{"id":96368,"date":"2023-08-01T09:28:28","date_gmt":"2023-08-01T06:28:28","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=96368"},"modified":"2023-08-01T09:28:32","modified_gmt":"2023-08-01T06:28:32","slug":"uloq-kopkari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/uloq-kopkari\/","title":{"rendered":"Uloq, ko&#8217;pkari"},"content":{"rendered":"\n<p>Uloq, ko&#8217;pkari \u2014 O&#8217;rta Osiyo xalqlarining qadimgi ommaviy, milliy o&#8217;yinlaridan biri. Asosan, g&#8217;alaba va hosil bayramlari, to&#8217;y va sayillar munosabati bilan o&#8217;tkazilgan. Hukmdor va har xil amaldorlardan tashqari o&#8217;ziga to&#8217;q odamlar, hatto oddiy aholi ham u Uloq. o&#8217;yinlarini tashkil etgan. Ko&#8217;proq xatna (chipron) to&#8217;ylarida rasm bo&#8217;lgan. Uloq turkiy xalqlar, ayniqsa, uning Qo&#8217;ng&#8217;irot, Qurama, ming, Mang&#8217;it, oyrat, yoyilma, kenegas, qipchoq, barlos kabi urug&#8217;lari orasida ommalashgan. Uloq tomoshalari oldidan maxsus jarchilar qishloq, ovullarga yuborilib, odamlar gavjum joylarda, bozorlarda Uloq kim tomonidan, qayerda, qachon va nima maqsadda o&#8217;tkazilayotganligini hamda qo&#8217;yiladigan sovrinlarni e&#8217;lon qilgan. Turli joyda har xil qoida bo&#8217;yicha (Chortoq, sudratma, marra, poyga, pakka, minbar va boshqa nomlar bilan atalgan) Uloq o&#8217;yini uyushtirilgan. Uloq ko&#8217;ngilochar tomosha yoki shunchaki o&#8217;yin bo&#8217;lmasdan o&#8217;g&#8217;il bolalar, yigitlarni mard, jasur, epchil, dovyurak qilib tarbiyalash vazifasini bajargan. Uloq o&#8217;yinlari ot naslini yaxshilashga, chidamli, tez harakat qiladigan zotlarini ko&#8217;paytirishga yordam qilgan. Qorabayir, Arabi, axaltekin, Qurama, Laqay, Kustanay, Qorabog&#8217;va hozirgi Orlov ot zotlari Uloqchi otlar hisoblanadi. Uloq xalq o&#8217;yini, asosan, 2 qismdan \u2014 solim (qoqma) va poytadan iborat. Solim (qoqma). Chortoq ustidagi bakovullar (hakamlar) uloq (so&#8217;yilib ichki a&#8217;zolari, bosh va oyoqlari kesib olingan echki yoki buzoq)ni to&#8217;daga tashlaydi. To&#8217;dadagi chavandozlar Uloqni olib, tortishib, eng kuchlisi Uloqni marraga yetkazib berishi lozim. Kim Uloqni marraga yolg&#8217;iz o&#8217;zi halol olib kelsa, unga avvaldan belgilangan mukofot taqdim etiladi. Katta to&#8217;ylarda mukofotga pul, mato, kiyim, gilam, Qo&#8217;chqor va boshqalar qo&#8217;yiladi. Poyga, Uloq 2 turdan iborat: otda chavandozning poygasi va Uloq bilan chopish poygasi. Uloq bilan poygada belgilangan joydagi Uloqni olish uchun hakamlar ruxsat bergandan keyin chavandoz ot choptirib borib Uloqni yerdan ko&#8217;tarib olishi va marraga yetkazishi kerak. Keyingi yillarda Uloq o&#8217;yinlari sport turiga kiritildi va O&#8217;zbekistonda Respublika miqyosida rasmiy musobaqalar, xalqaro turnirlar o&#8217;tkazila boshlandi. 1998 yil Samarqand viloyatining Chelak tumanida, 1999 yil &#8220;Alpomish&#8221; dostonining 1000 yilligiga bag&#8217;ishlanib Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida respublika musobaqalari tashkil qilindi. 1xalqaro musobaqa Navoiy viloyatidagi Islomobod jamoa xo&#8217;jaligida bo&#8217;lib o&#8217;tdi (1999 yil, 27-29 noyabr), unda Qozog&#8217;iston, Qirg&#8217;iziston, Tojikiston, Ozarbayjon, Turkmaniston va O&#8217;zbekiston terma jamoalari bilan birga Navoiy, Samarqand viloyati vakillari alohida jamoa sifatida ishtirok etdi. Uloqning sport turi sifatida xalqaro miqyosida 38 mamlakatda (2004 yil) tan olinishida O&#8217;zbekiston ot sporti va uloq federatsiyasi tomonidan Uloq musobaqalarining umumiy qoidalari ishlab chiqilishi va xalqaro &#8220;kok boru&#8221; (Uloq \u2014 ko&#8217;pkari) federasiyasining ta&#8217;sis etilishi (2001 yil 7-11 noyabr, Bishkek) ning ahamiyati katta bo&#8217;ldi. O&#8217;zbekistonda alohida uloqko&#8217;pkari federatsiyasi tuzildi (2002 yil 29 aprel). Federatsiya tuman, viloyat, respublika musobaqalarini uyushtiradi. Ad.: Samibekov R., Chavandozning belbog\u2019i, T., 1998; Yo&#8217;ldoshev S., Jo&#8217;raev N ., Uloq \u2014 shijoatli va Jasur suvoriylar o&#8217;yini, Farg&#8217;ona, 2002. Talat Usmonxo&#8217;jaev, Jo&#8217;raqo&#8217;zi Turdimatov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Uloq, ko&#8217;pkari \u2014 O&#8217;rta Osiyo xalqlarining qadimgi ommaviy, milliy o&#8217;yinlaridan biri. Asosan, g&#8217;alaba va hosil bayramlari, to&#8217;y va sayillar munosabati bilan o&#8217;tkazilgan. Hukmdor va har xil amaldorlardan tashqari o&#8217;ziga to&#8217;q &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/uloq-kopkari\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[213],"tags":[],"class_list":["post-96368","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-u-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/96368","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=96368"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/96368\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":96372,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/96368\/revisions\/96372"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=96368"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=96368"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=96368"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}