{"id":96349,"date":"2023-08-01T08:31:00","date_gmt":"2023-08-01T05:31:00","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=96349"},"modified":"2023-08-01T08:31:03","modified_gmt":"2023-08-01T05:31:03","slug":"uygur-mannon-uygur","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/uygur-mannon-uygur\/","title":{"rendered":"Uyg&#8217;ur, Mannon Uyg&#8217;ur"},"content":{"rendered":"\n<p>Uyg&#8217;ur, Mannon Uyg&#8217;ur (taxallusi; asl ism-sharifi Majidov Abdumannon) (1897.11.10 \u2014 Toshkent \u2014 1955.15.10) \u2014 rejissyor, aktyor, dramaturg. O&#8217;zbekiston xalq artisti (1932). Yevropa shaklidagi o&#8217;zbek teatr san&#8217;ati va hozirgi o&#8217;zbek milliy akademik drama teatri (sobiq Hamza nomidagi teatr) asoschilaridan. 1916 yil &#8220;Turon&#8221; truppasida aktyor sifatida ish boshlagan. Safarbek (N.Vezirov, &#8220;Uy tarbiyasining bir shakli&#8221;), Markiz Robl (&#8220;Qotili Karima&#8221;), Hoji Baxshali (J. Qulizoda, &#8220;O&#8217;liklar&#8221;), Xizmatkor (A. Avloniy, &#8220;advokatlik osonmi?&#8221;), Zahhok (A. Fitrat, &#8220;Abu Muslim&#8221;), Eshimqul (Uyg&#8217;ur, &#8220;Turkiston tabibi&#8221;), Mahmudxon (Hamza, &#8220;zaharli hayot&#8221;), Rahim aka (G&#8217;.Zafariy, &#8220;Xalima&#8221;), Nuriddin (A.Fitrat, &#8220;chin sevish&#8221;), miller (F. Shiller, &#8220;makr va muhabbat&#8221;), Karl Moor (&#8220;qaroqchilar&#8221;) kabi kulgili, dramatik, fojiaviy romantik obrazlar yaratgan. Teatrni jadidlar singari ma&#8217;rifat o&#8217;chog&#8217;i, ibratxona deb bilgan. 1919 yilda &#8220;Turon&#8221; trupp sini qayta tiklab, o&#8217;nga iste&#8217;dodli yoshlarni jalb etish, dramaturglar bilan yangi asarlar ustida ish olib borish, tarjima qilish, sahnalashtirish, sahna ijodkorlarini malakasini oshirish masalalari bilan muttasil shug&#8217;ullangan. 1918-20 yillar Abdulla Avloniyning &#8220;advokatlik osonmi?&#8221; komediyasini, Hamzaning &#8220;zaharli hayot yoxud Ishq qurbonlari&#8221;, &#8220;boy ila xizmatchi&#8221;, &#8220;Tuhmatchilar jazosi&#8221; asarlarini, G&#8217;ozi Yunusning &#8220;Zahhoki Moron&#8221; tragediyasini, Abdulla Qodiriyning &#8220;baxtsiz kuyov&#8221;, G&#8217;ulom Zafariyning &#8220;Halima&#8221;, Fitratning &#8220;Abu Muslim&#8221;, &#8220;chin sevish&#8221; dramalarini sahnalashtirish bilan teatr repertuarini milliy asarlar bilan mustahkamlashga harakat qildi. O&#8217;zi yozgan &#8220;Turkiston tabibi&#8221;, &#8220;fanniy uy&#8221;, &#8220;O&#8217;n ikki soatlik hokimiyat&#8221; pyesalarini ham sahnalashtirdi. Shuningdek, Ozarbayjon dramaturglari asarlari (&#8220;Na qonur, na qondirur&#8221;, &#8220;Xo&#8217;rxo&#8217;r&#8221;, &#8220;Dursunali Ballibodi&#8221;, &#8220;Iblis&#8221;, &#8220;U o&#8217;lmasa, bu o&#8217;lsun&#8221; va boshqalar)ni ham tarjima qilib sahnalashtirdi. U o&#8217;zining ko&#8217;pqirrali faoliyati bilan havaskorlik truppasini O&#8217;zbek davlat o&#8217;lka namuna teatri darajasiga olib chiqdi. Markaziy Osiyo bo&#8217;ylab tomoshalar ko&#8217;rsatdi. 1922 yil teatr ishlarini yo&#8217;lga qo&#8217;yish uchun Buxoroga yuborilgan. &#8220;Abu Muslim&#8221;, &#8220;Halima&#8221;, &#8220;Turkiston tabibi&#8221; asarlarini sahnalashtirib, buxorolik havaskorlarni sahna qonun qoidalariga o&#8217;rgatadi. Karki shahrida birinchi teatr truppasi tashkil qiladi. 1923 yil Moskva davlat Markaziy teatr san&#8217;ati texnikumining rejissyorlik bo&#8217;limiga o&#8217;qishga kiradi. Shu yili uning tashabbusi bilan Moskvadagi Buxoro xalq maorifi uyi qoshida o&#8217;zbek drama studiyasini ochishga qaror qilinar ekan, Uyg&#8217;ur Buxoro, Toshkent, Andijon, Qo&#8217;qon shaharlaridagi teatrga iste&#8217;dodli yoshlarni to&#8217;playdi. 1924 yil Moskvada O&#8217;zbek drama studiyasi ish boshlaydi. Uyg&#8217;ur studiyaning ham talabasi, ham tashkilotchi rahbari bo&#8217;lib, Cho&#8217;lpon bilan birga studiya pedagoglari L. Sverdlin, R. Simonov, V. Kantsel va boshqalarga tarjimonlik qilib, spektakllar qo&#8217;yishda yordamlashadi. &#8220;Xasis&#8221; (Moler, U. Garpagon rolida), &#8220;tergovchi&#8221; (N. Gogol), &#8220;Malikai Turandot&#8221; (K. Gosii, U. Altoum rolida) spektakllarining yaratilishi va mamlakatimizda namoyish etilishida Uyg&#8217;urning xizmati beqiyos. O&#8217;zi mustaqil &#8220;Shayx San&#8217;on&#8221; (H. Jovid), &#8220;Yorqinoy&#8221; (Cho&#8217;lpon) kabi asarlarni sahnalashtirdi. 1927 yil Uyg&#8217;ur boshliq 24 nafar o&#8217;zbek yoshlari Samarqandga qaytib, O&#8217;zbek davlat drama truppasining o&#8217;zagini tashkil qildilar. Uyg&#8217;ur &#8220;Arslon&#8221; (Fitrat), &#8220;Hujum&#8221; (V. Yan, Cho&#8217;lpon), &#8220;Farhod va Shirin&#8221; (Xurshid), &#8220;Mushtumzo&#8217;r&#8221; (Cho&#8217;lpon), &#8220;Tarix tilga kirdi&#8221; (Z. Sayd, N. Safarov), &#8220;Niqob yirtildi&#8221; (Z. Fatxullin), &#8220;Loyqalar&#8221; (S. Husayn) kabi turli mavzu va janrda yaratilgan spektakllarida o&#8217;z iste&#8217;dodi va studiyada orttirgan tajribasini ro&#8217;yobga chiqarish, studiyani bitirgan va havaskorlikdan kirib kelgan aktyorlarni tarbiyalash harakatida bo&#8217;ldi. Uyg&#8217;urning rejissyorlik va aktyorlik mahorati yuksalib, Shekspirning &#8220;Xamlet&#8221; tragediyasini sahnalashtirishi o&#8217;zbek professional teatrining Kamolot pallasiga o&#8217;tganidan darak berdi. &#8220;Hamlet&#8221;dek murakkab asarni sahnalashtirishda Uyg&#8217;ur aktyorlarni qirol saroyidagi kiborlarning kiyinishi, o&#8217;zini tutishi, o&#8217;zaro mulozamat, ta&#8217;zim, so&#8217;z va nutq ustida qunt bilan ishlash, obrazlarning tarixiyfalsafiy mohiyatini ochish sari yo&#8217;naltirdi. Tomoshabinlarni esa bunday yuksak tragediyani idrok etishga tayyorlash maqsadida teatrning o&#8217;zida, matbuot orqali tushuntirish ishlari olib borildi, maket va postanovka tarixiga oid ko&#8217;rgazma tashkil etdi; spektaklning maxsus dasturi va Cho&#8217;lpon tarjimasi e&#8217;lon qilindi. Bosh rolni Abror Hidoyatov ijro etdi. Spektakl qatorasiga 22 kun o&#8217;ynalib, katta muvaffaqiyat qozondi. &#8220;Hamlet&#8221; spektakli tufayli Uyg&#8217;ur 30-yillardagi qatag&#8217;ondan omon krlgan bo&#8217;lsada, tahqirlangan bir sharoitda ijod qildi. Qachonki u bir asarni sahnalashtirmoqchi bo&#8217;lsa, uning yoniga albatta bir rus rejissyorini tayinlashardi. &#8220;Otello&#8221; (N. Ladigin bilan), &#8220;Muqanna&#8221; (E. Mixoels bilan). &#8220;Bir sevgi afsonasi&#8221; (A. Ginzburg bilan) kabi spektakllarni shu tahqir ostida sahnalashtirdi. &#8220;Jaloliddin Manguberdi&#8221;, &#8220;hayot qo&#8217;shig&#8217;i&#8221;, &#8220;Alisher Navoiy&#8221; spektakllarini mustaqil sahnalashtirgani uchun turli taftishlarga uchradi. Ayniqsa, &#8220;Alisher Navoiy&#8221; dramasining sahnaviy talqini Navoiyni ideallashtirishda ayblandi. Tanqidiy mulohazalar ostida Navoiyni Majdiddin bilan ziddiyatlarini kuchaytirishga, Husayn Boyqaroni irodasizroq, subutsizroq qilib gavdalantirishga majbur bo&#8217;ldi. Navoiyning oddiy xalq bilan aloqasini yanada kuchaytirdi. Sahna nutqi, talaffuz ustidagi ishini davom ettirib, go&#8217;zal bir sahna tilining yaratilishiga erishdi. Spektaklda Uyg&#8217;urning adolat, tenglik, insonparvarlik, mehrmuruvvat, sof muhabbat va nafosatni tarannum etishga qaratilgan rejissyorlik g&#8217;oyalari aktyorlar yaratgan obrazlarda o&#8217;z aksini topdi. 1948 yil &#8220;Alisher Navoiy&#8221; dramasining yangi tahriri namoyish qilindi va katta muvaffaqiyat qozondi hamda Uyg&#8217;ur, asosiy ijrochilar Davlat mukofotiga sazovor bo&#8217;ldilar (1949). Asar 42 yil mobaynida 760 marta o&#8217;ynalib, 350 ming tomoshabinga xizmat qildi. 1955 yil R. Hamroyev bilan birgalikda Muqimiy teatrida &#8220;Muqimiy&#8221; (S. Abdulla) spektaklini sahnalashtirdi. Bu uning so&#8217;nggi spektakli bo&#8217;ldi. Milliy teatrda, Toshkent teatr va rassomlik san&#8217;ati institutida aktyor va rejissyorlarning uch avlodini tarbiyalab yetishtirishda Uyg&#8217;urning xizmati katta. Toshkent san&#8217;at institutiga (1991), Surxondaryo teatriga (1978) Mannon Uyg&#8217;ur nomi berilgan. Toshkent shahridagi ko&#8217;chalardan biri Uyg&#8217;ur nomi bilan ataladi. Vafotidan so&#8217;ng &#8220;Buyuk xizmatlari uchun&#8221; ordeni bilan mukofotlangan (2001).<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Uyg&#8217;ur, Mannon Uyg&#8217;ur (taxallusi; asl ism-sharifi Majidov Abdumannon) (1897.11.10 \u2014 Toshkent \u2014 1955.15.10) \u2014 rejissyor, aktyor, dramaturg. O&#8217;zbekiston xalq artisti (1932). Yevropa shaklidagi o&#8217;zbek teatr san&#8217;ati va hozirgi o&#8217;zbek milliy &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/uygur-mannon-uygur\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[213],"tags":[],"class_list":["post-96349","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-u-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/96349","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=96349"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/96349\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":96350,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/96349\/revisions\/96350"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=96349"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=96349"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=96349"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}