{"id":95636,"date":"2023-07-31T09:03:17","date_gmt":"2023-07-31T06:03:17","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=95636"},"modified":"2023-07-31T09:03:21","modified_gmt":"2023-07-31T06:03:21","slug":"universitet-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/universitet-2\/","title":{"rendered":"Universitet"},"content":{"rendered":"\n<p>Universitet (lotincha Universitas \u2014 yig&#8217;indi, majmua) \u2014 tabiiy, ijtimoiy va gumanitar yo&#8217;nalishda yuksak malakali mutaxassislar tayyorlashga yo&#8217;naltirilgan ko\u2019p tarmoqli oliy o&#8217;quv-ilmiy muassasa. Universitet o&#8217;z bitiruvchilarining kelajakdagi ilmiy-amaliy va pedagogik faoliyatlari uchun chuqur nazariy tayyorgarlik kurishlarini ta&#8217;minlaydi. O&#8217;quv va ilmiy tadqoqot ishlarining uzviy ravishda qo&#8217;shib olib borilishi Universitet ta&#8217;limining asosiy o&#8217;ziga xos jihatidir. Universitet musulmon Sharqidagi oliy madrasa yoki Madrasai oliya maqomiga to&#8217;g&#8217;ri keladi. Yaqin Sharq mamlakatlarida dorilfunun deb ataladi. O&#8217;rta asrlar Yevropasida dastlab turli sherikchilik birlashmalari, savdogarlar gildiyalari, sanoattijorat tsexlari va boshqa shirkatlar Universitet deb yuritilgan. Yevropada Universitetning yuzaga kelishi muayyan iqtisodiy taraqqiyotga erishilganligi, shaharlarning ko&#8217;payishi, hunarmandchilik va savdoning rivojlanishi, madaniyatning yuksalishi, shuningdek, ilm-fanning taraqqiy etib, turli falsafiy oqimlarning paydo bo&#8217;lishi bilan bog&#8217;liq. Shuning uchun ham ilk Universitetlar iqtisodiy jihatdan rivojlangan Italiya, Ispaniya, Frantsiya singari G&#8217;arbiy Yevropa mamlakatlarida tashkil topdi. Dastlabki Universitetlar Italiyaning Bolonya (11-asr), Salerno (12-asr oxirlari), Frantsiyaning Parij (1215), Monpele (1289), Bukj Britaniyaning Kembrij (1209), Oksford (12-asr 2-yarmi), Ispaniyaning Salamanka (1218), Portugaliyaning Lissabon (1290) shaharlarida paydo bo&#8217;ldi. 14-asrga kelib Markaziy Yevropada ham bir nechta Universitetlar ochildi. Ishlab chiqarish va ilm-fan taraqqiyoti tufayli 1348 yil Praga, 1364 yil Krakov, 1365 yil Vena Universitetlari yuzaga keldi. O&#8217;rta asrlardagi Universitetlarda, odatda, artistlik (tayyorlov), ilohiyot, tibbiyot, huquq singari 4 fakultet bo&#8217;lgan. Artistlik fakulte hamma uchun majburiy bo&#8217;lib, unda ritsarlar uchun zarur &#8220;yetti erkin san&#8217;at&#8221; o&#8217;rgatilgan. Artistlik fakultening grammatika, ritorika, dialektika asoslarini o&#8217;rgangan talabasiga san&#8217;at bakalavri darajasi berilgan. Fakultetning falsafa, arifmetika, geometriya, astronomiya va musiqa nazariyasining to&#8217;liq kursini o\u2019zlashtirgan talaba san&#8217;at magistri darajasiga erishgan va u qolgan 3 fakultetdan biriga kirib o&#8217;qish huquqini qo&#8217;lga kiritgan. Dastlabki Universitetlarda huddi madrasalardagi kabi o&#8217;qish muddati ham, talabalarning yosh chegarasi ham belgilab qo&#8217;yilmagan. Amalda Universitetda o&#8217;qish 12-14 yillab davom etgan. Chet ellardagi hozirgi Universitetlar tashkiliy tuzilishiga ko\u2019ra, mustaqil fakultet, institut, maktab va kollejlarning o&#8217;ziga xos birlashmasidan iborat. Dunyoning ko&#8217;p Universitetlarida ilmiy tadqiqotchilar bilan birga o&#8217;rta maktab o&#8217;qituvchilari ham tayyorlanadi. Odatda, aksar zamonaviy Universitetlarda tabiiyot, tibbiyot, huquq, filologiya, falsafa, iqtisod, muhandislik, ayrimlarida ilohiyot ftlari mavjud. Dunyoda Universitet ta&#8217;limining Buyuk Britaniya, Frantsiya va Ispaniya tizimlari keng yoyilgan. Jumladan, Buyuk Britaniyada Universitet ta&#8217;limi har biri 2 yil davom etadigan 3 bosqichdan iborat. 1-bosqich oraliq bosqich deb ataladi va unda asosan umumta&#8217;lim fanlar o&#8217;rganiladi. 2-bosqich mutaxassislik bosqichi deyiladi va talabaning bakalavr darajasini olishi bilan tugallanadi. 3-bosqich yuqori bosqich deb nomlanadi va bitiruvchi magistr darajasiga erishadi. Frantsiyada Universitet ta&#8217;lim tizimi doimiy bosqichlarga ajratilmagan. Bu yerda qaysi kasbni egallashiga qarab, talaba 4 yildan 7 yilgacha o&#8217;qiydi. Ispaniya Universitet ta&#8217;lim tizimi ham Frantsiya Universitet ta&#8217;lim tizimiga yaqin keladi. Turkistonda Universitet, ya&#8217;ni Madrasai oliya 10-asrdayoq yuzaga kelgan bo&#8217;lsada, zamonaviy ma&#8217;nodagi dastlabki Universitet Toshkentda 1918 yil 21 aprelda Turkiston xalq universiteti nomi bilan ochilgan. Ammo bu Universitet rus va yevropalik aholi uchun mo&#8217;ljallangan edi. Oradan 20 kun o&#8217;tib, o&#8217;zbek jadidlari tashabbusi bilan 1918 yil 12 mayda Munavvarqori Abdurashidxonov rahbarligida &#8220;Turkiston Musulmon xalq dorilfununi&#8221; tashkil etildi. O&#8217;zbekistonda ikkinchi Universitet 1933 yil Samarqand shahrida ochilgan. 1976 yilda Qoraqalpog&#8217;iston universiteti tashkil etildi. O&#8217;zbekiston mustaqillikka erishgunga qadar mamlakatimizda 3 Universitet faoliyat ko&#8217;rsatgan. 2002 yil O&#8217;zbekistonda 20 Universitet bo&#8217;lib, ularda 113,7 ming talaba ta&#8217;lim oldi. Respublikadagi ko\u2019p Universitetlar maktab, akademik-litsey va kasb-hunar kollejlari singari tuzilmalarni ham o&#8217;z ichiga oladi. 2. Universitet (O&#8217;zbekiston milliy universiteti va Toshkent texnika universiteti) o&#8217;z institutlariga ham ega.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Universitet (lotincha Universitas \u2014 yig&#8217;indi, majmua) \u2014 tabiiy, ijtimoiy va gumanitar yo&#8217;nalishda yuksak malakali mutaxassislar tayyorlashga yo&#8217;naltirilgan ko\u2019p tarmoqli oliy o&#8217;quv-ilmiy muassasa. Universitet o&#8217;z bitiruvchilarining kelajakdagi ilmiy-amaliy va pedagogik faoliyatlari &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/universitet-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[213],"tags":[],"class_list":["post-95636","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-u-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/95636","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=95636"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/95636\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":95637,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/95636\/revisions\/95637"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=95636"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=95636"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=95636"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}