{"id":96312,"date":"2023-08-01T07:10:51","date_gmt":"2023-08-01T04:10:51","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=96312"},"modified":"2023-08-01T07:10:54","modified_gmt":"2023-08-01T04:10:54","slug":"urartu","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/urartu\/","title":{"rendered":"Urartu"},"content":{"rendered":"\n<p>Urartu (ossuriycha atalishi; urartcha \u2014 Biaynili, Bibliyada \u2014 &#8220;Ararat podsholigi&#8221;) \u2014 G&#8217;arbiy Osiyodagi qadimgi davlat. (miloddan avvalgi 9\u2014 6-asrlar). Ravnaq topgan davrida Armaniston tog&#8217;lik rayoni (hozirgi Armanistonning butun hududi, Turkiya va Eronning bir qismi)ni qamragan. Aholisi \u2014 urartlar. Poytaxti \u2014 Tushpa shahri (hozirgi Turkiyadagi Van shahri) bo&#8217;lib, unda podsho Sarduri I davrida katta qurilish ishlari olib borilgan. Miloddan avvalgi 9-asr oxiri \u20148-asrning 1-yarmida Urartu davlati ravnaq topgan. Menua, Argishti I va Sarduri II podsholiklari davrida Urartu hududi ancha kengaygan. Bosib olingan viloyatlarda qal&#8217;alar qurilgan (Ararat tog&#8217;ining shimoliy yon bag&#8217;rida Menuaxinili shahri; Erebuni \u2014 Yerevan atrofidagi Arinberd tepaligi; Araksning so&#8217;l qirg&#8217;og&#8217;ida Argishtixinili). Urartuda qullar mehnatidan keng foydalanilgan. Miloddan avvalgi 8-asr o&#8217;rtasida Ossuriya podshosi Tiglatpalasar III (miloddan avvalgi 745-727) Urartu ko&#8217;shinlarini bir necha marta mag&#8217;lubiyatga uchratgan va Urartu tarkibiga kiruvchi shimoliy Mesopotamiya va shimoliy Suriyani egallagan. So&#8217;ngra Rusa I davrida Sargon II boshliq Ossuriya qo&#8217;shinining yurishlari natijasida mamlakat xonavayron bo&#8217;lgan. Biroq 7-asrda Urartu Janubiy Zakavkazeda hali ham o&#8217;z mavqeini saqlab qolgan edi. Rusa II (miloddan avvalgi 685-645) bu yerda yangi qal&#8217;alar bunyod etgan (jumladan, Teyshebaini va boshqalar). Skifkimmeriy yollanma qo&#8217;shini yordamida Urartu podsholari Frigiya podsholigini tor-mor qilganlar (miloddan avvalgi 676 yil). Midiya podsholigining kuchayishi Urartuni Ossuriya bilan yaqinlashtirgan. Biroq miloddan avvalgi 6-asr boshida Urartu Midiya tomonidan tor-mor etilgan va uning tarkibiga qo&#8217;shib yuborilgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Urartu (ossuriycha atalishi; urartcha \u2014 Biaynili, Bibliyada \u2014 &#8220;Ararat podsholigi&#8221;) \u2014 G&#8217;arbiy Osiyodagi qadimgi davlat. (miloddan avvalgi 9\u2014 6-asrlar). Ravnaq topgan davrida Armaniston tog&#8217;lik rayoni (hozirgi Armanistonning butun hududi, Turkiya &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/urartu\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[213],"tags":[],"class_list":["post-96312","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-u-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/96312","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=96312"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/96312\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":96322,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/96312\/revisions\/96322"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=96312"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=96312"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=96312"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}