{"id":94762,"date":"2023-07-26T10:13:04","date_gmt":"2023-07-26T07:13:04","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=94762"},"modified":"2023-07-26T10:13:07","modified_gmt":"2023-07-26T07:13:07","slug":"jez-davri","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/jez-davri\/","title":{"rendered":"Jez davri"},"content":{"rendered":"\n<p>Jez davri (miloddan avvalgi 2\u2014 1-ming yillik) \u2014 ibtidoiy jamoa davrida jezdan mehnat qurollari ishlangan tarixiy bosqich. Ibtidoiy odamlar bir necha yuz va ming yillar davomida mehnat qurollarini faqat toshdan yasab keldilar. Miloddan avvalgi 4-ming yillikning boshlariga kelib, ayrim joylarda (O&#8217;zbekiston yerlarida miloddan avvalgi 3-ming yillik oxiri \u2014 2-ming yillikda) turli zeb-ziynat bezaklarini, ba&#8217;zi mehnat qurollarini misdan yasay boshlaydilar. Bu davrda misdan yasalgan mehnat qurollari mo&#8217;rt va yumshoq bo&#8217;lganligidan mustahkamroq qotishma olish uchun izlanish davom etgan va ma&#8217;lum davrdan so&#8217;ng qalayni misga qorishtirib jez (bronza) kashf etildi. Natijada mehnat qurollarining turi ko&#8217;paydi, jezdan keskirroq tig&#8217;li qurol-yarog&#8217;lar, ro&#8217;zg&#8217;or va kosmetika buyumlari, ma&#8217;budalar, naqshdor muhrlar yasala boshladi. Ovchilik va terimchilik ijtimoiy va iqtisodiy hayotda o&#8217;zining dastlabki ahamiyatini yo&#8217;qotdi. Ot, eshak, tuya va ho&#8217;kizdan transport vositasi sifatida foydalanildi. Hayvonlarga qo&#8217;shiladigan aravalar vujudga keldi. Bu davrda xo&#8217;jalikning, asosan, yaylov chorvachiligi va dehqonchilikka asoslangan ishlab chiqarish shakli qaror topdi. Amudaryo va Zarafshonning quyi qismi, Farg&#8217;ona vodiysining shimoliy-Sharqiy qismi va Janubiy Surxon vohasi tabiiy geografik jihatdan qadimgi dehqonchilikning kelib chiqishi va rivojlanishi uchun qulay bo&#8217;lgan. Atrofdagi cho&#8217;l va dashtlarda, asosan, chorvador qabilalar yashagan. Bu davrda O&#8217;zbekiston Janubiy va Afg&#8217;oniston shimolda rivojlangan Baqtriya (Amudaryo bo&#8217;yi) dehqonchilik madaniyati vujudga keldi. O&#8217;zbekistonda uchta asosiy dehqonchilik vohasi \u2014 Sherobod, Sho&#8217;rchi va Bandixon shakllangan. Bu joylarda qadimgi ilk shahar madaniyati shakllana boshlagan. Jez davriga mansub Sopollitepa, Mirshodi, Mo&#8217;lali, Jarqo&#8217;ton kabi urug&#8217;jamoasining turar joylari \u2014 qishloq qo&#8217;rg&#8217;onlari, ilk shaharlari va qabrlar topilgan. Ularning ba&#8217;zilari qal&#8217;ali, mustahkamlangan va ayrimlari mustahkamlanmagan. Dehqonlar vohalarda bug&#8217;doy, arpa, suli, paxta etishtirganlar. Uylardan don omborxonalari, yorg&#8217;uchoqlar, ketmoncha, hovoncha dastalari topilgan. Kulolchilikda charxdan foydalanganlar. Sopollitepadan topilgan ashyolar aholining o&#8217;sha davrdagi hunarmandchiligi, turmushi, san&#8217;ati haqida boy material berdi. Bu yerda murakkab va o&#8217;ziga xos 3 qatorli mudofaa devori bo&#8217;lgan, maydoni qariyb 1 gektar kvadrat shakldagi qo&#8217;rg&#8217;on qazib ochildi. Qo&#8217;rg&#8217;ondagi mahallalar ko&#8217;chalar bilan bo&#8217;lingan. Uylarda mo&#8217;rili o&#8217;choq, ayrim xonalarda sandal o&#8217;rni, ganch suvoq qoldiqlari topildi. Topilmalar hunarmandchilik, xususan, metallurgiya (mehnat va mudofaa qurollari, idishlar, bezak, ko&#8217;zgu), kulolchilik, to&#8217;qimachilik (ip va ipakdan to&#8217;qilgan mato qoldiqlari), yog&#8217;ochsozlik (qurilish konstruktsiyalari, uy jihozlari) va boshqa yuksak rivojlanganligini ko&#8217;rsatdi. Qal&#8217;ada 20 dan ziyod kulolchilik xumdoni ochib o&#8217;rganildi. Kulolchilikda yuqori sifatli nafis idishlar (qadah, ko&#8217;za, xum, choynak, piyola, kosa, lagan va hokazolar) tayyorlangan. Xorazmda miloddan avvalgi 2-ming yillikning 2-yarmida Jez davrining Tozabog&#8217;yop madaniyati mavjud bo&#8217;lgan. Bu madaniyat Burgut qal&#8217;a vohasidagi Tozabog&#8217;yop kanali yaqinidan topilgan. Dehqonchilik va irrigasiya tarmoqlari ancha rivojlanganligi bilan farq qiladi (ongqa-2, Qavat-3 makonlari, Ko&#8217;kcha-3 va boshqa mozorqo&#8217;rg&#8217;onlar). Aholi, asosan, cho&#8217;l, zonalarida tomi qamish bilan yopilgan kulba va yarim yerto&#8217;lali chaylalarda yashagan, xonaki chorvachilik, zaxkash va nam yerlarda obikor dehqonchilik bilan shug&#8217;ullangan. Bu davrda metall quyish texnikasi yuksak bo&#8217;lgan. Yassi tubli chizma boshoqsimon naqshlangan idishlar topilgan. Jez metallurgiyasi keng rivojlangan. Xorazmda so&#8217;nggi jez \u2014 ilk temir davriga suvyorgan (miloddan avvalgi 2-ming yillik) va Amirobod (miloddan avvalgi 1-ming yillik boshi) madaniyatlari mansub. Suvyorgan madaniyati qabilalari yog&#8217;och ustunli to&#8217;g&#8217;ri burchakli chaylalarda yashagan. O&#8217;choq atrofidan sirti qizilga bo&#8217;yalgan sopol idishlar topilgan. Topilmalar ichida mikrolitlar ko&#8217;p uchraydi. Bu madaniyat 3 bosqichni (Qamishli, bozor, qal&#8217;a, Qovunchi) o&#8217;tgan. Urug&#8217;jamoalari ovchilik, podachilik va dehqonchilik bilan shug&#8217;ullangan. Ijtimoiy hayotda dastlab ona urug&#8217;i an&#8217;analari kuchli bo&#8217;lgan, lekin keyingi ikki bosqichda erkaklarning jamoadagi mavqei ortgan. Ayollar erlarga iqtisodiy jihatdan karam bo&#8217;la bordi. Katta oila jamoalarida ota huquqi qaror topib mustahkamlandi. Endi qarindoshlik otaga qarab belgilandi, urug&#8217;lar ichidagi munosabatlar otaning iqtisodiy va huquqiy hukmronligi asosida qurilib, bolalar ota mulkiga merosxo&#8217;r bo&#8217;la boshladi. Amirobod madaniyati odamlari yarim yerto&#8217;la uylarda yashagan, uylarning markazida katta o&#8217;choq bo&#8217;lgan. Sopol idishlari tagi yassi, dag&#8217;al ishlanib, boshoqsimon naqsh berilgan. Aholi urug&#8217; jamoalariga birlashib dehqonchilik va chorvachilik bilan shug&#8217;ullangan. Sug&#8217;orish tarmoqlari yaxshi rivojlangan. Yakkaporson-2 dan jez igna, o&#8217;roq, suyak dastali bigiz, o&#8217;q-yoy paykonlari topilgan. Farg&#8217;ona vodiysida so&#8217;nggi Jez davriga mansub Chust madaniyati aholisining asosiy mashg&#8217;uloti dehqonchilik, chorvachilikdan iborat bo&#8217;lgan. Xom g&#8217;ishtdan uylar yasalgan, mudofaa inshootlari qad ko&#8217;targan. Quyi Zarafshonning Zamonbobo madaniyati so&#8217;nggi Jez davrining Andropove madaniyatita juda yaqindir. Andronovo madaniyatining yuqori bosqichiga mansub yodgorliklar Xorazmda, Toshkentdagi Ko&#8217;kcha mozorida, Buxoro viloyati Qorako&#8217;l tumanida, Urgut tumanining Mo&#8217;minobod qishlog&#8217;ida, Chirchiq daryosi bo&#8217;yida \u2014 Achchiqko&#8217;l va Sergeli tepalarida topilgan. Toshkent vohasida so&#8217;nggi jez \u2014 ilk temir davri Burganli madaniyatida aksini topgan. Bu vaqtda ibtidoiy jamoa davri shiddat bilan yemirilib, qabilalar o&#8217;rtasida dastlabki sinfiy munosabatlar vujudga keldi. Juda keng tadqiqotlar natijasida shu narsa aniqlandiki, miloddan avvalgi 2-ming yillikning oxiri va 1-ming yillikning birinchi choragida O&#8217;rta Osiyo hududida dastlabki qadimgi davlat tuzilmalarining paydo bo&#8217;lishi kuzatiladi. Qarnab cho&#8217;ldan shu madaniyatga oid qadimgi ma&#8217;dan konini topilishi (1999) qadimgi Xorazmdagi davlatchilikning iqtisodiy negizlari kuchli bo&#8217;lganidan dalolat beradi. Ahmadali Asqarov, Abdulahad Muhammadjonov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Jez davri (miloddan avvalgi 2\u2014 1-ming yillik) \u2014 ibtidoiy jamoa davrida jezdan mehnat qurollari ishlangan tarixiy bosqich. Ibtidoiy odamlar bir necha yuz va ming yillar davomida mehnat qurollarini faqat toshdan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/jez-davri\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[208],"tags":[],"class_list":["post-94762","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-j-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/94762","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=94762"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/94762\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":94763,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/94762\/revisions\/94763"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=94762"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=94762"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=94762"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}