{"id":95187,"date":"2023-07-28T10:04:40","date_gmt":"2023-07-28T07:04:40","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=95187"},"modified":"2023-07-28T10:04:43","modified_gmt":"2023-07-28T07:04:43","slug":"uchquduq-tumani","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/uchquduq-tumani\/","title":{"rendered":"Uchquduq tumani"},"content":{"rendered":"\n<p>Uchquduq tumani &#8211; Navoiy viloyatidagi tuman. 1982 yil 25 martda tashkil etilgan. Shimoldan Qozog&#8217;iston Respublikasi, g&#8217;arbdan Qoraqalpog&#8217;iston Respublikasi, Janubdan Buxoro viloyati va sharqdan Tomdi, Konimex tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 46,63 ming km2. Aholisi 38,8 ming kishi (2004). Tumanda 5 qishloq fuqarolar yig&#8217;ini (Avangard, Bo&#8217;zdo&#8217;ngi, Mingbuloq, Oltintov, Uzunquduq) bor. Markazi \u2014 Uchquduq shahri. Tabiati. Tuman hududi viloyatning g&#8217;arbida, Qizilqum cho&#8217;lida joylashgan. Relefi, asosan, tekislik. Qizilqum cho&#8217;li qo&#8217;ylar uchun asosiy yay- lov hisoblanadi. Iqlimi keskin kontinental. Yozi issiq, qishi sovuq. Yillik o&#8217;rtacha temperatura 1 gradus, yanvarning o&#8217;rtacha temperaturasi -6\u00b0, eng past temperatura -35\u00b0. Iyulning o&#8217;rtacha temperaturasi 27\u00b0, eng yuqori temperatura 45\u00b0. Vegetatsiya davri 190 kun. Yiliga 45-46 mm yog&#8217;in tushadi. Yog&#8217;in, asosan, qish va bahorda yog&#8217;adi. Tuproqlari taqirli, sur qo&#8217;ng&#8217;ir va qumli tuproqlardan iborat. Yovvoyi o&#8217;simliklardan Qizilqum yaylovlarida saksovul, yantoq, adrasman, tuyaqorin, selin, quyonsuyak, qizilcha, tekisliklarda turang&#8217;il, jiyda, yulg&#8217;un, tol va boshqalar bor. Beltov qirlarida oqshuvoq va sho&#8217;ralar o&#8217;sadi. Yovvoyi hayvonlardan, tog&#8217;larda qobon, quyon, jayran, bo&#8217;ri, tulki, chiyabo&#8217;ri, yovvoyi mushuk, bo&#8217;rsiq, qo&#8217;shoyoq, ko&#8217;rsichqon; sudraluvchilardan toshbaqa, ilonlar, har xil kaltakesaklar; qushlardan tuvaloq, to&#8217;rg&#8217;ay, burgut yashaydi. Uchquduq tumani hududida Muruntov oltin koni joylashgan. Aholisi, asosan, o&#8217;zbek va qozoqlar, shuningdek, rus, ukrain, qoraqalpoq, tojik, tatar va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining o&#8217;rtacha zichligi 1km2 ga 0,8 kishi. Shahar aholisi 25,3 ming kishi, qishloq aholisi 13,5 ming kishi (2004). Xo&#8217;jaligi. Tumanda 279 korxona, shu jumladan, 226 mikrofirma, 13 kichik, 13 o&#8217;rta, 27 yirik korxona faoliyat ko&#8217;rsatadi. Undan tashqari, O\u2019zbekiston\u2014Rossiya &#8220;Promelektro&#8221; qo&#8217;shma korxonasi mavjud. Qishloq xo&#8217;jaligida yaylov chorvachiligi (qoramol, qo&#8217;y, jumladan, Qorako&#8217;l qo&#8217;ylari va echki, yilqi, tuya boqiladi) rivojlangan. Uchquduq tumanidagi jamoa va shaxsiy xo&#8217;jaliklarida 2,2 ming qoramol (shu jumladan, 1714 sigir), 137,3 ming qo&#8217;y va echki, 1,7 ming yilqi, 1,2 ming tuya boqiladi. Parrandachilik bilan ham shug&#8217;ullaniladi (2004). Tumandagi 22 umumiy ta&#8217;lim maktabi, shu jumladan, 1 gimnaziyada 8 mingdan ziyod o&#8217;quvchi ta&#8217;lim oladi. Konchilik kasbhunar kolleji faoliyat ko&#8217;rsatadi (2004). 2 madaniyat uyi, 8 kutubxona, bolalar musiqa va san&#8217;at maktabi, stadion, sog&#8217;lomlashtirish punkti, suzish xavzasi va boshqa sport inshootlari bor. Markaziy kasalxona, tibbiy sanitariya qismi, davlat sanitariya epidemiologiya nazorat markazi, sil kasalligiga karshi dispanser, poliklinika, ayollar va bolalar konsultatsiyasi, dorixona, 2 qishloq vrachlik punkti, 4 kasalxona faoliyat ko&#8217;rsatadi. Tuman markazi (Uchquduq) bilan ovular o&#8217;rtasida va Navoiy shahriga avtobuslar qatnaydi. Tumanda &#8220;Dostik\u2014Drujba&#8221; gazetasi chiqariladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Uchquduq tumani &#8211; Navoiy viloyatidagi tuman. 1982 yil 25 martda tashkil etilgan. Shimoldan Qozog&#8217;iston Respublikasi, g&#8217;arbdan Qoraqalpog&#8217;iston Respublikasi, Janubdan Buxoro viloyati va sharqdan Tomdi, Konimex tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 46,63 &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/uchquduq-tumani\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[213],"tags":[],"class_list":["post-95187","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-u-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/95187","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=95187"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/95187\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":95188,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/95187\/revisions\/95188"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=95187"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=95187"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=95187"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}