{"id":9665,"date":"2021-11-11T14:58:42","date_gmt":"2021-11-11T11:58:42","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=9665"},"modified":"2021-11-11T14:58:42","modified_gmt":"2021-11-11T11:58:42","slug":"antroponimika","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/antroponimika\/","title":{"rendered":"ANTROPONIMIKA"},"content":{"rendered":"\n<p>ANTROPONIMIKA (antropo &#8230; va Yunoncha opuma \u2014 nom) \u2014 onomastikaning bo&#8217;limi. Odamlar ismini, ularning tarqalganligi, kelib chiqishi, jamiyatda amalda qo&#8217;llanishini va bundan tashqari antroponimik tizimlar tuzilishi hamda rivojlanishini o&#8217;rganadi. Atoqli ot turlari, taxallus, laqab, nisba va shaxsni atashlikning turli usullari ham Antroponimika tadqiqot manbaidir. Masalan, Sohibqiron Amir Temur Tarag&#8217;ay Bahodir Ko&#8217;ragoniy. Bunda faqat Temur shaxsning xos ismi, Amir \u2014 hukmdorlik darajasini anglatadi, Sohibqiron \u2014 Temurga zamondoshlari tomonidan berilgan sifat (asr, davr sohibi degan ma&#8217;noni bildiradi), Tarag&#8217;ay \u2014 otasining ismi (familiya hisoblanadi), Bahodir \u2014 otasining laqabi, Ko&#8217;ragon \u2014 xonga kuyovlik nisbasi. Dunyodagi turli xalqlarda turlicha antroponimik tizim mavjud bo&#8217;lgan. Masalan, Qadimgi Rimda har bir erkak xos ismi oldidan keladigan nomga \u2014 avloddan avlodga o&#8217;tadigan urug&#8217;nomiga ega bo&#8217;lgan, bu urug&#8217;ning shajarasini tavsiflagan. Hozirgi Ispaniya va Portugaliyada bir kishi bir necha xos (katolik cherkovi ro&#8217;yxatidan olinadigan) ismga, otasi va onasining familiyasiga ega bo&#8217;lishi mumkin. Islandiyada har bir kishi, bir necha xos ismga (cheklangan ro&#8217;yxatdan olingan) va familiya o&#8217;rnida otasining ismidan hosil bo&#8217;lgan nomga ega bo&#8217;ladi. Xitoy, Koreya, Vetnamda kishi nomi bir bo&#8217;g&#8217;inli familiyadan (turli davrda ular 100 dan 400 gacha bo&#8217;lgan) va xos (odatda ikkita bir bo&#8217;g&#8217;inli morfemadan tashkil topgan) ismga ega bo&#8217;ladi, xos ismlar miqdori cheklanmaydi. Antroponimika tizimida kipokoristika (erkalatib, kichraytirib atash \u2014 masalan, Laziz(jon), Dilobar(xon), Homid(cha), Ahmad(cha) va h.k.) alohida o&#8217;rin tutadi. Antroponimika ma&#8217;lumotlari tilshunoslikning boshqa sohalari uchun, jamiyatshunoslikda, xalqlar tarixini o&#8217;rganishda muhim ahamiyatga ega. Ernst Begmatov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ANTROPONIMIKA (antropo &#8230; va Yunoncha opuma \u2014 nom) \u2014 onomastikaning bo&#8217;limi. Odamlar ismini, ularning tarqalganligi, kelib chiqishi, jamiyatda amalda qo&#8217;llanishini va bundan tashqari antroponimik tizimlar tuzilishi hamda rivojlanishini o&#8217;rganadi. Atoqli &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/antroponimika\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-9665","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9665","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=9665"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9665\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":9671,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9665\/revisions\/9671"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=9665"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=9665"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=9665"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}