{"id":95475,"date":"2023-07-30T09:41:53","date_gmt":"2023-07-30T06:41:53","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=95475"},"modified":"2023-07-30T09:41:56","modified_gmt":"2023-07-30T06:41:56","slug":"ust-orda-buryatlari-muxtor-okrugi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ust-orda-buryatlari-muxtor-okrugi\/","title":{"rendered":"Ust-O&#8217;rda buryatlari muxtor okrugi"},"content":{"rendered":"\n<p>Ust-O&#8217;rda buryatlari muxtor okrugi \u2014 Rossiya Federatsiyasi Irkutsk viloyati tarkibidagi okrug. 1937 yil 26 sentabrda tashkil etilgan. Maydoni 22,4 ming km2. Aholisi 135,3 ming kishi (2002). Aholisining ko&#8217;pchilik qismi ruslar (56%) va buryatlar (36%), shuningdek, tatar, ukrain va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Markazi \u2014 Ust-Ordinskiy shaharchasi. Tarkibida 6 ma&#8217;muriy tuman, 4 shaharcha bor. Muxtor okrug O&#8217;rta Sibir yassitog&#8217;ligining Janub qismida, Baykal qo&#8217;lining g&#8217;arbida, Lenaangara platosi doirasida joylashgan. O&#8217;rtacha balandligi 1000 metr. Yer yuzasi daryo vodiylari bilan o&#8217;yilgan. Foydali qazilmalari: toshko&#8217;mir (Irkutsk havzasining shimol chekkasi), gips (unga daryosi vodiysida) qurilish materiallari (ohaktosh, gil va boshqalar). Iqlimi keskin kontinental. Qishi kam qorli, sovuq. Yanvarning o&#8217;rtacha temperaturasi -22\u00b0, iyulniki 17\u00b0. Yiliga 300 millimetrga yaqin yog&#8217;in yog&#8217;adi. Vegetatsiya davri 110-125 kun. Yirik daryolari \u2014 Angara va uning irmoqlari. Chekka shimol sharqida Lena havzasiga mansub daryolar bor. Hududining katta qismida chimlikarbonatli ishqorsizlangan va kuchsiz podzollashgan tuproqlar tarqalgan. O&#8217;simliklari o&#8217;rmonli dasht zonasiga xos. Keng bargli daraxtlardan qayin va tog&#8217; terak uchraydi. O&#8217;rmonlarda har xil hayvonlar yashaydi (rosomaxa, tulki, kolonok, o&#8217;rmon sassiqko&#8217;zani, kemiruvchilardan tiyin, burunduk va boshqalar; qush turi ko&#8217;p). Xo&#8217;jaligida yetakchi tarmoklar: konchilik (ko&#8217;mir qazib olish), o&#8217;rmonchilik (&#8220;Baytog&#8221; o&#8217;rmonchilik xo&#8217;jaligi), yog&#8217;ochsozlik, oziq-ovqat (yog&#8217;va pishloq ishlab chiqarish) sanoatlari. Asosiy sanoat markazi \u2014 Ust-Ordinskiy shaharchasi. Okrug Baykalbo&#8217;yining asosiy qishloq xo\u2019jalik rayonlaridan biri. Chorvachiligi go&#8217;shtsut va jun yetishtirishga ixtisoslashgan. Qo&#8217;y, cho&#8217;chqa, yilqi boqiladi. Bug&#8217;doy, suli, arpa, shuningdek, kartoshka, sabzavot ekiladi. Muxtor okrug Janubi g&#8217;arbidan Transsibir magistrali (30 kilometr) o&#8217;tgan. Angara daryosida kema qatnaydi. Avtomobil yo&#8217;li uzunligi 2194 kilometr (2002). Aeroport, pedagogika bilim yurti, o&#8217;lkashunoslik muzeyi bor. 1 sanatoriykurort muassasasi faoliyat ko&#8217;rsatadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ust-O&#8217;rda buryatlari muxtor okrugi \u2014 Rossiya Federatsiyasi Irkutsk viloyati tarkibidagi okrug. 1937 yil 26 sentabrda tashkil etilgan. Maydoni 22,4 ming km2. Aholisi 135,3 ming kishi (2002). Aholisining ko&#8217;pchilik qismi ruslar &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ust-orda-buryatlari-muxtor-okrugi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[213],"tags":[],"class_list":["post-95475","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-u-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/95475","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=95475"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/95475\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":95480,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/95475\/revisions\/95480"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=95475"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=95475"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=95475"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}