{"id":95631,"date":"2023-07-31T08:54:02","date_gmt":"2023-07-31T05:54:02","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=95631"},"modified":"2023-07-31T08:54:06","modified_gmt":"2023-07-31T05:54:06","slug":"urbanizatsiya-4","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/urbanizatsiya-4\/","title":{"rendered":"Urbanizatsiya"},"content":{"rendered":"\n<p>Urbanizatsiya (Fransuzcha urbanisation, inglizcha urbanization, lotincha Urbanus \u2014 shaharga mansub, urbs \u2014 shahar) \u2014 jamiyat hayotida shaharlar rolining ortib borishi; ishlab chiqaruvchi kuchlarning joylashuvi, aholining ijtimoiy, demografik tarkibi, turmush tarzi va madaniyatidagi o&#8217;zgarishlar bilan bog&#8217;liq. Urbanizatsiya \u2014 tarixiy rivojlanish asosida shakllangan jamiyat bosqichlari va hududiy mehnat taqsimoti natijasida sodir bo&#8217;lgan ko&#8217;p qirrali geografik, ijtimoiy-iqtisodiy va demografik jarayondir. Urbanizatsiyaning torroq doiradagi demografik-statistik tushunchasi dunyoda, alohida hududlarda, mamlakatlarda shaharlarning (ayniqsa, katta shaharlarning) va shahar aholisi salmog&#8217;ining ko&#8217;payib borishini anglatadi. Dastlabki shaharlar miloddan avvalgi 3-1- ming yilliklarda Misrda, Mesopotamiya, Suriya, Hindiston, kichik Osiyo, Xitoy, Hindixitoy, shuningdek, Yevropa va Afrikaning O&#8217;rta dengiz sohillarida vujudga kelgan. Yunonrim dunyosida esa Rim va Karfagen shaharlarining mavqei yuqori bo&#8217;lgan. O&#8217;rta asrlar va Uyg&#8217;onish davrida kapitalistik ishlab chiqarish unsurlari shakllana boshladi. Bu jarayon shaharlarda aholi sonining o&#8217;sib borishiga, kontsentrasiyalashuviga olib keldi. Iqtisodiy rivojlangan davlatlarda yirik shaharlar paydo bo&#8217;la boshladi. Urbanizatsiya jarayonining rivojlanishi shaharlarning o&#8217;sishi va shahar aholisining shakllanishi, shahar aholisining tabiiy o&#8217;sishi, shahar atrofi hududlarining ma&#8217;muriy jihatdan shaharga qo&#8217;shilib borishi, qishloq aholi manzilgohlarining shahar maqomini olishi bilan bog&#8217;liqdir. Shaharlarning o&#8217;sishida shahar atrofi zonalarida shahar turmush tarzining shakllanib borishi, ya&#8217;ni Urbanizatsiya jarayonining kuchayishi ham ahamiyatlidir. Katta shahar atrofida kichik shaharlar paydo bo&#8217;lib, katta shaharlarga qo&#8217;shilib boradi va shaharlar aglomerasiyassh hosil bo&#8217;ladi. Rivojlangan mamlakatlarda aglomeratsiya jarayoni avj olgan, alohida aglomeratsiyalarning qo&#8217;shilib ketishi natijasida megapolislar vujudga kelmoqda. Urbanizatsiyaning asosiy ko&#8217;rsatkichi shaharliklar sonining o&#8217;sishi va jami aholi tarkibida shahar aholisi salmog&#8217;ining ortib borishidir. 20-asrning oxiri va 21-asr boshlarida dunyoda shahar turmush tarzining qishloq joylariga tarqalishi, ya&#8217;in Urbanizatsiya jarayoni kuzatilmoqda. Bu esa shahar aholisi salmog&#8217;ining ortib borishiga olib kelmoqda. 1950 yil dunyo aholisining 28,9% shaharlarda yashagan. 1960 yil bu ko&#8217;rsatkich 33,9% ni, 1970 yil 37,4%, 1980 yil 41,1%, 1990 yil 45,8% va 2000 yil 51,2% ni tashkil etdi. Shahar aholisining salmog&#8217;i rivojlangan mamlakatlarda ancha yuqori (2000 yilda AQSh, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Shvetsiyada 75% va Germaniyada 94%, Rossiyada 73% bo&#8217;lgan). Osiyo va Afrikadagi rivojlanayotgan mamlakatlarda Urbanizatsiya jarayoni dunyoning o&#8217;rtacha ko&#8217;rsatkichidan ancha past. 2000 yilda shahar aholisining salmog&#8217;i Afg&#8217;oniston va Efiopiyada 11 \u2014 14% ni, Misr va Turkiyada 45% ni tashkil etdi. Urbanizatsiyaning hozirgi bosqichida katta shaharlarda aholi kontsentrasiyalashuvining o&#8217;sishi kuzatilmoqda. Bu jarayonda millioner (1 million va undan ortiq aholi yashaydigan) shaharlar alohida o&#8217;rin egallaydi. 1900 yilda dunyo bo&#8217;yicha millioner shaharlar soni o&#8217;nta bo&#8217;lgan bo&#8217;lsa, 21-asrga kelib bu ko&#8217;rsatkich 200 dan oshdi. Dunyoda aholisi 10 milliondan ortiq yirik shaharlar [Mexiko (25 million), Tokio (20 million), Seul (13 million), Pekin (11 million), Parij, Qohira, Buenos-Ayres va London (10 million)] mavjud. O&#8217;zbekistonda Urbanizatsiya jarayoni o&#8217;z tarixiy rivojlanish bosqichlariga ega. Uning rivojlanishi o&#8217;lkaning ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanishi va demografik xususiyatlari bilan bog&#8217;liq. O&#8217;zbekistonda eng qadimgi shaharlar bilan birga 20-asrning 2-yarmida vujudga kelgan shaharlar ham mavjud. 1913-80 yillarda O&#8217;zbekiston shaharlari soni va shahar aholisi salmog&#8217;i o&#8217;sdi. O&#8217;zbekistonda 120 ta shahar bo&#8217;lib, ularda 8249,3 ming kishi yashaydi (2003). Ularning 38 tasida aholi soni 20 minggacha bo&#8217;lgan kichikroq shaharlar, 65 tasi 20 mingdan 100 minggacha bo&#8217;lgan o&#8217;rta shaharlar, 16 tasi aholisi 100 mingdan 500 minggacha bo&#8217;lgan yirik shaharlar va Toshkent millioner shahardir. 19-asrning oxiridan boshlab O&#8217;zbekistonda Urbanizatsiya jarayoni rivojlanib kelmoqda. O&#8217;zbekistonda keyingi yillarda Urbanizatsiya ko&#8217;lamiga, asosan, shahar aholisining tabiiy o&#8217;sish jarayoni kamayib borishi ta&#8217;sir etmoqda. 1991 yil O&#8217;zbekistonda har 1000 aholiga nisbatan tabiiy o&#8217;sish 19,9 kishini tashkil etgan bo&#8217;lsa, 2002 yilda bu ko&#8217;rsatkich 10,8 kishini tashkil etdi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Urbanizatsiya (Fransuzcha urbanisation, inglizcha urbanization, lotincha Urbanus \u2014 shaharga mansub, urbs \u2014 shahar) \u2014 jamiyat hayotida shaharlar rolining ortib borishi; ishlab chiqaruvchi kuchlarning joylashuvi, aholining ijtimoiy, demografik tarkibi, turmush tarzi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/urbanizatsiya-4\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[213],"tags":[],"class_list":["post-95631","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-u-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/95631","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=95631"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/95631\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":95632,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/95631\/revisions\/95632"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=95631"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=95631"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=95631"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}