{"id":94916,"date":"2023-07-26T15:41:55","date_gmt":"2023-07-26T12:41:55","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=94916"},"modified":"2023-07-26T15:41:58","modified_gmt":"2023-07-26T12:41:58","slug":"jettiosor-yetti-osor","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/jettiosor-yetti-osor\/","title":{"rendered":"Jettiosor, yetti osor"},"content":{"rendered":"\n<p>Jettiosor, yetti osor (yetti yodgorlik) \u2014 Sirdaryoning eski o&#8217;zani Quvondaryo havzasida joylashgan 20 ga yaqin qadimgi qo&#8217;rg&#8217;on-qal&#8217;a xarobalari majmuasi (miloddan avvalgi 3-2-asr \u2014 milodiy 7-8-asr). 1946, 1949-62 yillarda S. P. Tolstoy rahbarligidagi Xorazm arxeologiya etnografiya ekspeditsiyasi tadqiqot ishlari olib borgan. Qadimgi sug&#8217;orish inshootlari qoldiqlari topilgan. Mustahkamlangan qurg&#8217;onlar (ulardagi turar joy binolari), qal&#8217;alar, istehkomli qo&#8217;rg&#8217;on- qal&#8217;a va mozorqo&#8217;rg&#8217;onlar tekshirilgan. Ularning devorlari somonli g&#8217;ishtdan qurilgan. Devorlarning pastki qismida qamish (Xorazm mahalliy me&#8217;morligida hozir ham ishlatiladi) qoldiqlari topilgan. Istehkomli qo&#8217;rg&#8217;on-qal&#8217;a \u2014 Oltinosor bu xarobalar ichida eng yirigi bo&#8217;lib, maydoni 17 gektar. Devori (kengligi 1,5\u20142 metr, balandligi 3,5 metr) paxsa va xom g&#8217;ishtdan. Tashqi devori shinak va burjli bo&#8217;lgan. 2 qavatli katta turar joy binosi o&#8217;rni ochilgan. Jettiosorda yorg&#8217;uchoq, tegirmon toshi, turli shakldagi sopol idishlar (kuvacha, xumcha, xumlar va boshqalar), kamon o&#8217;q uchi \u2014paykon, turli taqinchoq (uzuklar va boshqalar) lar topilgan. Sopol idishlar och- sariq, qora jigarrang, qizil, ko&#8217;k, oq angob bilan bo&#8217;yalgan, ayrimlarining pastki qismida qora zaminga oq chiziq tortilgan. Jettiosor moddiy madaniyati Xorazmdagi afrig&#8217;iylar madaniyatiga sezilarli ta&#8217;sir ko&#8217;rsatgan. S. P. Tolstoyning fikriga ko&#8217;ra, Jettiosor yodgorliklari toxarlarga mansub bo&#8217;lgan. Aholi patriarxal urug&#8217;chilik tuzumida yashab sug&#8217;orma dehqonchilik, chorvachilik va baliqchilik bilan mashg&#8217;ul bo&#8217;lgan. Keyinchalik Jettiosor aholisi Amudaryo va Sirdaryo bo&#8217;ylariga ko&#8217;chib o&#8217;tgan. Ad.Tolstoy S. P., Po drevnim deltam Oksa i Yaksarta, M., 1962; Levina L . M ., Qadimgi Xorazm madaniyatini izlab, T., 1964.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Jettiosor, yetti osor (yetti yodgorlik) \u2014 Sirdaryoning eski o&#8217;zani Quvondaryo havzasida joylashgan 20 ga yaqin qadimgi qo&#8217;rg&#8217;on-qal&#8217;a xarobalari majmuasi (miloddan avvalgi 3-2-asr \u2014 milodiy 7-8-asr). 1946, 1949-62 yillarda S. P. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/jettiosor-yetti-osor\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[208],"tags":[],"class_list":["post-94916","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-j-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/94916","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=94916"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/94916\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":94917,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/94916\/revisions\/94917"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=94916"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=94916"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=94916"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}