{"id":96479,"date":"2023-08-01T15:17:00","date_gmt":"2023-08-01T12:17:00","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=96479"},"modified":"2023-08-01T15:17:03","modified_gmt":"2023-08-01T12:17:03","slug":"umarbekov-olmas","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/umarbekov-olmas\/","title":{"rendered":"Umarbekov O&#8217;lmas"},"content":{"rendered":"\n<p>Umarbekov O&#8217;lmas (1934.25.1 Toshkent \u2014 1994.10.11) \u2014 O&#8217;zbekiston xalq yozuvchisi (1992). O&#8217;zbekistonda xizmat ko\u2019rsatgan san&#8217;at arbobi (1984). O\u2019rta Osiyo universitetining Filologiya fakultetini tugatgan (1956). Respublika televideniye va radioeshittirish davlat qo&#8217;mitasida muharrir, bosh muxarrir (1956 -71), O&#8217;zbekiston K.P MKda sektor mudiri (1971-74), &#8220;uzbekfilm&#8221; kinostudiyasi direktori (1971-81), O&#8217;zbekiston Madaniyat ishlari vazirining birinchi o&#8217;rinbosari (1982-86), vaziri (1987\u2014 89), O&#8217;zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi (1985-89), O&#8217;zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o&#8217;rinbosari (1989-91). Ilk kitobi \u2014 &#8220;hikoyalar&#8221; (1958). &#8220;Xatingni kutaman&#8221;, &#8220;yurak so&#8217;zlari&#8221; (1960); &#8220;Boboyong&#8217;oq&#8221; (1961), &#8220;Yulduzlar&#8221;, &#8220;menga ishonmaysanmi?&#8221;(1962), &#8220;hayot abadiy&#8221; (1964), &#8220;charos&#8221; (1966), &#8220;ko&#8217;prik&#8221; (1968), &#8220;Bolgar qo&#8217;shiqlari&#8221;, &#8220;Oltin yaproqlar&#8221; (1972), &#8220;Qiyomat qarz&#8221; kabi hikoyalarida kishilarning ma&#8217;naviy-axloqiy go&#8217;zalligini tasvirlashga, insonning jamiyat va tabiat oldidagi burchini, mas&#8217;uliyatini ko&#8217;rsatishga alohida e&#8217;tibor bergan. &#8220;Bolgar qo&#8217;shiqlari&#8221; (1972) turkum hikoyalari ham ixchamligi, dramatizmga boyligi, she&#8217;riy-ritmik xususiyatlari bilan ajralib turadi. Umarbekovning &#8220;Sevgilim \u2014 sevgilim&#8221; (1963), &#8220;kimning tashvishi yo&#8217;q&#8221; (1965), &#8220;urush farzandi&#8221; (1972), &#8220;Yoz yomg&#8217;iri&#8221; (1973), &#8220;oq qaldirg&#8217;och&#8221; (1974) va boshqa qissalari janriy rang-barangligi, qahramonlar ruhiy olamining teranligi, badiiy tasvir usullarining takrorlanmasligi bilan diqqatga sazovor. &#8220;Odam bo&#8217;lish qiyin&#8221; (1970) va &#8220;Fotima va Zuhra&#8221; (1994) romanlarida yoshlar, kishilarning xulqatvorida ko&#8217;ringan salbiy jihatlarni tasvirlash orqali sovet davri ma&#8217;naviyatidagi kamchiliklar haqqoniy ochib berilgan. Umarbekov ijodida dramaturgiya muhim o&#8217;rinni egallaydi. 70-yillarda o&#8217;z iste&#8217;dodini teatr san&#8217;ati sohasida sinab, &#8220;Oqar suvlar&#8221; (1971), &#8220;sud&#8221;, &#8220;Yoshlik dengizi&#8221; (1972), &#8220;komissiya&#8221; (1974) singari pyesalarni yozgan. Umarbekov 80 yillarda &#8220;O&#8217;z arizasiga ko&#8217;ra&#8221;, &#8220;kuzning birinchi kuni&#8221;, &#8220;Qiyomat qarz&#8221;, &#8220;Assalom, quyosh&#8221; singari yetuk sahna asarlarini yaratdi. Ayniqsa, mashhur teatr artisti Sh.Burhonov ijrosidagi Sulaymon ota obrazi tufayli Umarbekov pyesasi asosida sahnalashtirilgan &#8220;Qiyomat qarz&#8221; spektakli tomoshabinlar o&#8217;rtasida katta shuhrat qozondi. Umarbekov Hamza nomidagi teatr (hozirgi O&#8217;zbek Milliy akademik drama teatri)da sahnalashtirilgan bu va boshqa pyesalari bilan shu davr o&#8217;zbek dramaturgiyasi taraqqiyotiga muhim hissa qo&#8217;shdi. Umarbekov &#8220;Qizimga maktublar&#8221; (&#8220;mangu hayot bo&#8217;sag&#8217;asida&#8221;) deb nomlangan so&#8217;nggi publisistik asarida hayotga, o&#8217;tkinchi umrga chuqur falsafiy nazar tashlovchi, o&#8217;zining va o&#8217;zgalarning hayotiy tajribasidan yuksak xulosalar chiqaruvchi yozuvchi darajasiga ko&#8217;tarilganini namoyish etgan. Umrining so&#8217;nggi yillarida yozgan &#8220;tuhmat&#8221; (1987), &#8220;oqsoqol&#8221; (1991), &#8220;o&#8217;zing uchun o&#8217;l yetim&#8221; (1992, tugallanmagan) dramalari ham e&#8217;tiborga loyiq. Umarbekov &#8220;Yigit va qiz&#8221; (1967), &#8220;asosiy ko&#8217;n&#8221; (1971), &#8220;ikki soldat qissasi&#8221; (1973), &#8220;Changalzordagi ov&#8221;, &#8220;Sevgi afsonasi&#8221; (1985) va boshqa kinossenariylarning mualliflaridan biri. Hayotning botiniy qatlamlarini chuqur o&#8217;rganish va tahlil etish, inson taqdirida ro&#8217;y bergan ziddiyat va holatlarni, belgilarni umumlashtirish, badiiy tafakkur tarozisiga qo&#8217;yish, lirizmga moyillik, inson xarakterini uning ruhiy holati, his-tuyg&#8217;ulari orqali ochib berish u.ning ijodiy uslubiga xos xususiyatlardir. Asarlari xorijiy tillarga tarjima qilingan. Hamza nomidagi O&#8217;zbekiston Davlat mukofoti laureati (1980).<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Umarbekov O&#8217;lmas (1934.25.1 Toshkent \u2014 1994.10.11) \u2014 O&#8217;zbekiston xalq yozuvchisi (1992). O&#8217;zbekistonda xizmat ko\u2019rsatgan san&#8217;at arbobi (1984). O\u2019rta Osiyo universitetining Filologiya fakultetini tugatgan (1956). Respublika televideniye va radioeshittirish davlat qo&#8217;mitasida &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/umarbekov-olmas\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[213],"tags":[],"class_list":["post-96479","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-u-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/96479","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=96479"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/96479\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":96480,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/96479\/revisions\/96480"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=96479"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=96479"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=96479"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}