{"id":95508,"date":"2023-07-30T10:31:38","date_gmt":"2023-07-30T07:31:38","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=95508"},"modified":"2023-07-30T10:31:41","modified_gmt":"2023-07-30T07:31:41","slug":"umr-umr-korish","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/umr-umr-korish\/","title":{"rendered":"Umr, umr ko&#8217;rish"},"content":{"rendered":"\n<p>Umr, umr ko&#8217;rish \u2014 organizm yashash davrining davomiyligi (ontogenezi). Umr organizmni qarilik va o&#8217;limga olib keladigan, yemiradigan va qayta tiklaydigan fiziologik va biokimyoviy jarayonlarning o&#8217;zaro ta&#8217;siridan iborat. Odatda, fiziologik, ekologik va o&#8217;rtacha Umr farq qilinadi. Fiziologik Umr tur individining qulay yashash sharoitidagi maksimal yoshi bilan; ekologik Umr esa uning tabiiy sharoitdagi maksimal yoshi bilan belgilanadi. O&#8217;rtacha Umr populyatsiya individlari umrining o&#8217;rtacha arifmetik qiymatidan iborat. O&#8217;rtacha Umr tashqi muhit sharoiti ta&#8217;sirida o&#8217;zgarib turadi; fiziologik va ekologik Umr esa o&#8217;zgarmas constant hisoblanadi. Hayvonlar Umri suyak qoldiqlari va tishlari, baliqlarniki \u2014 tana o&#8217;lchamlari, tangachalar va suzg&#8217;ich nurlari kesimi; mollyuskalar Umri chig&#8217;anoq halqalari orqali taxminan aniqlanadi. Tabiiy muhitda yovvoyi hayvonlar yoshini to&#8217;g&#8217;ri aniqlash qiyin. Qo&#8217;lda boqiladigan hayvonlarning faqat Fiziologik Umrni aniqlash mumkin. Uzoq Umr ko&#8217;rish hayvonlarning har xil sistematik guruhlari uchun xos. Masalan, osyotrsimonlar 50-100 yil, qurbaqa va Tritonlar \u2014 25-30 yilgacha, baqalar 12-13 yil, timsohlar va toshbaqalar 50-100 yil; boyqush, qarg&#8217;a, burgut, oq saqoqush, to&#8217;ti 50-70 yil, Baliqchi qush, turna, quzg&#8217;un, Afrika tuyaqushi 30-40 yil, ayrim sut emizuvchilar 70\u2014 110 yil Umr ko&#8217;radi. Bitta sistematik guruhga mansub turlar Umri bir-biridan bir necha baravar farq qiladi. Masalan, sut emizuvchilar sinfiga mansub kemiruvchilar (sichqon, kalamush) 3-4 yilgacha; juft tuyoqlilar (cho&#8217;chqa, qo&#8217;y, sigir) 15-30 yil; toq tuyoqlilar (zebra, eshak, ot) 30-70 yil Umr ko&#8217;radi. Sut emizuvchilarning tana yoki ayrim organlari (jigar, miya, buyrak usti bezi) og&#8217;irligi bilan Umr o&#8217;rtasida musbat; tana harorati bilan Umr o&#8217;rtasida manfiy korrelyatsiya kuzatiladi. Tana haroratining 10 darajaga pasayishi bilan, odatda, tana harorati pasayadigan issiq qonli hayvonlar uyquga ketmaydigan hayvonlarga nisbatan bir necha marta ko&#8217;proq Umr ko&#8217;radi. Ikkiga bo&#8217;linib ko&#8217;payadigan bir hujayralilar (masalan, amyobalar) va to&#8217;xtovsiz ko&#8217;payadigan to&#8217;qimalar qulay sharoitda cheksiz uzoq; ayrim tufelkalar kloni 10 yilgacha Umr ko&#8217;radi. Evolyutsiya jarayonida uzoq yashashga imkon beradigan belgilar to&#8217;planib borishi natijasida turlar Umri uzayib borgan va uzoq Umr ko&#8217;radigan yangi turlar paydo bo&#8217;lgan. Ayrim ma&#8217;lumotlarga qaraganda keyingi 60 yil davomida tuyoqli va yirtqich sut emizuvchilarning fiziologik umri 2-3 marta ortgan. Odam Umri ko&#8217;p jihatdan ijtimoiy sharoit bilan bog&#8217;liq. Masalan, o&#8217;rtacha Umr Qadimgi Gretsiyada 18 yilga, qadimgi Rimda 22 yilga yaqin, rivojlangan Yevropa mamlakatlarida Uyg&#8217;onish davrida \u2014 35 yilga, 19-asr o&#8217;rtasida \u2014 40 yilga teng bo&#8217;lgan. 20-asrda tibbiyot fanlarining yutug&#8217;i va ijtimoiy yuksalish natijasida odamning o\u2019rtacha umri 20 yildan ko&#8217;proq uzaygan. 20-asr 80-yillarida rivojlangan mamlakatlarda o&#8217;rtacha Umr erkaklar uchun 70 yil, xotin-qizlar uchun 76 yilga to&#8217;g&#8217;ri kelgan. Atrof-muhit sharoiti va turmush tarzi eng qulay bo&#8217;lganida odamning o&#8217;rtacha Umri 85 yilga yetishi mumkin. Odam Umrining yanada uzayishi qarish sir-asrorlarini chuqurroq bilib olish bilan bog&#8217;liq. Yuksak o&#8217;simliklar Umri yashash muddatiga binoan bir, ikki va ko&#8217;p yillik bo&#8217;ladi. Bunday bo&#8217;linishi shartli, chunki muhit sharoitiga qarab turning Umri o&#8217;zgarishi mumkin. Masalan, g&#8217;o&#8217;za va kanakunjut tropikada kup yillik, mo&#8217;tadil iqlimda bir yillik; ko&#8217;ng&#8217;irbosh pasttekisliklarda bir yillik, tof sharoitida ko&#8217;p yillik bo&#8217;lib o&#8217;sadi. Bir yillik o&#8217;simliklar orasida efermerlar ayniqsa qisqa (bir necha oy) Umr ko&#8217;radi. Ko&#8217;p yillik o&#8217;tlar Umri har xil: ayrim paporotniklar 100 yildan ortiq; gulli o\u2019simliklardan o\u2019t, buta, chalabutalar bir necha 10 yildan 100 yilgacha; baland tog&#8217;larda o\u2019sadigan ayrim chalabutalar (saurarcha) 300 yil, hatto 800 yil Umr ko\u2019radi. O&#8217;simliklar orasida, ayniqsa, daraxtlarning Umri uzoq bo&#8217;ladi. Masalan, mamont daraxti 4 ming yil, baobab 4-5 ming yil Umr ko&#8217;radi. AQShning Kaliforniya va Nevada Shtatlari chegarasida 4300 va 4680 yil umr ko\u2019rgan qarag&#8217;aylar; Surxon vodiysi Sayrob qishlog&#8217;ida 700 yilga yaqin Umr ko&#8217;rgan chinorlar bor. Lekin kupchilik daraxtlarning umri bir necha 10 yildan oshmaydi. Daraxtlar Umri poyadagi yillik halqalar soni, tanasining yug\u2019onligi, yillik qo&#8217;shimcha usishi, shoxlanishi, pustlog\u2019ining rangi va tuzilishiga qarab aniqlanadi. Tirik organizmlar, jumladan, odamning qarishi jarayonini gerontologiya o\u2019rganadi. Ad.: Urmanie B. Ts., Evolyutsiya Prodoljitelnosti jizni, M., 1978; fenomen dolgojitelstva antropologo-etnograficheskiy aspekt issledovaniya, M., 1982; Frolkis V.V., Starenie i biologicheskie vozmojnosti organizma, M., 1975. Ochil Mavlonov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Umr, umr ko&#8217;rish \u2014 organizm yashash davrining davomiyligi (ontogenezi). Umr organizmni qarilik va o&#8217;limga olib keladigan, yemiradigan va qayta tiklaydigan fiziologik va biokimyoviy jarayonlarning o&#8217;zaro ta&#8217;siridan iborat. Odatda, fiziologik, ekologik &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/umr-umr-korish\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[213],"tags":[],"class_list":["post-95508","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-u-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/95508","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=95508"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/95508\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":95509,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/95508\/revisions\/95509"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=95508"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=95508"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=95508"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}