{"id":94320,"date":"2023-07-25T12:56:12","date_gmt":"2023-07-25T09:56:12","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=94320"},"modified":"2023-07-25T12:56:20","modified_gmt":"2023-07-25T09:56:20","slug":"jamshid-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/jamshid-2\/","title":{"rendered":"Jamshid"},"content":{"rendered":"\n<p>Jamshid \u2014 qadimgi afsonalarga ko&#8217;ra, Eronda eng avval hukmdorlik qilgan peshdodiylar sulolasining to&#8217;rtinchi va eng buyuk hukmdori. Shoh Tahmurasdan so&#8217;ng 700 yil podshohlik qilgan Jamshid Istaxr shahrini bunyod etib, mamlakatda behad farovonlik vujudga keltirgan, sharobni ixtiro qilib, Navro&#8217;zni yangi yil bayrami sifatida nishonlashni joriy etgan emish. U hatto Zardushtdan ilgari Eronda mavjud bo&#8217;lgan bir diniy mazhabga asos solgan, oyna (oyini jam) ixtiro qilgan hamda odamlarni hayvon terisiga o&#8217;ranish o&#8217;rniga gazlamadan tikilgan kiyim kiyishga o&#8217;rgatgan, davlat tuzumini tashkil etib, aholini tabaqalarga bo&#8217;lgan. Bu mazhab va oyna quyoshu tabiatga bog&#8217;liq va ayshu ishrat bilan uyg&#8217;unlashgan bir Suratda ta&#8217;riflanadi. Go&#8217;yoki Jamshid o&#8217;z shonu shavkati va saltanatidan mag&#8217;rurlanib ketib, xudolik da&#8217;vosini qilgan emish. Oqibatda Arabiston yarim orolidan, ehtimol Yamandagi od qavmidan Zahxok ismli bir xukmdor bostirib kelib, Eronni Jamshiddan tortib olgan ekan. So&#8217;ng, Zaxxok ikki elkasidagi ikki ilonga mahalliy aholining navqiron o&#8217;g&#8217;illari miyasini yedira boshlabdi. Shunda o&#8217;g&#8217;illaridan ajragan bir Kova ismli temirchi bosh ko&#8217;tarib, Zahhokni o&#8217;ldiribdida, taxtni Jamshid naslidan bo&#8217;lmish Faridunga olib beribdi. Faridun adolat bilan davlatni idora qilib, keksaygach uch o&#8217;g&#8217;liga mamlakatni bo&#8217;lib berish bilan Hazrat Nuhning maqomlariga erishibdi. Jamshidni ba&#8217;zilar Hazrat Sulaymonning aynan o&#8217;zlari, deb ta&#8217;kidlashadi. Jamshid, sharobni ixtiro etganligi boisidan, shoirlar o&#8217;rtasida &#8220;Qadahiy&#8221; (jomi jam) nomi bilan ham mashhurdir. Keyinchalik topilgan qadimgi hind braxmanlari afsonalariga ko&#8217;ra, bu hikoyaning hind afsonalaridan naql etilgani ma&#8217;lum bo&#8217;ladi. Haqiqatan, Zardusht brahmaniylar dinidan ajralib chiqib, alohida bir mazhab ta&#8217;sis etgani uchun vatanidan badarg&#8217;a qilinib, Eronga kelib qolgan. Shunga binoan eroniylar qadimgi hind afsonalarini o&#8217;rganishgan. Qadimgi Eronning tarixi Zardushtning kitobi bo&#8217;lmish Zandovastodan olingandir. Qadimgi hind afsonalarida Jamshid yoki Jomo Shaydo quyoshni anglatuvchi bir ma&#8217;bud ismi bo&#8217;lib, bu ismni tashkil qiluvchi so&#8217;zlarning birinchisi \u2014 &#8220;xukmdor&#8221; va ikkinchisi \u2014 &#8220;quyosh&#8221; ma&#8217;nosidadir, ya&#8217;ni &#8220;quyosh podshoh&#8221; demakdir. Jamshid haqida Navoiy, Firdavsiy, Tabariy, Beruniy asarlarida ham eslatib o&#8217;tilgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Jamshid \u2014 qadimgi afsonalarga ko&#8217;ra, Eronda eng avval hukmdorlik qilgan peshdodiylar sulolasining to&#8217;rtinchi va eng buyuk hukmdori. Shoh Tahmurasdan so&#8217;ng 700 yil podshohlik qilgan Jamshid Istaxr shahrini bunyod etib, mamlakatda &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/jamshid-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[208],"tags":[],"class_list":["post-94320","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-j-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/94320","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=94320"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/94320\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":94339,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/94320\/revisions\/94339"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=94320"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=94320"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=94320"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}