{"id":96324,"date":"2023-08-01T07:17:40","date_gmt":"2023-08-01T04:17:40","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=96324"},"modified":"2023-08-01T07:17:44","modified_gmt":"2023-08-01T04:17:44","slug":"uygun-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/uygun-2\/","title":{"rendered":"Uyg&#8217;un"},"content":{"rendered":"\n<p>Uyg&#8217;un (taxallusi; asl ism-sharifi Otaqo&#8217;ziyev Rahmatulla) (1905.14.5, Jambul viloyati Marki qishlog&#8217;i -1990.22.4, Toshkent) \u2014 shoir va dramaturg. O&#8217;zbekiston xalq shoiri (1965). O&#8217;zbekistonda xizmat ko&#8217;rsatgan san&#8217;at arbobi (1956). O&#8217;zbekiston Fanlar Akademiyasining muxbir a&#8217;zosi (1974). Mehnat Qahramoni (1985). Samarqanddagi pedagogika akademiyada tahsil ko&#8217;rgan (1927-30).O&#8217;zbekiston davlat nashriyotida bo&#8217;lim mudiri, &#8220;Qurilish&#8221; jurnalida mas&#8217;ul kotib (1930\u2014 31), madaniy qurilish (1932-33) hamda Til va adabiyot inti (1933\u2014 43)da ilmiy xodim, sektor mudiri. Hamza nomidagi drama teatrida repertuar bo&#8217;yicha badiiy rahbar o&#8217;rinbosari (1947-48), &#8220;Sharq yulduzi&#8221; jurnalida bo&#8217;lim mudiri (1948 \u2014 50), O&#8217;zbekiston Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvi raisi o&#8217;rinbosari (1949\u2014 50), raisi (1951-54), ayni vaqtda &#8220;Sharq yulduzi&#8221; jurnalida mas&#8217;ul muharrir (195051). Dastlabki she&#8217;rlar to&#8217;plami \u2014 &#8220;Bahor sevinchlari&#8221; (1929). Uyg&#8217;un ijodi 3 bosqichdan iborat. Ijodining dastlabki bosqichida lirik shoir sifatida shakllangan. Ayni paytda &#8220;Jontemir&#8221; (1931-35), &#8220;Brigadir Karim&#8221; (1934), &#8220;Gulasal&#8221; (193435), &#8220;Ukraina ellari&#8221; (1935) kabi liroepik asarlari bilan shu davr dostonchiligi taraqqiyotiga sezilarli hissa qo&#8217;shgan. Bundan tashqari, u adabiy meros va zamonaviy adabiy jarayon muammolariga doir maqolalar ham yozgan. Fashizmga, bosqinchilik urushiga qarshi kurash pafosi Uyg&#8217;un ijodining 2-bosqichdagi bosh yo&#8217;nalishini belgilab berdi (&#8220;g&#8217;azab taronasi&#8221;, 1942; &#8220;g&#8217;azab va muhabbat&#8221;, 1943; &#8220;she&#8217;rlar&#8221;, 1944). Bu davrda Uyg&#8217;un dramaturgiyaga ham murojaat etib, vatanparvarlik ruhidagi &#8220;ona&#8221;, ulug&#8217; o&#8217;zbek shoirining 500 yilligiga bag&#8217;ishlangan &#8220;Alisher Navoiy&#8221; (1942, Izzat Sulton bilan hamkorlikda) dramalarini hamda &#8220;qaltis hazil&#8221; (1944) komediyasini yozdi. Urushdan keyingi yillarda sahna yuzini ko&#8217;rgan &#8220;Alisher Navoiy&#8221; dramasi keng tomoshabinlar ommasining Navoiyni kashf etishi va ulug&#8217;shoirga muhabbat tuyg&#8217;ulari bilan yo&#8217;g&#8217;rilishida, shuningdek, o&#8217;zbek adabiyotida tarixiy-biografik drama janrining taraqqiyotida muhim ahamiyatga molik bo&#8217;ldi. Shundan so&#8217;ng u Uyg&#8217;un. urush va urushdan keyingi mashaqqatli yillarga bag&#8217;ishlangan &#8220;hayot qo&#8217;shig&#8217;i&#8221; (1947), &#8220;Oltinko&#8217;l&#8221;, &#8220;Navbahor&#8221; (1949) dramalarini yaratdi. So&#8217;nggi dramasi bilan Uyg&#8217;un ijodiga qishloq hayoti mavzui kirib keldi. Dramaturg bu asarida urush davrida vayron bo&#8217;lgan jamoa xo&#8217;jaligi qayoti misolida eskilik bilan yangilik o&#8217;rtasidagi kurash mavzuini birinchilardan bo&#8217;lib urushdan keyingi o&#8217;zbek adabiyotiga olib kirdi. Uyg&#8217;un ijodining so&#8217;nggi, 3-bosqichi 50-yillarning o&#8217;rtalaridan boshlangan. Uyg&#8217;un tinchlik uchun kurash, vatanparvarlik, mehnatsevarlik singari o&#8217;sha davr adabiyoti uchun muhim hisoblangan mavzularda ko&#8217;plab she&#8217;rlar yozgan (&#8220;tinchlik kuylari&#8221;, 1960; &#8220;hayot chaqiradi&#8221;, 1961). Quruq ritorika va pandnasihatdan iborat bo&#8217;lgan bu she&#8217;rlar shu davr she&#8217;riyati tarixida biror iz qoldira olmagan. Uyg&#8217;un ko&#8217;proq dramaturgiya janrlarida qalam tebratgan. &#8220;Navbahor&#8221; dramasida ko&#8217;tarilgan qishloq mavzuini yana davom ettirib, xotin-qizlarning jamoa xo&#8217;jaligiga mohirlik bilan rahbarlik qilishi mumkinligi (&#8220;Hurriyat&#8221;, 1959), paxta yakkahokimligi davri fojialari (&#8220;Parvoz&#8221;, 1963), shaxsga sig&#8217;inishning qishloq sharoitidagi oqibatlari (&#8220;Shubha&#8221;, 1961), tibbiyot xodimlarining inson salomatligi uchun mas&#8217;ulligi (&#8220;qotil&#8221;, 1965) kabi masalalar haqida bahs yurituvchi pyesalar yozgan. &#8220;Paxta uchun kurash&#8221;ning salbiy oqibatlari fosh etilgan &#8220;parvoz&#8221; dramasi esa sovet voqeligini buzib ko&#8217;rsatishda ayblanib, sahnadan olib tashlangan. Uyg&#8217;unning yoshlar ma&#8217;naviyati muammosiga bag&#8217;ishlangan &#8220;parvona&#8221; (1966) komediyasi jamoatchilik tomonvdan samimiy kutib olingan. Uyg&#8217;un O&#8217;rta Osiyo xalqlarining Mash&#8217;al siymolari haqida hikoya qiluvchi &#8220;Abu Rayhon Beruniy&#8221; (1973), &#8220;Abu Ali ibn Sino&#8221; (1979), &#8220;Zebunnisobegim&#8221; (1982) tarixiy dramalarini yaratdiki, bu asarlar &#8220;Hurriyat&#8221;, &#8220;parvona&#8221; va &#8220;parvoz&#8221; pyesalari bilan birga dramaturg ijodining 3-bosqichidagi yutuqlari hisoblanadi. Uyg&#8217;un birinchi o&#8217;zbek baleti &#8220;Gulandom&#8221; (1939) librettosi muallifi, &#8220;O&#8217;zbekiston qilichi&#8221; (1942) pyesasi, &#8220;Alisher Navoiy&#8221; (1947) va &#8220;Avliyoning sarguzashtlari&#8221; (1958) kinossenariylarining esa mualliflaridan biri. Uyg&#8217;unning adabiy merosida tarjima asarlar alohida o&#8217;rinni egallaydi. Urushgacha bo&#8217;lgan davrda A. S. Pushkin va M. Yu. Lermontov asarlari tarjimasida muayyan tajriba orttirgan shoir keyinchalik L.N. Tolstoyning &#8220;Hojimurod&#8221;, A.P. Chexovning &#8220;Chayka&#8221;, U. Shekspirning &#8220;Yuliy Tsezar&#8221; va &#8220;Veronalik ikki yigit&#8221; asarlarini o&#8217;zbek tiliga tarjima qilgan. Hamza nomidagi O&#8217;zbekiston davlat mukofoti laureati (1984).<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Uyg&#8217;un (taxallusi; asl ism-sharifi Otaqo&#8217;ziyev Rahmatulla) (1905.14.5, Jambul viloyati Marki qishlog&#8217;i -1990.22.4, Toshkent) \u2014 shoir va dramaturg. O&#8217;zbekiston xalq shoiri (1965). O&#8217;zbekistonda xizmat ko&#8217;rsatgan san&#8217;at arbobi (1956). O&#8217;zbekiston Fanlar Akademiyasining &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/uygun-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[213],"tags":[],"class_list":["post-96324","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-u-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/96324","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=96324"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/96324\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":96327,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/96324\/revisions\/96327"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=96324"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=96324"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=96324"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}