{"id":9475,"date":"2021-11-10T19:42:29","date_gmt":"2021-11-10T16:42:29","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=9475"},"modified":"2021-11-10T19:42:30","modified_gmt":"2021-11-10T16:42:30","slug":"antenna","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/antenna\/","title":{"rendered":"ANTENNA"},"content":{"rendered":"\n<p>ANTENNA (lotincha antenna \u2014 hashorat mo&#8217;ylovi) \u2014 elektromagnit to&#8217;lqinlarini fazoga tarqatuvchi (uzatuvchi Antenna) yoki qabul qiluvchi (qabul qiluvchi Antenna) qurilma. Har qanday uzatuvchi Antennani qabul qiluvchi Antenna o&#8217;rnida yoki, aksincha, qabul qiluvchi Antennani uzatuvchi Antenna o&#8217;rnida ishlatish mumkin, chunki ularning hamma elektr xususiyatlari bir xil. Uzatuvchi Antenna uzatgich moslama energiyasini elektromagnit to&#8217;lqinlari energiyasiga, qabul qiluvchi Antenna elektromagnit to&#8217;lqinlari energiyasini yuqori chastotali tok energiyasiga aylantiradi. Bundan tashqari, uzatuvchi Antenna energiyani muayyan tekislik va yo&#8217;nalishda tarqatish xususiyatiga, qabul qiluvchi Antenna turli yo&#8217;nalishdan keluvchi to&#8217;lqinlarni saralash xususiyatiga ega bo&#8217;ladi. Qabul qiluvchi Antennaning bu xususiyati yo&#8217;nalish bo&#8217;yicha tanlash deyiladi. Antenna ning ishlash tarzi ochiq tebranish konturining elektromagnit to&#8217;lqinlarini tarqatishiga asoslangan. Chastotalar diapazoniga qarab Antennalar uzun, o&#8217;rta, qisqa va ultraqisqa to&#8217;lqin Antennalariga bo&#8217;linadi. Antennalarning tuzilishi va shakli ularning qanday maqsad uchun mo&#8217;ljallanganligiga bog&#8217;liq. Uzun va o&#8217;rta to&#8217;lqin Antennalarining asosi yetarlicha uzun (va baland), tik o&#8217;rnatilgan o&#8217;tkazgichdan iborat. Past chastotalar diapazoni uchun mo&#8217;ljallangan Antennalar simlardan yasalgan murakkab moslama, yuksak va ultrayuksak chastotalar diapazoni uchun mo&#8217;ljallangan Antennalar linza va karnay shaklidagi moslamadir. Vazifasiga ko&#8217;ra, Antennalar quyidagi guruhlarga bo&#8217;linadi: a) radioeshitirish stansiyalari Antennasi; b) radioaloqa stansiyasi Antennasi; v) television Antennalar; g) radiolokatsiya va radiotelemexanika Antennalari; D) radioastronomiya Antennasi. Bu Antennalarning tuzilishi bir-biridan farq qilishiga qaramay, barchasida simmetrik yoki simmetrikmas vibrator bo&#8217;ladi. Simmetrik vibrator o&#8217;zaro teng ikkita o&#8217;tkazgich bo&#8217;lib, ularning bir uchiga o&#8217;tkazgich yoki priyomnikdan keladigan fider liniyasi ulanadi. O&#8217;tkazgichning uzunligi uzatilayotgan radioto&#8217;lqinlar uzunligining yarmiga (o&#8217;lcham yarim to&#8217;lqin uzunligiga) teng bo&#8217;lgan vibratorlar Antenna texnikasida ko\u2019p ishlatiladi. Simmetrikmas vibrator faqat bitta o&#8217;tkazgichdan iborat. Shuning uchun fider liniyasining ikkinchi uchi yerga ulanishi kerak. Ko&#8217;rsatkichlari: yo&#8217;nalganlik diagrammasi, kuchaytirish koeffitsienti, tarqatilgan to&#8217;lqinlarning qutb tekisligi, ta&#8217;sir balandligi va hokazolar. Tuzilishiga ko&#8217;ra, Antennalar gorizontal, vertikal, magnitli, qiya, rombsimon, parabolik, Di-elektrikli va hokazo xillarga bo&#8217;linadi. Olisdagi stansiyalardan signallarni qabul qilishda va uzatishda gorizontal hamda vertikal Antennadan, kichik (&#8220;cho&#8217;ntak&#8221;) va ko&#8217;tarib yuriladigan radiopriyomniklarda signallarni qabul qilishda magnitli Antennadan foydalaniladi. Magnitli Antenna radioto&#8217;lqinlarning magnitli tashkil etuvchilarini yaxshi sezadi. Bunday Antenna magnit material (ferrit) dan yasalgan sterjendan iborat bo&#8217;lib, unga priyomnik tebranish konturining induktivlik g&#8217;altagi o&#8217;rnatilgan. Ultra qisqa to&#8217;lqinlarda ancha murakkab yo&#8217;naltirilgan Antennadan foydalaniladi. Ular metall sterjenlarga simmetrik mahkamlanib botiq ko&#8217;zgular ko&#8217;rinishida yasaladi. Qisqa to&#8217;lqin tarqatuvchi va qabul qiluvchi eng sodda Antenna o&#8217;lchami yarim to\u2019lqin uzunligiga teng simmetrik vibratordir. Vibrator energiyani asosan gorizontga nisbatan biror burchak ostida o&#8217;tuvchi tekislikda tarqatadi (vibrator o&#8217;z o&#8217;qi va yer sirti bo&#8217;ylab energiya tarqatmaydi), vibratorning yo&#8217;nalganligi juda kam. Vibratorning yo&#8217;nalganligini orttirish uchun ko&#8217;p qavatli sinfaz va rombsimon Antennalar yasaladi. Ko&#8217;p qavatli sinfaz Antenna gorizontal joylashgan, ikki bo&#8217;lagining o&#8217;lchami yarim to&#8217;lqin uzunligiga teng vibratorlardir. Ulardan bittasi tarqatgich, ikkinchisi qaytargich hisoblanadi. Qaytargich vibrator to&#8217;lqinni bir tomonlama tarqatadi. Rombsimon Antenna simdan yasalgan va keng to&#8217;lqin diapazonida ishlaydi. Antenna Antennalar metr, desimetr, santimetrli to&#8217;lqinlar Antennasiga bo&#8217;linadi, masalan, shleyf antenna va direktorli Antennalar. Shleyf Antenna uchlari tutashtirilgan, parallel joylashgan, o&#8217;lchami yarim to&#8217;lqin uzunligiga teng 2 ta vibratordan tuzilgan. Direktorli Antenna esa gorizontal tekislikda joylashgan faol (aktiv) va sust (passiv) vibratorlardir. O&#8217;lchami yarim to&#8217;lqin uzunligiga teng vibrator yoki shleyf Antenna faol tarqatgich vazifasini bajaradi. U diametri yetarlicha katta, yaxlit yoki naysimon tsilindrik o&#8217;tkazgichdan yasaladi. Sust vibratorlar (old tomonda \u2014 direktor, orqada \u2014 reflektorlar) ning bo&#8217;lishi Antennaning yo&#8217;nalganligini oshiradi. U tor polosalidir. Optik turdagi Antennalar \u2014 ko&#8217;zgu va linzalar santimetrli to&#8217;lqinlar Antennalariga kiradi. Ko&#8217;zgu metalldan, linza dielektrikdan yasaladi. Ular qaytargich (projektorlarning ko&#8217;zgusi kabi) vazifasini bajaradi va sferik (tsilindrik) to&#8217;lqinga aylantiradi. Bunday Antennalar radiolokatsiya, radioastronomiya va radioreley aloqada keng ishlatiladi. Radioreleyli aloqada, kosmik radioaloqada, radioastronomiya va boshqa sohalarda o&#8217;ta yuqori chastotali parabolik antenna keng tarqalgan. U parabola shaklidagi metall ko&#8217;zgu va tarkatgichdan iborat. Tarqatgich sifatida kucheiz yo&#8217;naltirilgan Antenna (karnaylar, kichik reflektorli vibratorlar, spirallar va boshqalar) ishlatiladi. Energiyani biror fazoviy burchakka to&#8217;plab tarqatish xususiyati Antennaning yo&#8217;nalganligi deyiladi. U yo&#8217;nalish diagrammasi (Y. D.) da ifodalanadi. Y.D. ning f.i.k. ko&#8217;paytmasi Antennaning kuchaytirish koeffitsienti deyiladi. Radioeshittirish va televideniyeni Antennalarsiz tasavvur qilib bo&#8217;lmaydi. Ular imkoni boricha baland quriladi. O&#8217;zbekiston, Rossiya, Frantsiya, Angliya va boshqa mamlakatlarda eng baland teleantennalar bor. Masalan, Moskvadagi Ostankino teleminorasining balandligi 533,3 metr, Toshkentdagi teleminoraning balandligi 375 metr.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ANTENNA (lotincha antenna \u2014 hashorat mo&#8217;ylovi) \u2014 elektromagnit to&#8217;lqinlarini fazoga tarqatuvchi (uzatuvchi Antenna) yoki qabul qiluvchi (qabul qiluvchi Antenna) qurilma. Har qanday uzatuvchi Antennani qabul qiluvchi Antenna o&#8217;rnida yoki, aksincha, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/antenna\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-9475","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9475","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=9475"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9475\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":9476,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9475\/revisions\/9476"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=9475"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=9475"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=9475"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}