{"id":97543,"date":"2023-08-04T19:49:16","date_gmt":"2023-08-04T16:49:16","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=97543"},"modified":"2023-08-04T19:49:26","modified_gmt":"2023-08-04T16:49:26","slug":"vanuatu-vanuatu-respublikasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/vanuatu-vanuatu-respublikasi\/","title":{"rendered":"Vanuatu, Vanuatu Respublikasi"},"content":{"rendered":"\n<p>Vanuatu, Vanuatu Respublikasi (Ripablik blong Vanuatu) \u2014 Tinch okeanning Janubiy-g&#8217;arbiy qismida joylashgan Yangi Gebrid orollari (80 oroldan iborat) dagi davlat. Bu orollarning eng yiriklari Espiritu-Santo, Ambrim, malekula, Maevo, Efate. Maydoni 12 190 km2. Aholisi 189,6 ming kishi (1990-yillar oxiri). Poytaxti \u2014 Port-Vila shahri. Ma&#8217;muriy jihatdan 6 provintsiyaga bo&#8217;lingan. Davlat tuzumi. Vanuatu Respublikasi Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdo&#8217;stlikka kiradi. Amaldagi Konstitutsiya 1980 yil 30 iyulda qabul qilingan. Davlat boshlig\u2019i \u2014 prezident. U parlament tomonidan 5 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni bir palatali parlament amalga oshiradi. Parlament a&#8217;zolari aholi tomonidan 4 yil muddatga saylanadi. Ijrochi hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi. Tabiati. Orollar yer yuzasi vulkan jinslaridan tuzilgan tog&#8217;lik (eng baland nuqtasi 1810 metr). 60 ga yaqin vulkandan 10 tasi harakatda. Orollardagi tog&#8217;lar orasida tekis yerlarda dehqonchilik qilinadi. Ko&#8217;pgina issiq buloqlar mavjud. Oltingugurt, marganes konlari bor. Iqlimi \u2014 nam, tropik. O&#8217;rtacha oylik temperaturasi 20-27\u00b0. Yiliga 1000 mm gacha yog&#8217;in yog&#8217;adi. Sershamol Sharqiy qiyaliklarda tropik o&#8217;rmonlar, g&#8217;arbda Irak o&#8217;rmon. Aholisi asosan melanezlar (95% ga yaqini). Inglizlar, mikronezlar, polinezlar, frantsuzlar va boshqalar ham yashaydi. Shaharlarda 18,4% aholi istiqomat qiladi. Rasmiy tili \u2014 ingliz va fransuz tillari; davlat tili \u2014 bislama tili. Dindorlarning aksariyati \u2014 xristianlar (aholining 90% i). Yirik shaharlari \u2014 Port-Vila, Luganvil. Tarixi. Vanuatuda bir necha ming yillardan beri odamlar yashaydi. Taxminan 4 ming yil avval yangi Gebrid arxipelagining shimoliy va Markaziy orollariga ko&#8217;chib kelgan kishilar shu yerda o&#8217;rnashib qoldi. Orollar portugaliyaliklar tomonidan 1606 yilda kashf etilgan. 1774 yilda orollar ingliz sayyohi J. Kuk tomonidan tadqiq etilgan va Yevropadagi Gebrid orollariga o&#8217;xshashligi uchun yangi Gebrid deb atalgan. 1906 yildan Buyuk Britaniya bilan Frantsiyaning mushtarak mustamlakasi bo&#8217;lgan. Mahalliy aholining ko&#8217;p yillik ozodlik kurashi natijasida Vanuatu 1980 yil 30 iyulda mustaqil deb e&#8217;lon qilindi. Vanuatu \u2014 1981 yildan BMT a&#8217;zosi. Milliy bayrami -30 iyul \u2014 Mustaqillik kuni (1980). Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari. Vanuatu leyboristlar partiyasi, 1986 yil tashkil etilgan; Vanuaku partiyasi, 1971 yil tuzilgan; Milliy demokratik partiya, 1986 yilda asos solingan; Melaneziya taraqqiyparvar partiyasi, 1988 yilda tuzilgan; Xalq demokratik partiyasi, 1994 yilda asos solingan; milliy Birlashgan partiya, 1991 yilda tashkil etilgan; yangi xalq partiyasi, 1986 yilda tuzilgan; Mo&#8217;tadil partiyalar Ittifoqi, 1980 yilda tuzilgan. Vanuatu kasaba uyushmalari kengashi, 5 tarmoq kasaba uyushmalarini birlashtiradi. Xo\u2019jaligi. Iqtisodiyotining asosi \u2014 qishloq xo\u2019jaligi. Mehnatga qobiliyatli aholining 70% qishloq xo\u2019jaligi bilan band. Kokos palmasi, yams, kakao, shakarqamish, kofe, paxta ekiladi. Qoramol, qo&#8217;y, echki, parranda boqiladi, baliq ovlanadi. 1995 yil yalpi ichki mahsulotda sanoat ulushi 13% ni tashkil etdi. Unda mehnatga qobiliyatli aholining 3,5% band bo&#8217;ldi. Qimmatbaho yog&#8217;och tayyorlanadi. Marganes qazib olinadi (Efate orolida). Shuningdek, neft, oltin, mis zahiralari bor. Qishloq xo\u2019jalik mahsulotlarini qayta ishlovchi, to&#8217;qimachilik mahsulotlari, qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalar bor. 80-yillarning oxiridan qurilish avj oldi. Sayyohlik rivojlangan; yiliga o&#8217;rtacha 45 mingga yaqin sayyoh kelib ketadi. Vanuatuda temir yo\u2019l yo&#8217;q. Avtomobil yo&#8217;llari uzunligi-1,1 ming kilometr. Asosiy dengiz porti va xalqaro aeroporti Port-Vila shahri. Shuningdek, Luganvil, Palikoulo va Santu dengiz portlari ham bor. Vanuatu chetga kopra, marganes rudasi, baliq, go&#8217;sht, kofe, kakao, yog&#8217;och chiqaradi. Chetdan oziq-ovqat mahsulotlari, ichimliklar, tamaki, kimyoviy mahsulotlar, dastgoh va transport jihozlari oladi. Tashqi savdodagi mijozlari \u2014 Yaponiya, Avstraliya, yangi Zelandiya, Frantsiya, Yangi Kaledoniya, Fiji, Niderlandiya. Pul birligi \u2014 vatu. Madaniyati. Vanuatuda &#8220;Vanuatu uikli&#8221; (ingliz, frantsuz va bislama tillarida, 1980 yildan), &#8220;Treyding post&#8221; (&#8220;savdo pochtasi&#8221;, ingliz tilida) haftalik gazetalari chiqadi. 1987 yildan Paknyus mintaqaviy axborot agentligi mavjud. Vanuatuda &#8220;Vanuatu teleradioeshittirish korporasiyasp&#8221; faoliyat ko&#8217;rsatadi. Vanuatu radiosi 1966 yildan (ingliz, frantsuz va bislama tillarida) ishlaydi. Vanuatu maktablarida ta&#8217;lim ingliz va frantsuz tillarida olib boriladi. O&#8217;qish bepul. Boshlangich maktabga bolalar 6 yoshdan qabul qilinadi. 6 yoshdan 11 yoshgacha bo&#8217;lgan bolalarning 85% ga yaqini davlat boshlang&#8217;ich maktablariga boradi. Bu maktablarning soni 270 dan ortiq. O&#8217;rta maktablarga bolalar 12 yoshdan qabul qilinadi; unda o&#8217;qish muddati 7 yil. O&#8217;rta maktablarda 4269 o&#8217;quvchi o&#8217;qiydi. Davlat maktablaridan tashqari, xususiy va missionerlik maktablari ham bor. Boshlang&#8217;ich maktab o&#8217;qituvchilarini pedagogika kollejlari tayyorlaydi. 1989 yil mayda Port-Vila shahrida Janubiy-Tinch okeani universitetining filiali ochilgan. Port-Vila shahrida shuningdek, madaniy markaz hamda uning muzeyi va kutubxonasi bor.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Vanuatu, Vanuatu Respublikasi (Ripablik blong Vanuatu) \u2014 Tinch okeanning Janubiy-g&#8217;arbiy qismida joylashgan Yangi Gebrid orollari (80 oroldan iborat) dagi davlat. Bu orollarning eng yiriklari Espiritu-Santo, Ambrim, malekula, Maevo, Efate. Maydoni &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/vanuatu-vanuatu-respublikasi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[207],"tags":[],"class_list":["post-97543","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-v-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/97543","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=97543"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/97543\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":97545,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/97543\/revisions\/97545"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=97543"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=97543"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=97543"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}