{"id":94218,"date":"2023-07-24T16:36:47","date_gmt":"2023-07-24T13:36:47","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=94218"},"modified":"2023-07-24T16:36:49","modified_gmt":"2023-07-24T13:36:49","slug":"jins-3","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/jins-3\/","title":{"rendered":"Jins"},"content":{"rendered":"\n<p>Jins (biologiyada) \u2014 jinsiy ko&#8217;payishni ta&#8217;minlaydigan hamda erkak va urg&#8217;ochi organizmlarni farq qilishga imkon beradigan belgilar majmui. Hayvonlarda Jins belgilari organizmning morfologik, fiziologik, biokimyoviy xususiyatlari, murakkab xatti- harakatlari va boshqalar orqali namoyon bo&#8217;ladi. Jins belgilari birlamchi va ikkilamchi bo&#8217;ladi. Birlamchi jinsiy belgilar (jinsiy bezlar, jinsiy yo&#8217;llar va boshqalar) gametalar hosil bo&#8217;lishi va urug&#8217;lanishni ta&#8217;minlaydi. Ikkilamchi jinsiy belgilar (tana o&#8217;lchami va tuzilishi, boshi, pat yoki jun rangi, tarkibi va boshqalar) jinsiy ko&#8217;payishda muayyan ahamiyatga ega. Erkaklik jinsiy bezlari (urug&#8217;donlar) spermatozoidlar, urg&#8217;ochilik jinsiy bezlari (tuxumdonlar) tuxum hujayralari ishlab chiqaradi. Spermatozoidning tuxum hujayra bilan qo&#8217;shilishi tufayli zigota hosil bo&#8217;ladi. Zigotadan yangi organism rivojlanadi. Jinsiy bezlar ishlab chiqaradigan jinsiy gormonlar organizmning rivojlanishi, ikkilamchi jinsiy belgilarning shakllanishi va fiziologik jarayonlarning boshqarilishida muhim ahamiyatga ega. Ayrim jinsli organizmlarda urg&#8217;ochilik (tuxum) va erkaklik (urug&#8217;) gametalari urg&#8217;ochi va erkak organizmlarda hosil bo&#8217;ladi. Germafrodit organizmlarda urg&#8217;ochilik va erkaklik jinsiy bezlari bitta organizmning o&#8217;zida rivojlanadi. Gulli o&#8217;simliklar gulining tuzilishiga ko&#8217;ra bir Jinsli va ikki Jinsli bo&#8217;ladi. Bir Jinsli gullar bitta o&#8217;simlikning o&#8217;zida yoki boshqa-boshqa o&#8217;simliklarda joylashgan bo&#8217;lishi mumkin. Ba&#8217;zan bitta o&#8217;simlikning o&#8217;zi bir jinsli va ikki jinsli gullarga ega bo&#8217;ladi. Jins jinsiy xromosomalar nazorati ostida rivojlanadi. Sut emizuvchilar urg&#8217;ochisi hujayrlarida ikkita jinsiy (XX) xromosomalar, erkagi hujayralarida bittadan X va u xromosomalar bo&#8217;ladi. Jinsiy ko&#8217;payishda urg&#8217;ochi organizm faqat bir xil, ya&#8217;ni X xromosomaga ega bo&#8217;lgan gameta (tuxum hujayra)lar, erkak organizm esa ikki xil, ya&#8217;ni X va u xromosomalarga ega bo&#8217;lgan gameta (urug&#8217;hujayra) lar hosil qiladi. Urug&#8217;lanish jarayonida X va u xromosomaga ega bo&#8217;lgan urug&#8217; hujayralarning X xromosomali tuxum hujayra bilan qo&#8217;shilish imkoniyati teng bo&#8217;ladi. Shuning uchun urug&#8217;lanishdan so&#8217;ng XX va Xu xromosomali zigotalar, ya&#8217;ni urg&#8217;ochi va erkak organizmlar teng nisbatda hosil bo&#8217;ladi. Ana shu jarayon tufayli tabiatda urg&#8217;ochi va erkak organizmlarning o&#8217;zaro teng nisbati saqlanib qoladi. Bakriddin Zaripov, Ochil Mavlonov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Jins (biologiyada) \u2014 jinsiy ko&#8217;payishni ta&#8217;minlaydigan hamda erkak va urg&#8217;ochi organizmlarni farq qilishga imkon beradigan belgilar majmui. Hayvonlarda Jins belgilari organizmning morfologik, fiziologik, biokimyoviy xususiyatlari, murakkab xatti- harakatlari va boshqalar &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/jins-3\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[208],"tags":[],"class_list":["post-94218","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-j-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/94218","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=94218"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/94218\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":94220,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/94218\/revisions\/94220"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=94218"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=94218"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=94218"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}