{"id":94822,"date":"2023-07-26T11:28:10","date_gmt":"2023-07-26T08:28:10","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=94822"},"modified":"2023-07-26T11:28:14","modified_gmt":"2023-07-26T08:28:14","slug":"jahon-pullari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/jahon-pullari\/","title":{"rendered":"Jahon pullari"},"content":{"rendered":"\n<p>Jahon pullari &#8211; umumiy universal to&#8217;lov vositasi sifatida tan olingan, xalqaro miqyosda hamma uchun xarid vositasi, boyliklarning umumiy o&#8217;lchov birligi, qiymatning xalqaro ifodasi bo&#8217;lgan pullar; jahon bozorida amal qiluvchi yuksak likvidli pullar. Jahon pullari milliy pullardan barcha mamlakatlarning xalqaro muomalasida ishlatilishi bilan farq qiladi. Jahon pullari qadimda xalqaro savdo paydo bo&#8217;lishi bilan vujudga kelgan. Dastlab Jahon pullari vazifasini boy, davlatlararo savdoda faol qatnashadigan mamlakatning oltin va kumush tangalari, keyinchalik oltin quymalar, yombilar bajargan (ular tangalarga nisbatan katta vaznga ega bo&#8217;lib, savdo aylanmasi katta bo&#8217;lgan, bir yo&#8217;la ko&#8217;p pul talab qilinadigan muomalada qo&#8217;llanilgan). 20-asrning 1-choragidan oltin pullar muomaladan chiqarilib, ular o&#8217;rnini bir pul birligiga to&#8217;g&#8217;ri keladigan sof oltin miqdori (g) bilan ta&#8217;minlangan qog&#8217;oz pullar egalladi. Shu paytdan boshlab, iqtisodiyoti kuchli mamlakatlarning barqaror deb tan olingan qog&#8217;oz pullari Jahon pullari vazifasini o&#8217;tay boshladi (2-jahon urushidan so&#8217;ng Jahon pullari vazifasini AQSh dollari o&#8217;z zimmasiga oldi). 20-asrning 70-yillariga kelib ko&#8217;pgina mamlakatlarda qog&#8217;oz pul birliklarining oltin ta&#8217;minoti bekor qilindi. Lekin shunga qaramay qog&#8217;oz Jahon pullari doirasi kengaydi va ular qatoriga erkin almashtiriladigan ingliz funt sterlingi, Germaniya markasi, Yaponiya ienasi, Shveytsariya franki qo&#8217;shildi. Keyingi yillarda bu milliy pullar ichida raqobat kuchayib, dunyo miqyosida AQSh dollari va Yaponiya ienasining mavqei ko&#8217;tarildi, natijada jahon bozori asosan ikki zona \u2014 AQSh dollari va Yaponiya ienasi zonalariga ajraldi. 1999 yil 1 yanvarda Yevropa Ittifoqining 11 mamlakati uchun umumiy bo&#8217;lgan yangi pul \u2014 yevro davlatlararo hisob-kitoblarda muomalaga kiritildi (2002 yil 1 yanvardan E. banknotlari va tangalari muomalaga chiqarildi). Bundan ko&#8217;zlangan maqsad Yevropada AQSh dollarining tazyiqiga qarshi kurashish, uning hukmronligiga barham berishdir. Jahon pullari sifatida yevro AQSh dollarining jiddiy raqobatchisi (1 AQSh dollari =1,13 yevro; 2002, Fevral). Xalqaro iqtisodiy integratsiya kuchayishi bilan Jahon pullarining turlari qisqarib, uning vazifasini ozchilik valyuta bajaradi. Ahmadjon O&#8217;lmasov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Jahon pullari &#8211; umumiy universal to&#8217;lov vositasi sifatida tan olingan, xalqaro miqyosda hamma uchun xarid vositasi, boyliklarning umumiy o&#8217;lchov birligi, qiymatning xalqaro ifodasi bo&#8217;lgan pullar; jahon bozorida amal qiluvchi yuksak &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/jahon-pullari\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[208],"tags":[],"class_list":["post-94822","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-j-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/94822","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=94822"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/94822\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":94823,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/94822\/revisions\/94823"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=94822"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=94822"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=94822"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}