{"id":96831,"date":"2023-08-02T14:56:22","date_gmt":"2023-08-02T11:56:22","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=96831"},"modified":"2023-08-02T14:56:26","modified_gmt":"2023-08-02T11:56:26","slug":"lugat-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/lugat-2\/","title":{"rendered":"Lug&#8217;at"},"content":{"rendered":"\n<p>Lug&#8217;at \u2014 1) muayyan tilda, uning hududiy yoki ijtimoiy lahjasida mavjud bo&#8217;lgan, u yoki bu yozuvchi asarlarida uchraydigan so&#8217;zlar yig&#8217;indisi, leksika; 2) so&#8217;zlar (yoki morfemalar, so&#8217;z birikmalari, iboralar va boshqlar) muayyan tartibda (alifboli, uyali, mavzuli) joylashtirilgan, tavsiflanuvchi birliklar, ularning kelib chiqishi, ma&#8217;nolari, yozilishi, talaffuzi, uslubiy mansubligi, boshqa tillarga tarjimasi haqida ma&#8217;lumotlar jamlangan kitob. Lug&#8217;atlar ma&#8217;naviy madaniyat sohasida muhim o&#8217;rin egallaydi, ularda jamiyatning ma&#8217;lum davrda erishgan bilimlari aks etadi. Lug&#8217;at bir qator ijtimoiy vazifalarni bajaradi: o&#8217;quvchiga muayyan hodisa haqida ma&#8217;lumot beradi; uni o&#8217;z va o&#8217;zga tillardagi so&#8217;zlar bilan tanishtirada; tilni, uning lug&#8217;at tarkibini takomillashtirish va tartibga solishga yordam beradi. Lug&#8217;atlar juda kadim davrlarda paydo bo&#8217;lgan; hozirgi davrda ma&#8217;lumot-axborot to&#8217;plash va uni o&#8217;quvchiga yetkazishda muayyan ahamiyatga ega. So&#8217;zni tavsiflashdagi bir qancha farqli xususiyatlariga ko&#8217;ra, Lug&#8217;atlarni asosan 2 turga: entsiklopedik va lingvistik (filologik), lug&#8217;atlarga ajratish mumkin. Entsiklopedik lug&#8217;at so&#8217;zlarning o&#8217;zini emas, balki ular orqali bildiriladigan predmet va tushunchalarni izohlaydi, tushuntiradi. Lingvistik Lug&#8217;atlarning asosiy maqsadi esa til birligi hisoblangan so&#8217;zning ma&#8217;nolarini, turli lisoniy xususiyatlarini ochib berishdan iborat. Lingvistik Lug&#8217;atlar leksikografik tavsif mazmuni, vazifasi va usullari nuqtai nazaridan bir qancha turlarga bo&#8217;linadi: 1. So&#8217;zlarning ma&#8217;nolari, qullanish sohasi va darajasi, fonetik va grammatik xususiyatlarini ko&#8217;rsatib beruvchi izohli lug&#8217;at (S. I. Ojegov. Tolkoviy slovar russkogo yazika, 20-e izd., M., 1988; O&#8217;zbek tilining izohli lug&#8217;ati. 1-2-j.lar, M., 1982). 2. Muayyan tilga o\u2019zlashgan, lekin o&#8217;zlashmaligi sezilib turgan boshqa til so&#8217;z va terminlarini tushuntirib beruvchi xorijiy so\u2019zlar Lug&#8217;ati (slovar inostrannix slov, 18-e izd., M., 1989; O. Usmon, R. Doniyorov. Ruscha-Internasional so&#8217;zlar izohli lug&#8217;ati, T., 1965). 3. Bir tilga oid lug&#8217;aviy birliklarni boshqa tilga o&#8217;girib izohlab beruvchi tarjima Lug&#8217;atlari \u2014 o&#8217;zbek leksikografiyasida keng tarqalgan, qadimdan ma&#8217;lum lug&#8217;at turi, 19-asrgacha Arab-o&#8217;zbek, fors-o&#8217;zbek, turk-o&#8217;zbek ikki tilliligiga asoslanib yoki aksincha tartibda tuzilgan tarjima Lug&#8217;atlari mavjud bulgan bo\u2019lsa, 20-asrda ular qatoriga mazkur tillar bilan birga ingliz, nemis, ispan, hind, yapon tillari ishtirokida tuzilgan ikki tilli Lug&#8217;atlar ham qo&#8217;shildi [nemischa-O&#8217;zbekcha lug&#8217;at, 1964; O&#8217;zbekcha-nemischa lug&#8217;at, 1967; frantsuzcha- O&#8217;zbekcha lug&#8217;at, 1973; Inglizcha-O&#8217;zbekcha lug&#8217;at, 1968; O&#8217;zbekcha-inglizcha lug&#8217;at, 1969; Arabcha-O&#8217;zbekcha lug&#8217;at 1986; O&#8217;zbekcha-forscha lug&#8217;at, 1984; ruscha- O&#8217;zbekcha mukammal lug&#8217;at (A. Zohiriy, 1927), 1 jildli ruscha-O&#8217;zbekcha lug&#8217;at, M., 1954; 5 j.li ruscha-O&#8217;zbekcha lug&#8217;at; 1950\u2014 55; 1 j.li O&#8217;zbekcha-ruschalug&#8217;at(M. 1959; T., 1988); 2 j.li ruscha-O&#8217;zbekcha lug&#8217;at, 1983-84 va b.]. 4. So&#8217;zlarning qachondan boshlab shu tilda qo&#8217;llana boshlagani, uning fonetik, grammatik, semantik belgilari taraqqiyotini ko&#8217;rsatib beruvchi tarixiy Lug&#8217;at (o&#8217;zbek tilida haqiqiy ma&#8217;nodagi tarixiy Lug&#8217;at tuzilmagan, lekin E. Fozilovning &#8220;Starouzbekskiy yazik: Xorezmskie pamyatniki XIV veka&#8221; (ch. 1-2, T., 1966, 1971) asarini ma&#8217;lum ma&#8217;noda tarixiyLug&#8217;at. deyish mumkin). 5. Tilning laxja va shevalariga xos bo&#8217;lgan, fonetik yoki semantik jihatdan adabiy tildagi so&#8217;zlardan farq qiladigan so&#8217;zlarni ko&#8217;rsatuvchi dialektal (sheva) Lug&#8217;atlar (O&#8217;zbek xalq shevalari lug&#8217;ati, 1971). 6. So&#8217;zning kelib chiqishini ko&#8217;rsatib beruvchi etimologik Lug&#8217;atlar (Sh. Rahmatullayev. O&#8217;zbek tilining etimologik lug&#8217;ati, 2000). 7. Bir oilaga mansub tillardagi so&#8217;z boyligini solishtirib, ulardagi tafovut qonuniyatlarini o&#8217;rganish maqsadida tuziluvchi qiyosiy Lug&#8217;atlar (L. Budagov. Sravnitelniy slovar Turesko-tatarskix narechiy, ch. 1-2, S.-Pb., 1869; V. V. Radlov. Opit slovarya tyurskix narechiy: 1-4. S\u2014Pb., 1888-1911). 8. So&#8217;zlarning mavjud imlo qoidalariga binoan to&#8217;g&#8217;ri yozilish shakllarini qayd etuvchi imlo Lug&#8217;ati (1929 yildan hozirgacha o&#8217;zbek tilining turli hajmli 20 dan ortiq imlo lug&#8217;ati tuzilgan; 6500 so&#8217;z va so&#8217;z shaklini qamrab olgan eng mukammal imlo lug&#8217;ati 1975 yil nashr etilgan). 9. So&#8217;zlarning adabiy talaffuzi qayd etiladigan talaffuz (orfoepik) Lug&#8217;ati (O&#8217;zbek tilining orfoepik lug&#8217;ati \u2014 M. Sodiqova, O&#8217;. Usmonova, 1977; O&#8217;zbek adabiy talaffuzi lug&#8217;ati, 1984; 10. So&#8217;zlarning morfem tuzilishini ko&#8217;rsatuvchi morfem Lug&#8217;at (A. G&#8217;ulomov va boshqalar. O&#8217;zbek tilining morfem lug&#8217;ati, 1977). 11. So&#8217;zligi frazeologik birliklardan iborat bo&#8217;lgan frazeologik Lug&#8217;at (M. Sodiqova. Ruscha-O&#8217;zbekcha frazeologik lug&#8217;at, 1972; Sh. Rahmatullaev. O&#8217;zbek tilining izohli frazeologik lug&#8217;ati 1978). 12. So&#8217;zlarning qo&#8217;llanish miqdori va foizi haqida ma&#8217;lumot beruvchi chastotali Lug&#8217;at (I. A. Kissen. Slovar naibolee upotrebitelnix slov sovremennogo uzbekskogo literaturnogo yazika, 1972). 13. So&#8217;zlar teskari tomondan bo&#8217;lgan alifbo tartibiga ko\u2019ra joylashtirilgan ters (chappa) Lug&#8217;at (R. Qo&#8217;ng&#8217;urov va A. Tixonov. O&#8217;zbek tilining chappa lug&#8217;ati, 1968). 14. So&#8217;zlikni tarkib toptiruvchi so&#8217;zlar ro&#8217;yxati ma&#8217;lum mavzularga bo&#8217;lib beriladigan tematik (mavzuli) Lug&#8217;at (A.Tixonov va boshqalar. Russko-uzbekskiy tematicheskiy slovar, 1975). 15. So&#8217;zliklari omonim, sinonim, antonim, paronim singari lug&#8217;aviy birliklardan iborat bo&#8217;lgan omonimlar Lug&#8217;ati, sinonimlar Lug&#8217;ati, antonimlar Lug&#8217;ati, paronimlar Lug&#8217;ati (Sh. Rahmatullaev. O&#8217;zbek tili omonimlarining izohli lug\u2019ati, 1984; A. Hojiev. O&#8217;zbek tili sinonimlarining izohli lug&#8217;ati, 1974; Sh. Rahmatullaev va boshqalar. O&#8217;zbek tili antonimlarining izohli lug&#8217;ati, 1980; A. Ma&#8217;rufov. Paronimlar lug&#8217;ati, 1974). 16. So&#8217;zligi atoqli otlar yoqi joy nomlaridan iborat bo&#8217;lgan antroponimik va toponimik Lug&#8217;atlar (E. Begmatov. O&#8217;zbek ismlari, 1991; E. Begmatov. O&#8217;zbek ismlari ma&#8217;nosi. 14600 ism izohi, 1998; Z. Do&#8217;simov va X. Egamov. Joy nomlarining izohli lug&#8217;ati, 1977). 17. Ma&#8217;lum bir yozuvchi yoki asar tilida qo&#8217;llangan so&#8217;zlarni izohlovchi Lug&#8217;at (Navoiy asarlari lug&#8217;ati, 1972; Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lug&#8217;ati, 1 \u2014 4-j.lar, 1983-84; B.Hasanov, &#8220;Qur&#8217;oni Karim&#8221; so&#8217;zlarining Arabcha-O&#8217;zbekcha ko&#8217;rsatkichli lug&#8217;ati, 1995). 18. So&#8217;zligi ma&#8217;lum bir fan va texnika tarmog&#8217;i, ijtimoiy yoki xo&#8217;jalik hayotining biror sohasiga oid so&#8217;z-terminlardan iborat bo&#8217;ladigan terminologik Lug&#8217;atlar. Bunday Lug&#8217;atlar so&#8217;zlikning berilishi va izohlanishiga ko&#8217;ra, entsiklopedik Lug&#8217;at bilan lingvistik Lug&#8217;at belgilariga ega bo&#8217;ladi (1925 yildan hozirgi kungacha Uzbekistonda 50 dan ortiq soha bo&#8217;yicha 140 taga yaqin terminologik lug&#8217;at nashr etilgan; ular soha terminologiyalarini tartibga solishga xizmat qiladi). Lug&#8217;at turlari yukrridagilar bilan chegaralanmaydi. Yuqorida, asosan, o&#8217;zbek lug&#8217;atchiligida mavjud bo&#8217;lgan va amalda foydalanib kelinayotgan Lug&#8217;at turlarigina ko&#8217;rsatildi. Bu narsa Lug&#8217;atlarning vazifa doirasi naqadar kenglshini va ularning o&#8217;ta muhim ahamiyatga ega ekanligini ko&#8217;rsatadi. Ad.: Hozirgi o&#8217;zbek adabiy tili, T., 1980; O&#8217;zbek tili leksikologiyasi, T., 1981; Axmanova O. S, slovar lingvisticheskix terminov, M., 1969; Lingvisticheskiy Entsiklopedicheskiy slovar, M., 1990. Abduvahob Madvaliev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Lug&#8217;at \u2014 1) muayyan tilda, uning hududiy yoki ijtimoiy lahjasida mavjud bo&#8217;lgan, u yoki bu yozuvchi asarlarida uchraydigan so&#8217;zlar yig&#8217;indisi, leksika; 2) so&#8217;zlar (yoki morfemalar, so&#8217;z birikmalari, iboralar va boshqlar) &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/lugat-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[223],"tags":[],"class_list":["post-96831","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-l-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/96831","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=96831"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/96831\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":96832,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/96831\/revisions\/96832"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=96831"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=96831"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=96831"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}