{"id":95174,"date":"2023-07-28T08:28:32","date_gmt":"2023-07-28T05:28:32","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=95174"},"modified":"2023-07-28T08:28:37","modified_gmt":"2023-07-28T05:28:37","slug":"taxtakopir-tumani","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/taxtakopir-tumani\/","title":{"rendered":"Taxtako&#8217;pir tumani"},"content":{"rendered":"\n<p>Taxtako&#8217;pir tumani \u2013 Qoraqalpog&#8217;iston Respublikasidagi tuman. 1928 yil may oyida tashkil qilingan. 1963 yil Taxtako&#8217;pir tumani tugatilib, Chimboy tumaniga birlashtirilgan. 1965 yil o&#8217;z nomi bilan Chimboy tumanidan ajralib chiqqan. Taxtako&#8217;pir tumani janubdan Beruniy, Janubi sharqdan Ellikqal&#8217;a, g&#8217;arbdan Qorao&#8217;zak, shimoli g&#8217;arbdan Mo&#8217;ynoq tumani, shimoli sharqdan Qozog&#8217;iston Respublikasi va sharqsan Navoiy viloyati bilan chegaradosh. Maydoni 21,1 ming km2. Aholisi 42,6 ming kishi (2004). Tumanda 1 shaharcha (Taxtako&#8217;pir), 8 ovul fuqarolar yig&#8217;ini (Beltov, Janadaryo, Mulik, Otako&#8217;l, Taxtako&#8217;pir, Qoraoy, Qorateran, Qo&#8217;ng&#8217;irotko&#8217;l) bor. Markazi \u2014 Taxtako&#8217;pir shaharchasi. Tabiati. Tuman hududi Amudaryo quyi oqimi chap sohilida joylashgan. Relefi, asosan, tekislik va Beltov qirlaridan iborat. Shim.sharqi Qizilqum cho&#8217;li bilan tutashadi. Tumanda Borshining tog&#8217;i (balandligi Qorateran ko&#8217;lining yuzasidan 35-37 metr, Qizilqum bilan tutashgan joyda), Miskin, jalanash qumi, Amanda, Oqqum tepaliklari, Qorataqir, Shertaktaqir tekisliklari mavjud. Qizilqum cho&#8217;li qo&#8217;ylar uchun asosiy yaylov hisoblanadi. Beltovda qurilish materiallaridan gips, shag&#8217;al va boshqalar bor. Iqlimi keskin kontinental. Yozi issiq, qishi sovuq. Yillik o&#8217;rtacha temperatura 11\u00b0. Yanvarning o&#8217;rtacha temperaturasi -6\u00b0, eng past temperatura -35\u00b0. Iyulning o&#8217;rtacha temperaturasi 27\u00b0, eng yuqori temperatura 43\u00b0. Yillik yog&#8217;in miqdori 100 mm, asosan, qish va bahorda yog&#8217;adi. Tuman ekinzorlari Qizketgan kanalidan ajralib chiqqan Quvonchyorma kanali va uning tarmoqlari (Timpiy, Bo&#8217;zyop, Jilvonyop, Badrakyop)dan sug&#8217;oriladi. Eng yirik Qorateran ko&#8217;lida (maydoni 126 km2) baliq urchitiladi. Tog&#8217;etagidagi bu ko&#8217;l sohillari dam olish joyi hisoblanadi. Undan tashqari Otako&#8217;l, Mavdak, Echkio&#8217;lgan, Qorako&#8217;l, Aqbas va boshqa ko&#8217;llar bor. Tuproqpari botqoq, o&#8217;tloqi botqoq, sho&#8217;r, bo&#8217;z, taqir, sur, qo&#8217;ng&#8217;ir va qumli tuproqlardan iborat. Qumliklarda saksovul, selin, quyonsuyak, qizilcha, yantoq, oqbosh, ajriq, qoraborak, turang&#8217;il, jiyda, yulg&#8217;un, tol, Beltov qirlarida oqshuvoq va sho&#8217;ralar o&#8217;sadi. Yovvoyi hayvonlardan qobon, quyon, jayran, bo&#8217;ri, tulki, chiyabo&#8217;ri, bo&#8217;rsiq, qo&#8217;shoyoq, ko&#8217;rsichqon; sudraluvchilardan ilonlar, har xil kaltakesaklar, toshbaqa; qushlardan tuvaloq, to&#8217;rg&#8217;ay, chumchuq, qarg&#8217;a, burgut, boyo&#8217;g&#8217;li, to&#8217;qaylarda qiryuvul, qarchig&#8217;ay, qirg&#8217;iy, ko&#8217;llarda g&#8217;oz, o&#8217;rdak va boshqalar uchraydi. Baliqlardan sazan, laqqa, oq Amur, oq qayroq (jerex) va boshqalar ko&#8217;p, ondatra ham bor. Aholisi ning asosiy qismini qoraqalpoq va qozoqlar tashkil etadi, shuningdek, o&#8217;zbek, qirg&#8217;iz, tatar, rus va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining o&#8217;rtacha zichligi 1 km2ga 2 kishi. Shaharliklar 17,1 ming kishi, qishloq aholisi 25,5 ming kishi. Xo&#8217;jaligi. Tuman iqtisodiy negizini paxtachilik va chorvachilik tashkil etadi. Taxtako&#8217;pir tumanida &#8220;Taxtako&#8217;pirdon&#8221; sanoat korxonasi, 123 ta kichik va o&#8217;rta xususiy korxonalar, 7 aktsiyadorlik jamiyati, Qoraqalpog&#8217;iston \u2014 Qozog&#8217;iston &#8220;Taxtaqishloqmash&#8221; qo&#8217;shma korxonasi, qurilish tashkilotlari, avtokorxona, savdo, madaniy, maishiy xizmat ko&#8217;rsatish shoxobchalari bor. Elektr energiya Taxiatosh issiklik elektr stansiyasidan olinadi. Tuman qishloq xo&#8217;jaligi. asosan, paxtachilik, gallachilik va chorvachilikka ixtisoslashgan. Sholikorlikka va qorako&#8217;lchilikka ham jiddiy e&#8217;tibor berilmoqda, shuningdek, bog&#8217;dorchilik, sabzavot va polizchilik ham rivojlangan. Taxtako&#8217;pir tumanida 32,7 ming gektar maydonda dehqonchilik qilinadi. Paxta, don, sholi, kartoshka, sabzavot va poliz, yemxashak ekinlari ekiladi. Tumanda 10 shirkat, 264 fermer xo&#8217;jaligi, 1 fermer xo&#8217;jaliklar uyushmasi mavjud. Shundan 4 shirkat xo&#8217;jaligi qorako&#8217;lchilikka ixtisoslashgan, qolganlarida, paxta, sholi bug&#8217;doy etishtiriladi. 264 fermer xo&#8217;jaligidan 254 tasi dehqonchilik, 3 tasi bog&#8217;dorchilik, 7 tasi chorvachilik bilan shug&#8217;ullanadi. Tuman xo&#8217;jaliklariga 5 muqobil MTP xizmat ko&#8217;rsatadi. Tuman va jamoa shaxsiy xo&#8217;jaliklarida 3997 qoramol (shundan 1316 sigir), 40255 qo&#8217;y boqiladi (2004), shuningdek, tuya, yilqi, echkilar ham bor. 2003\/2004 o&#8217;quv yilida 23 umumiy ta&#8217;lim maktabida 10446 o&#8217;quvchi ta&#8217;lim oldi. Musiqa maktabi, 2 kasb-hunar kolleji, cho&#8217;pon bolalar maktabinternati, test markazi mavjud. Madaniyat uyi, 25 kutubxona, 10 klub muassasasi faoliyat ko&#8217;rsatadi. Tuman Markaziy kasalxonasi (235 o&#8217;rin), bolalar kasalxonasi, qishloq kasalxonasi, stomatologiya poliklinikasi, 13 feldsherakusherlik punkti, 6 qishloq vrachlik punkti ishlab turibdi (2004). Taxtako&#8217;pir tumanida &#8220;Aydos qala&#8221; sanatoriysi bor. &#8220;Taxtako&#8217;pir tongi&#8221; tuman gazetasi (qoraqalpoq tilida) chiqadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Taxtako&#8217;pir tumani \u2013 Qoraqalpog&#8217;iston Respublikasidagi tuman. 1928 yil may oyida tashkil qilingan. 1963 yil Taxtako&#8217;pir tumani tugatilib, Chimboy tumaniga birlashtirilgan. 1965 yil o&#8217;z nomi bilan Chimboy tumanidan ajralib chiqqan. Taxtako&#8217;pir &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/taxtakopir-tumani\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[187],"tags":[],"class_list":["post-95174","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-t-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/95174","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=95174"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/95174\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":95175,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/95174\/revisions\/95175"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=95174"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=95174"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=95174"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}