{"id":9703,"date":"2021-11-11T15:55:16","date_gmt":"2021-11-11T12:55:16","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=9703"},"modified":"2021-11-11T15:55:17","modified_gmt":"2021-11-11T12:55:17","slug":"anana","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/anana\/","title":{"rendered":"AN&#8217;ANA"},"content":{"rendered":"\n<p>AN&#8217;ANA \u2014 o&#8217;tmishdan kelajakka meros qoladigan, avloddan avlodga o&#8217;tadigan, jamiyat hayotining turli sohalarida namoyon bo&#8217;ladigan moddiy va ma&#8217;naviy qadriyat. Milliy, madaniy, maishiy, ijtimoiy siyosiy, diniy va boshqa An&#8217;analar bor. An&#8217;analar xalqlarning tarixiy rivojlanishi jarayonida shakllanadi. Odamlarning turmush tarzi, moddiy sharoitlari turli An&#8217;analarning shakllanishiga ta&#8217;sir qiladi. Muayyan ijtimoiy tartib-qoidalar, axloq me&#8217;yorlari, urfodat, marosim va boshqa An&#8217;ana sifatida namoyon bo&#8217;ladi. An&#8217;analarni: a) ijtimoiy-tarixiy hodisa; b) jamiyat hayotidagi jarayonlarning tarkibiy qismi; v) kishilar hayoti va faoliyatini belgilash mezoni; g) jamiyat va odamlarni boshqarishning ma&#8217;naviy omillaridan biri sifatida tavsiflash mumkin. An&#8217;analar yoshlarni tarbiyalash, ularni keksa avlod tajribalariga o&#8217;rgatish vositasi hamdir. Har bir davrning o&#8217;z An&#8217;analari bo&#8217;lib, vaqt o&#8217;tishi bilan o&#8217;zgarib, mazmunan boyib boradi, ba&#8217;zilari yo&#8217;qoladi, yangilari vujudga keladi. Shuningdek, bir zamonning An&#8217;analari ikkinchi zamonga mos kelmasligi mumkin. Davr talabiga javob bermaydigan An&#8217;analar unutiladi. Har bir xalqning An&#8217;analarida o&#8217;sha xalqning turmush tarzi, madaniy kamolot darajasi, milliy ong va qiyofasi ham aks etadi. Bir hudud aholisi yoki xalqiga xos An&#8217;analarga har xil mafkuraviy, partiyaviy nuqtai nazardan yondoshish, boshqa hudud yoki xalq nuqtai nazaridan baholash noto&#8217;g&#8217;ri. O&#8217;zbekiston mustaqillikka erishgandan so&#8217;ng sobiq sho&#8217;rolar tuzumida joriy etilgan An&#8217;anaviy bayram va tantanali kunlarning ko&#8217;plari o&#8217;z ahamiyatini yo&#8217;qotdi. O&#8217;zbek xalqining qadimdan tarkib topgan, hozir ham keng amal qilinadigan An&#8217;analari bor. Bular jumlasiga keksalarga hurmat, qarindosh-urug&#8217;, mahalla-ko&#8217;y bilan oqibatli, yaqin aloqada bo&#8217;lish, el-yurtga sadoqat, hashar, mehmondo&#8217;stlik, nonni e&#8217;zozlash va boshqalar kiradi. O&#8217;zbekistonda Navro&#8217;z, Mustaqillik kuni, Konstitusiya kuni, Ro&#8217;za hayiti, Qurbon hayiti va boshqa xalq bayramlari yaxshi An&#8217;analar sifatida hayotga singib ketdi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>AN&#8217;ANA \u2014 o&#8217;tmishdan kelajakka meros qoladigan, avloddan avlodga o&#8217;tadigan, jamiyat hayotining turli sohalarida namoyon bo&#8217;ladigan moddiy va ma&#8217;naviy qadriyat. Milliy, madaniy, maishiy, ijtimoiy siyosiy, diniy va boshqa An&#8217;analar bor. An&#8217;analar &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/anana\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-9703","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9703","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=9703"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9703\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":9708,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9703\/revisions\/9708"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=9703"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=9703"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=9703"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}