{"id":94323,"date":"2023-07-25T12:56:13","date_gmt":"2023-07-25T09:56:13","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=94323"},"modified":"2023-07-25T12:56:17","modified_gmt":"2023-07-25T09:56:17","slug":"jangi-loy-loy-jangi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/jangi-loy-loy-jangi\/","title":{"rendered":"Jangi loy, loy jangi"},"content":{"rendered":"\n<p>Jangi loy, loy jangi \u2014 Amir Temur va Amir Husayn ibn Musallabning Jeta (Mo&#8217;g&#8217;uliston) xoni Ilyosxo&#8217;jaga qarshi jangi (Nizomiddin Shomiyning &#8220;Zafarnoma&#8221;siga ko&#8217;ra 1360 yil 16 iyunda, Sharafiddin Ali yazdiyning &#8220;Zafarnoma&#8221;siga binoan esa 1365 yil 22 mayda bo&#8217;lib o&#8217;tgan). 1361 yil Amir Temur va Amir Husayn mo&#8217;g&#8217;ullar istilosiga qarshi bosh ko&#8217;tarib, 3 yil davom etgan janglardan so&#8217;ng, nihoyat 1364 yil oxirida ularni Movarounnahr hududidan quvib chiqarishga muvaffaq bo&#8217;lishadi. Biroq, 1364 yil bahorida Ilyosxo&#8217;ja Movarounnahrga katta qo&#8217;shin bilan yurish qiladi. Shunda Amir Temur va Amir Husayn Toshkent bilan Chinos oralig&#8217;ida, Chirchiq daryosi bo&#8217;yida unga qarshi lashkar to&#8217;playdi. Ilyosxo&#8217;ja Konibodom tomonidan ularga yaqinlashib kelgach, ikki taraf lashkarlari qarama-qarshi saf tortadi. Amir Husayn qo&#8217;shinning barang&#8217;arshta, uning qunbuliga esa arlot qabilasidan Tilonchi, hirovuliga O&#8217;ljaytu qo&#8217;mondonlik qiladi. Juvang&#8217;arta Amir Temur, uning qunbuliga qipchoq qavmidan sori Bug&#8217;o, hirovuliga temir Xo&#8217;ja o&#8217;g&#8217;lon bosh bo&#8217;ladi. G&#8217;ulyaa Joku, Sayfuddin, Murod, Abbos Bahodir kabi atoqli Amir va beklar jangga hozir turadi. Amir Temur va Amir Husaynning Birlashgan bu qo&#8217;shini son jihatdan dushman lashkaridan ancha ko&#8217;p edi. Sharafiddin Ali Yazdiyning yozishicha, shunda Ilyosxo&#8217;ja halol jangda g&#8217;olib kelolmasligini payqab, bir hiyla ishlatadi: yadachi yada toshi yordamida kuchli jala yog&#8217;diradi. Natijada jang maydoni loylanib, Amir Temur va Amir Husayn qo&#8217;shini mushkul ahvolda qoladi, kiyim-kechak, qurol-yarog&#8217;lar shu darajada namiqib ketadiki, otliqning ham, piyodaning ham qimirlashga majoli etmaydi (shu bois bu jang tarixda Jangi loy nomi bilan mashhur). Ilyosxo&#8217;ja lashkari esa kigiz yopinib, o&#8217;zlarini yomg&#8217;irdan pana qiladilar. Shunday og&#8217;ir sharoitga qaramay, Amir Temur dushmanning barang&#8217;ariga qattiq zarba beradi. Lekin, shu asnoda dushman qo&#8217;shinining qunbuli Tilonchi etakchiligidagi qunbuldan ustun kelib, uni Amir Husayn boshchiligidagi juvang&#8217;argacha quvib boradi. Amir Husayn askarlari sarosimaga tushib, qocha boshlaydi. Qo&#8217;shinning o&#8217;ng qanotidagi bu xatarli vaziyatni ko&#8217;rgan Amir Temur o&#8217;z qo&#8217;l ostidagi navkarlar bilan dushmanning Amir Shamsuddin boshchiligidagi juvang&#8217;ariga kuchli zarba berib, uni to&#8217;zitib yuboradi. So&#8217;ng, u Amir Husaynga chopar yuborib, qo&#8217;lga kiritilgan g&#8217;alabani mustahkamlash uchun dushmanning asosiy kuchlariga birgalikda hujum qilish lozimligini ma&#8217;lum qiladi. Ammo, Amir Husayn bunga ko&#8217;nmaydi. Ertasi ertalab yana jang boshlanib, Ilyosxo&#8217;ja qo&#8217;shini engiladi. Amir Temur va Amir Husayn uni quvib ketayotib, Amir Shamsuddin boshchiligidagi juvang&#8217;ardan ajralib qolgan mo&#8217;g&#8217;ullar to&#8217;dasiga duch kelib, ular bilan jang qilishga majbur bo&#8217;ladi. Shunda dushman parokanda navkarlarini to&#8217;plab, qayta tartibga keltirishga muvaffaq bo&#8217;ladida, tashabbusni o&#8217;z qo&#8217;liga olib, kuchli zarba bilan Amir Temur va Amir Husayn qo&#8217;shinini ikkiga ajratib yuboradi va g&#8217;alaba qozonadi. 10 mingdan ortiq askaridan ayrilgan Amir Temur va Amir Husayn Kesh tomon chekinadi. Ad.: Sharafiddin Ali Yazdiy, Zafarnoma, T., 1994; Nizomiddin Shomiy, Zafarnoma, T., 1996; Dadaboev H., Amir Temurning harbiy mahorati, T., 1996. Hamidulla Dadaboev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Jangi loy, loy jangi \u2014 Amir Temur va Amir Husayn ibn Musallabning Jeta (Mo&#8217;g&#8217;uliston) xoni Ilyosxo&#8217;jaga qarshi jangi (Nizomiddin Shomiyning &#8220;Zafarnoma&#8221;siga ko&#8217;ra 1360 yil 16 iyunda, Sharafiddin Ali yazdiyning &#8220;Zafarnoma&#8221;siga &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/jangi-loy-loy-jangi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[208],"tags":[],"class_list":["post-94323","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-j-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/94323","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=94323"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/94323\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":94335,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/94323\/revisions\/94335"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=94323"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=94323"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=94323"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}