;chishi bilan izohlanadi. Jon haqidagi fikrlar Sharq falsafasida ham keng tarqalgan. Forobiy, Ibn Sino, Ibn Rushd ta&#8217;limotlarida u inson tanasi bilan uzviy bog&#8217;liq holda talqin etilgan. Forobiy Jonni tanadan mustaqil ajratib qo&#8217;yishni, uni tanadan tanaga ko&#8217;chib yuradi, degan ta&#8217;limotni tanqid qildi. Koinotning yoppasiga jonliligi g&#8217;oyasi (gilozoizm) olamiy Jon haqidagi ta&#8217;limotning asosi bo&#8217;ldi (Platon, neoplatonizm). Aristotel Jonni tirik tanadan ajralmaydigan, faol maqsadga muvofiq ibtido (&#8220;shakl&#8221;) deb bilgan. Panteistik qarashlarda Jon yagona ruhiy substantsiyaning alohida ko&#8217;rinishi sanaladi. Dekartning dualistik metafizikasi Jon va tanni ikki mustaqil substantsiyaga ajratadi. Hozirgi zamon psixologiyasida Jon g&#8217;ayrishuuriylikni bildiradigan tushuncha sifatida ishlatiladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Jon \u2014 insonning ichki dunyosi to&#8217;g&#8217;risidagi qarashlarni ifodalovchi tushuncha. Bu tushuncha tarixan o&#8217;zgarib turgan. Kelib chiqishi inson va hayvon tanasida yashaydigan, uyqu vaqtida yoki o&#8217;lgan vaqtda tanadan chiqib ketadigan alohida &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/jon\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[208],"tags":[],"class_list":["post-94162","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-j-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/94162","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=94162"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/94162\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":94164,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/94162\/revisions\/94164"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=94162"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=94162"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=94162"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}