{"id":94314,"date":"2023-07-25T12:54:04","date_gmt":"2023-07-25T09:54:04","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=94314"},"modified":"2023-07-25T12:54:14","modified_gmt":"2023-07-25T09:54:14","slug":"jamoa-shartnomasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/jamoa-shartnomasi\/","title":{"rendered":"Jamoa shartnomasi"},"content":{"rendered":"\n<p>Jamoa shartnomasi &#8211; korxonada ish beruvchi bilan xodimlar o&#8217;rtasidagi mehnat, ijtimoiy-iqtisodiy va kasbga oid munosabatlarni tartibga soladigan me&#8217;yoriy hujjat. Ish beruvchi bilan Jamoa shartnomasi tuzish zarurligi to&#8217;g&#8217;risidagi qaror qabul qilish huquqiga kasaba uyushmasi (o&#8217;z vakillik organi orqali), xodimlar vakolat bergan boshqa vakillik organi yoki bevosita mehnat jamoasi umumiy yig&#8217;ilishi (konferentsiyasi) ega. Jamoa shartnomasi korxonalarda, ularning yuridik shaxs huquqi berilgan tarkibiy bo&#8217;linmalarida bir tarafdan \u2014 kasaba uyushmalari va xodimlar tomonidan yuqoridagi vakillik organlari orqali, 2-tarafdan \u2014 bevosita ish beruvchi yoki u vakolat bergan vakillar o&#8217;rtasida tuziladi. Uning mazmuni va tuzilishini taraflar belgilaydi. Jamoa shartnomasiga ish beruvchi va xodimlarning quyidagi masalalar bo&#8217;yicha o&#8217;zaro majburiyatlari kiritilishi mumkin: mehnatga haq to&#8217;lash shakli, tizimi va miqdori, pul mukofotlari, nafaqalar, kompensatsiyalar, qo&#8217;shimcha to&#8217;lovlar; narxlar o&#8217;zgarib borishiga, inflyasiya darajasiga, Jamoa shartnomasida belgilangan ko&#8217;rsatkichlar bajarilishiga qarab mehnatga haq to&#8217;lashni tartibga solish mexanizmi; xodimlarni ish bilan ta&#8217;minlash, qayta o&#8217;qitish, ishdan bo&#8217;shatish shartlari; ish vaqti va dam olish vaqti, mehnat ta&#8217;tillarining muddatlari; xodimlar, jumladan, ayollar va 18 yoshga to&#8217;lmagan shaxslarning mehnat sharoiti va mehnat muhofazasini yaxshilash, ekologiya jihatidan xavfsizlikni ta&#8217;minlash; korxonani va idoraga qarashli turar joyni xususiylashtirish vaqtida xodimlarning manfaatlariga rioya qilish; ishlab turib o&#8217;qiydigan xodimlarning imtiyozlari; ixtiyoriy va majburiy tarzdagi tibbiy hamda ijtimoiy sug&#8217;urta va hokazolar. Jamoa shartnomasi loyihasi korxona bo&#8217;linmalarida xodimlar tomonidan muhokama qilinib, fikr va takliflari xisobga olingan holda takomilga yetkaziladi va mehnat jamoasi umumiy yig&#8217;ilishi (konferentsiyasi)da muhokamaga qo&#8217;yiladi. Jamoa shartnomasi umumiy yig&#8217;ilish (konferentsiya)da ma&#8217;qullangandan keyin taraflarning vakillari tomonidan uch kun ichida imzolanadi va imzo chekilgan vaqtdan e&#8217;tiboran yoki Jamoa shartnomasida ko&#8217;rsatilgan kundan boshlab kuchga kiradi hamda taraflar belgilagan muddat davomida amal qiladi. Jamoa shartnomasiga oid qonun-qoidalar O&#8217;zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida belgilab berilgan (35-46-moddalar).<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Jamoa shartnomasi &#8211; korxonada ish beruvchi bilan xodimlar o&#8217;rtasidagi mehnat, ijtimoiy-iqtisodiy va kasbga oid munosabatlarni tartibga soladigan me&#8217;yoriy hujjat. Ish beruvchi bilan Jamoa shartnomasi tuzish zarurligi to&#8217;g&#8217;risidagi qaror qabul qilish &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/jamoa-shartnomasi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[208],"tags":[],"class_list":["post-94314","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-j-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/94314","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=94314"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/94314\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":94326,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/94314\/revisions\/94326"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=94314"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=94314"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=94314"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}