{"id":96375,"date":"2023-08-01T09:58:43","date_gmt":"2023-08-01T06:58:43","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=96375"},"modified":"2023-08-01T09:58:46","modified_gmt":"2023-08-01T06:58:46","slug":"umumiy-talim","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/umumiy-talim\/","title":{"rendered":"Umumiy ta&#8217;lim"},"content":{"rendered":"\n<p>Umumiy ta&#8217;lim &#8211; kasbi va turmush tarzi qandayligidan qat&#8217;i nazar tabiat, jamiyat, tafakkur, san&#8217;at, ma&#8217;naviyat bo&#8217;yicha har bir kishi egallashi zarur bo&#8217;lgan bilim asoslari, shuningdek, har bir odamda hayotda qiynalmay yashashi uchun shakllantirilishi kerak bo&#8217;lgan ko&#8217;nikma va malakalar yig&#8217;indisi; ma&#8217;lum yoshdagi barcha bolalarning muayyan bilimlar minimumini beradigan maktablarda ma&#8217;lum vaqt mobaynida majburiy ta&#8217;lim olishi. Umumiy ta&#8217;limni egallash har bir kishiga ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, unda olamni bilish qobiliyatini rivojlantirish imkoniyatini beradi. Shuningdek, Umumiy ta&#8217;lim kasbiy hamda politexnik ta&#8217;limning poydevori bo&#8217;ladi. Umumiy ta&#8217;lim o&#8217;quv muassasalarida o&#8217;qish orqali ham, mustaqil ta&#8217;lim yo&#8217;li bilan ham olinishi mumkin. Jahon pedagogika fani va amaliyotida Umumiy ta&#8217;limning boshlang&#8217;ich, kuchaytirilgan boshlang\u2019ich va o&#8217;rta singari turlari mavjud. Boshlang&#8217;ich Umumiy ta&#8217;lim o&#8217;qish, yozish, arifmetikaning dastlabki amallari hamda tabiatshunoslik, geografiya va Vatan tarixi yuzasidan ibtidoiy tushunchalar, rasm, musiqa, jismoniy tarbiya va mehnat singari o&#8217;quv fanlarini o&#8217;z ichiga oladi. Kuchaytirilgan boshlang&#8217;ich Umumiy ta&#8217;limda esa o&#8217;quvchilarga ona tili grammatikasi, chet tili, adabiyotning qisqa kursi, mat. ning ayrim bo&#8217;limlari, algebra, geometriya, fizika, tabiatshunoslik, chizmachilik bo&#8217;yicha ibtidoiy ma&#8217;lumotlar, geografiya, tarix, rasm, mehnat kurslari qo&#8217;shiladi. Yevropa mamlakatlarining aksariyatida boshlang&#8217;ich va kuchaytirilgan boshlang\u2019ich Umumiy ta&#8217;lim ta&#8217;limning mustaqil tizimi sifatida qaraladi va o&#8217;rta Umumiy ta&#8217;lim bilan yetarli uzviylik kasb etmaydi. O&#8217;rta Umumiy ta&#8217;lim, odatda ona tili va adabiyotning tizimli kursi, chet tillari, Vatan va jahon tarixi, Madaniyatshunoslik, algebra, geometriya, trigonometriya, fizika, kimyo, biologiya, chizmachilik, geografiya, jismoniy tarbiya, informatika va boshqalarni o&#8217;z ichiga oladi. Ayrim Umumiy ta\u2019lim maktablari bir yoki bir necha o&#8217;quv fanlarining chuqurlashtirilgan holda o&#8217;qitilishiga ixtisoslashgan bo&#8217;ladi. O&#8217;zbekistonda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilinguniga qadar (1997) Umumiy ta\u2019lim boshlang&#8217;ich (1-4- sinf), tayanch (5\u20149-sinf) va o&#8217;rta (10\u2014 11-sinf) bosqichdan iborat bo&#8217;lgan. Endilikda O&#8217;zbekistondagi Umumiy ta\u2019lim boshlangich (1\u20144-sinflar), o&#8217;rta (5\u20149-sinf) va o&#8217;rta maxsus (akademik litsey va kasb-hunar kollejlari) kabi bosqichlardan iborat bo&#8217;lib, mamlakatimiz yoshlarining barkamol shaxs bo&#8217;lib shakllanishini ta&#8217;minlashga yo&#8217;naltirilgan. O&#8217;zbekistonda qadim zamonlardayoq ta&#8217;lim tizimi keng tarmoq yoygan bo&#8217;lishiga qaramay, umummilliy miqyosda Umumiy ta\u2019lim rasman 1930 yilning 15 sentabrdan joriy etildi. O&#8217;sha davrdagi hukumatning qaroriga ko&#8217;ra, 1934 yildan boshlab O&#8217;zbekistonda umumiy boshlang&#8217;ich ta&#8217;lim olish majburiy qilib qo&#8217;yildi. Bu tartib nafaqat maktab yoshidagi bolalarga, balki boshlang&#8217;ich ma&#8217;lumotga ega bo&#8217;lmagan katta yotshdagi kishilarga ham tatbiq qilindi. Shuning uchun ham mamlakatda savodsizlik va chalasavodlikni tugatishga yo&#8217;naltirilgan vaqtinchalik maktablar tizdmi paydo bo&#8217;ldi. 1938 yilning iyulidan O&#8217;zbekistonda umumiy yetti yillik majburiy ta&#8217;lim joriy etildi. Lekin 2-jahon urushi mamla katda umumiy yetti yillik ta&#8217;limning to&#8217;liq amalga oshishiga imkon bermadi. 1956 yildagina yetti yillik Umumiy ta\u2019limga to&#8217;liq erishildi. 1958 yildan O&#8217;zbekistonda Umumiy ta\u2019lim sakkiz yilga, 1975 yildan o&#8217;n yilga yetkazildi. 1990 yildan O&#8217;zbekistonda Umumiy ta\u2019lim muddati o&#8217;n bir yilni tashkil etdi. Fan va texnikaning tinimsiz rivojlanib, axborotlarning haddan tashqari ko&#8217;payib borishi va uni yetkazish texnologiyalarining tezkor taraqqiyoti Umumiy ta\u2019lim muddatini uzaytirishni taqozo etishi tabiiydir. Shuni nazarda tutilgani uchun ham O&#8217;zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan 1997 yilda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilindi. Unga ko&#8217;ra, O&#8217;zbekiston Respublikasida Umumiy ta\u2019lim tizimi o\u2019z ichiga akademik litsey va kasb-hunar kollejlarini ham qamrab oldi. Shu tariqa, O&#8217;rta Osiyo davlatlari orasida birinchi bo&#8217;lib O&#8217;zbekistonda Umumiy ta\u2019lim o\u2019rta maxsus ta&#8217;lim darajasiga ko\u2019tarilib, muddati o&#8217;n ikki yilga yetkazildi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Umumiy ta&#8217;lim &#8211; kasbi va turmush tarzi qandayligidan qat&#8217;i nazar tabiat, jamiyat, tafakkur, san&#8217;at, ma&#8217;naviyat bo&#8217;yicha har bir kishi egallashi zarur bo&#8217;lgan bilim asoslari, shuningdek, har bir odamda hayotda qiynalmay &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/umumiy-talim\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[213],"tags":[],"class_list":["post-96375","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-u-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/96375","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=96375"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/96375\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":96382,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/96375\/revisions\/96382"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=96375"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=96375"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=96375"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}