{"id":94971,"date":"2023-07-27T07:43:07","date_gmt":"2023-07-27T04:43:07","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=94971"},"modified":"2023-07-27T07:43:11","modified_gmt":"2023-07-27T04:43:11","slug":"xals-gals-hals-frans","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/xals-gals-hals-frans\/","title":{"rendered":"Xals, Gals (Hals) Frans"},"content":{"rendered":"\n<p>Xals, Gals (Hals) Frans (taxminan 1581-85, Antverpen \u2014 1666.28.6, Xarlem) \u2014 golland rassomi, portret ustasi; Yevropa realistik san&#8217;atining yirik namoyandasi. Xals ijodida burjua inqilobi g&#8217;alabasidan keyin yuzaga kelgan golland san&#8217;atiga xos bo&#8217;lgan ko&#8217;tarinkilik, hayot zavqi va demokratizm o&#8217;z aksini topgan; rassom bo&#8217;yoq dog&#8217;larini erkin qo&#8217;llash orqali inson ruhiyatini tasvirlash ko&#8217;lamini kengaytirdi, ko&#8217;proq tasvirlanayotgan shaxsning ichki ruhiyatidagi yorqin lahzani badiiy muhrlashga intildi. 20-yillarda portretlar bilan bir qatorda janrli lavhalar ham yaratdi, muqaddas zotlar Real hayotdan olingan oddiy odamlar qiyofasida tasvirlandi (&#8220;Evangelist Luka&#8221;, &#8220;Evangelist Matfey&#8221;, taxminan 1623-25 yillar), golland jamiyatidagi ijtimoiy tiplar obrazlari galereyasi yuzaga keldi (&#8220;V. van Xeytxeyzen&#8221;, taxminan 1625-26; &#8220;lo&#8217;li&#8221;, &#8220;mulat&#8221;, taxminan 1630 va boshqalar). Guruh portretlar ustida izlangan rassom tasvirlariga hayotiylik va haqqoniylik baxsh etdi (&#8220;Avliyo Adrian o&#8217;qchilar rotasi zobitlari guruh portreti&#8221;, 1633; &#8220;Avliyo Georgiy o&#8217;qchilar rotasi zobitlari&#8221;, 1639 va boshqalar). 40-yillardan portretlarida psixologik holatlar chuqurlashdi (&#8220;Avliyo Yelizaveta kasalxonasi regentlari&#8221;, 1641), asarlari Koloritida kumusheimon kulrang tuslar ortib bordi. So&#8217;nggi davrlarda yaratilgan oq va qora ranglar keskinligiga asoslangan asarlarida chorasizlik va tushkunlik kayfiyatlari ko&#8217;zga tashlanadi (&#8220;Qariyalar uyi regentlari&#8221;, 1664). Xals ijodi G&#8217;arbiy Yevropa realistik san&#8217;atining cho&#8217;kqilaridan biri bo&#8217;lib qoldi. Shogirdlari orasida A. Brauer, akauka A. va I. Ostadelar, Ya. Sten va boshqalar bor. Asarlarining ko&#8217;p qismi Xarlemdagi Xals muzeyida sakdanadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Xals, Gals (Hals) Frans (taxminan 1581-85, Antverpen \u2014 1666.28.6, Xarlem) \u2014 golland rassomi, portret ustasi; Yevropa realistik san&#8217;atining yirik namoyandasi. Xals ijodida burjua inqilobi g&#8217;alabasidan keyin yuzaga kelgan golland san&#8217;atiga &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/xals-gals-hals-frans\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[209],"tags":[],"class_list":["post-94971","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-x-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/94971","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=94971"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/94971\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":94972,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/94971\/revisions\/94972"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=94971"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=94971"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=94971"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}