{"id":95415,"date":"2023-07-29T14:32:47","date_gmt":"2023-07-29T11:32:47","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=95415"},"modified":"2023-07-29T14:32:53","modified_gmt":"2023-07-29T11:32:53","slug":"ugom-tizmasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ugom-tizmasi\/","title":{"rendered":"Ugom tizmasi"},"content":{"rendered":"\n<p>Ugom tizmasi &#8211; G&#8217;arbiy Tyanshanning bir qismi. Tizmaning Janubiy g&#8217;arbiy qismi Toshkent viloyati Bo&#8217;stonliq tumani hududida. Talas Olatovidan (Manas tog tuguni yaqinidan) boshlanib Janubi G&#8217;arb tomon 115 kilometrga cho&#8217;zilgan. Piskom va Ugom daryolari oralig&#8217;ida. Uning Janubiy g&#8217;arbiy qismi O&#8217;zbekistonda, shimoliy Sharqiy qismi esa Qozog&#8217;iston hududida. Suvayirg&#8217;ich yaqinidan ikki davlatning chegarasi o&#8217;tadi. O&#8217;rtacha balandligi 3000-3500 metr, Janubi G&#8217;arb tomon pasayib boradi. O&#8217;zbekistondagi qismi ancha past, Chirchiq daryosi yaqinida balandligi 1500 metr. Ugom tizmasining ayrim cho&#8217;qqilari 3500-4000 metrga ko&#8217;tarilgan. Eng baland cho&#8217;qqisi sayram (4238 metr). Sayram cho&#8217;qqisidan Ugom tizmasi bir qancha tarmoqlarga ajraladi, bulardan eng yiriklari Tuproqbel va Maydontoldir. Bu tarmoqlar ancha baland bo&#8217;lib, ba&#8217;zi cho&#8217;qqilari 4000 metrdan yuqori \u2014 (Tuproqbel \u2014 4234 metr). Ugom tizmasining bu qismida doimiy qor uyumlari va kichik muzliklar mavjud. Ugom tizmasining suvayirg&#8217;ich qismi asosan, qoyali. Ba&#8217;zi joylarida tekislangan yuzalar bor. Janubiy g&#8217;arbiy yon bag&#8217;ri ancha tik, shimoli sharqiysi esa biroz nishabroq. Yon bag&#8217;irlarida ko&#8217;plab kalta, chuqur daralar bor. Ostona va sharsharalar hosil qiluvchi daryolar bilan kesilgan. Ugom tizmasi gersin burmalanishi davrida shakllangan antiklinoriydir. Hozirgi balandligiga yangi tektonik harakatlar ta&#8217;sirida ko&#8217;tarilgan. Paleozoy davriga mansub ohaktosh, dolomit, qumtosh, slanes, granit, granodiorit, porfir kabi tog\u2019 jinslaridan tashkil topgan. Ohaktoshlarda karst jarayonlari rivojlangan. Suvayirg&#8217;ich qismidagi tekislangan yuzalarda karrlar, karst, voronka va botiqlar, yon bag&#8217;irlarida esa karst g&#8217;orlari, quduklari va shaxtalari keng tarqalgan. Ugom tizmasi Chorvoq botig&#8217;ini shimoliy G&#8217;arb tomondan o&#8217;rab turadi. Iqlimi tog&#8217;ga xos, yog&#8217;ingarchilik, ayniqsa, uning shimoliy Sharqiy qismida, ko&#8217;proq (1500-2000 millimetr). Yon bag&#8217;irlarida tipik va to&#8217;q bo&#8217;z, qo&#8217;ng&#8217;ir, jigarrang o&#8217;rmon tuproqlari tarqalgan. Chalacho&#8217;l, dasht o&#8217;simliklari, daryo vodiylarida butalar o&#8217;sadi. Tog&#8217; yon bag&#8217;irlari o&#8217;rmonzor, suvayirg&#8217;ich qismida, o&#8217;tloq dashtlar, subalp va Alp o&#8217;tloqlari tarqalgan. Hayvonlardan o&#8217;rmonlarda qobon, bo&#8217;rsiq, Olmaxon, tizmaning baland qismlarida kiyik, qor qoploni, bo&#8217;ri, ayiq va boshqalar; qushlardan kaklik, kaptar, bulbul, chumchuq, lochin, kalxat va boshqalar yashaydi. Foydali qazilmalaridan ohaktosh, granit, marmar bor. Ugom tizmasining shimoli sharqida Oqsuvjabag&#8217;li qo&#8217;riqxonasining g&#8217;arbiy qismi joylashgan. Ugom tizmasining Chatqol tog&#8217;lariga yaqin kelgan joyiga Chorvoq GES to&#8217;g&#8217;oni qurilgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ugom tizmasi &#8211; G&#8217;arbiy Tyanshanning bir qismi. Tizmaning Janubiy g&#8217;arbiy qismi Toshkent viloyati Bo&#8217;stonliq tumani hududida. Talas Olatovidan (Manas tog tuguni yaqinidan) boshlanib Janubi G&#8217;arb tomon 115 kilometrga cho&#8217;zilgan. Piskom &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ugom-tizmasi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[213],"tags":[],"class_list":["post-95415","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-u-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/95415","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=95415"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/95415\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":95418,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/95415\/revisions\/95418"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=95415"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=95415"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=95415"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}